Talim turlari va taʼlimni tashkil etish shakllari dare taʼlimini tashkil etishning asosiy turi


Download 1.23 Mb.
bet1/6
Sana25.02.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1227858
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Talim turlari va taʼlimni tashkil etish shakllari dare taʼlimini tashkil etishning asosiy turi

Talim turlari va taʼlimni tashkil etish shakllari dare taʼlimini tashkil etishning asosiy turi

1997-yil 29-avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dastu-ri» qabul qilindi. Qonunlarga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta'Iim tizimida-gi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahora-tiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir.

Bizda 221 ming nafar kishini qamrab olgan 442 ta o'quv yurti, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta kasb-hunar litseyi va 53 ta biznes maktab faoliyat ko'rsatdi. Boshlang'ich kasb-hunar ta'Iim o'quv yurtlarida qariyb 20 ming o'quvchi va malakali mutaxassislar o'quvchilarga kasb-hunar sirlari-ni o'rgatib bormoqdalar. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida ham islohotlar amalga oshirilib, bu borada 23 ta institut, 16 ta fakultet, 4 ta markaz va 14 ta malaka oshirish kurslari pedagog kadrlar malaka­sini oshirish, ularni fan va texnika yutuqlari, ta'lim-tarbiya sohasidagi yangiliklardan boxabar etib bordi.

Fan va ta'Iim sohasida xalqaro aloqalar yo'lga qo'yildi hamda bu borada muayyan yutuqlar qo'lga kiritildi. Shunga qaramay, sodir etilgan o'zgarishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talabla-riga muvofiq boiishini ta'minlay olmadi. Mutaxassislar tayyorlash hamda ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda olib borilayotgan islohotlar, yangilanish jarayoni talablari bilan bog'lanadi.

Majburiy to'qqiz yillik ta'limga asoslangan o'n bir yillik o'rta ta'Iim mazmuni ilmiy jihatdan to'laqonli asoslanmadi, o'quvchilarni kasbga yo'naltirish hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyatini tashkil etish ko'nikmalarini shakllantirishni ta'minlay olmadi.


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling