Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 206 -Ahloqsizlik tufayli shaxslar o‗rtasida sodir bo‗ladigan nizolarni muhokama etish; -Bolalarga nisbatan beriladigan tanbex, talab, man etish va jazolashning bir hil turlarini doimo takrorlamaslik; -Jamoat joylarda o‗zini tutish, odob-ahloq qoidalarini o‗rgatishi loziм.[2] Maktabgacha ta‗lim psixologi ota-ona,oilaning bola tarbiyasidagi o‗rnini to‗g‗ri aniqlab, tavsiya va maslahatlarni berib boradi. Aksariyat hollarda oiladagi nosog‘lom muhit bolaning tarbiyasida o‗z aksini topadi. Shu o‗rinda psixolog bolada yuzaga kelayotgan, yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni tahlil qilib, aniqlangan holatlarni korreksiyalash bo‗yicha ish olib boradi. Psixolog ota-onalar bilan olib boradigan ishlar mazmunini quyidagilarni tashkil etadi: -Bolalarni MTT sharoitiga moslashuv jarayoning samarali kechishida ota-ona va oilada olib boriladigan jarayonning tashkillashtirishida psixologik yordam; MTT tarbiyalanuvchilarida aniqlangan psixologik va ta‘lim olishidagi muammolarni bartaraf etishdagi olib boriladigan ishlar mazmunini shakllantirishida gurux pedagoglari va ota-onalar uchun tavsiyalar berish; Yuqorida keltirilgan hamkorlik ishlari bosqichlarini tahlil etar ekanmiz, psixolog albatta gurux pedagoglari va ota-onalarning izviy hamkorligini ta‗minlashi zarur. Aynan shu hollarda OILA-PEDAGOG-PSIXOLOG hamkorligi o‗z amaliy samarasini ko‘rsatib ,bolani keyinchalik to‗g‗ri yo‗naltirishga va boladagi mavjud nuqsonlarni korreksiyalashga xizmat qiladi. Bola rivojlanishi jarayonida albatta MTT hamshiraning xam o‗ziga xos o‗rni bo‗lib, bu jarayon muntazam ravishda amalga oshiriladi. Ota-ona, guruh pedagogi, psixologiga ish ko‗lamini amalga oshirishda o‗z tavsiya va ko‗rsatmalarini berib boradi. Bola rivojlanish jarayonida vujudgan kelgan muammolar, ularning bartaraf etilgan yoki etilmagani, bolaning jismoniy imkoniyatlari doirasini aniqlab beradi. Bolaning korreksion faoliyatga jalb etish jarayonida ,u muntazam olishi kerak bo‗lgan muolajalar,ularning o‗z vaqtidaligi, tor mutaxassislar tavsiyalarini olish kabi ahamiyatga ega faoliyatlarni tashkillashtiradi. Buning uchun albatta gurux pedagogi va psixologi ma‗lumotlar ko‗rsatkichlar, hamda ota-ona bergan ma‘lumotlar asosida o‗zining tekshiruv natijalarini umumlashtirgan holda o‗z ish rejasini tuzadi. Xulosa: MTT va olia hamkorligi ishi ko‗rib o‗tganimizdek, serqirra va alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bunda ota-ona, pedagoglar psixolog hamda shifokorning uzviy hamkorliklari o‘ta muhim hisoblanadi. Ushbu o‗zaro chambarchas bo‗liq zanjirning har bir halqasini samarali faoliyat olib borishi bolaning kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir zamonaviy ota-ona bolani har tomonlama tarbiyalash, uni jamiyat hayotiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling