Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 64 davlat tilidan xorijiy tillarga va xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qilish uslubiyotlarini yaratish hamda ushbu yo‘nalishda mutaxassislarning malakasini oshirishda ko‘maklashish; hududlar, tarmoqlar, davlat organlari va ta‘lim tashkilotlari kesimida xorijiy tillarni bilish reytingini yuritish, xorijiy tillarnio‘rganishni yanada ommalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish [1] Aniqki, xorijiy tillarni o‘rganish ayniqsa, ingliz tilini bugungi kunda yoshlar o‘rtasida muhim mavzulardan biri hisoblanadi.Yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan Agentlikning vazifalari ham aynan shu bo‘yicha edi.Ya‘ni aynan shu yildan boshlab maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional, shuningdek, maktabdan tashqari ta‘lim tashkilotlari chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu hind) tili fani o‘qituvchilarining attestatsiyasi jarayonida o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish ko‘nikmalarini baholashni nazarda tutuvchi kasbiy sinov shaklida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Agentlik qisqa muddat ichida uzliksiz ta‘lim tizimining quyi bo‘g‘inlari bo‘lgan vazirliklar, chet tili o‘qitishning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat ta‘lim tashkilotlari bilan birgalikda ta‘lim sifatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator ishlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Jumladan, Britaniya Kengashi, AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Oʻzbekistondagi Gyote Instituti, Yaponiya va Koreya xalqaro hamkorlik agentliklari, At Tanal Al Arabi arab tilini oʻqitish va test tizimini oʻz ichiga olgan tashkilot, Istanbul Aydin Universiteti, shuningdek, Makmillan, Oksford, Pirson, MM, Klett singari xorijiy nashriyotlar bilan aloqa oʻrnatilib, hamkorlikda faoliyat olib borilmoqda.[2] Respublikamizning barcha hududlarida xorijiy tillarni tubdan isloh qilish maqsadida xorijiy tillarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun zamonaviy o‘quv markazlari tashkil etildi. Hozirgi kunda til o‘rganuvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar bilan birgalikda ularni til bilish darajalarini aniqlab beruvchi 35 ta xalqaro sertifikatlar borligi aytib o‘tilmoqda. Ulardan yurtimizda eng ommalashganlari: IELTS, CEFR, TOEFL, SAT hisoblanadi. Ajablanarlisi shundaki, ushbu xalqaro sertifikatlar abituriyentlar orasida kirish imtihonlarida xorijiy til fanidan maksimall ball olish imkonini beradi. ,,Bilim va malakalarni baholash‘‘ agentligining ma‘lumotlariga qaraganda 2020/21 o‘quv yilidan boshlab, fanlar majmuasiga chet tili kiritilgan bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlaridan birini tanlagan abituriyent imtiyoz olishni xohlasa, til bo‘yicha IELTS(5.5), TOEFL IBT(72 ball) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha B2 va undan yuqori til bilish darajalarini olishi aytilgan. Shunga ko‘ra hozirda juda ko‘lab OTMlarda ta‘lim olayotgan talabalarning ko‘pchiligida shunday sertifikatlarni qo‘lga kiritishganini guvohi bo‘lishimiz mumkin.Bunga yaqqol dalil sifatida «Biz raqobatdosh davlat qurishni o‗z oldimizga maqsad qilib qo‗ygan ekanmiz, bundan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling