Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari


Download 68.11 Kb.
bet10/21
Sana18.06.2023
Hajmi68.11 Kb.
#1562551
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Ta\'lim tarbiyaning psixologik asosi {5-mavzu)

Xo’sh, xulq-atvor qanday tuzatiladi? Ma`qullash va qoralash, rag’batlantirshi hamda jazolash o’quvchining xulq-atvorini boshqarish va tuzatishning haqiqiy vositalaridir. Ma`qullash, rag’batlantirish xatti-harakatlarining to’g’ri motivlari va to’g’ri formalarini mustahkamlash hamda rag’batlantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Qoralash, jazolash xatti-harakatlardagi salbiy qo’zg’alishlarni hamda noto’g’ri formalarni tormozlab turish vositasidir.
Maktab o’quvchisining ishlariga berilgan ijobiy baho, uning xatti-harakatlarini qo’llab-quvvatlash, ma`qullashning har xil turlari (og’zaki rag’batlantirish, maqtash, minnatdorchilik bildirish, maktab radio axboroti, devoriy gazetadagi maqola, ota-onalarga yuborilgan xatlar va hokazolar) o’quvchida ijobiy emotsiyalar, qilingan ishdan quvonchli qanoatlanish hissini paydo qiladi va bundan keyin ham ana shunday qilish istagini keltirib chiqaradi. Tanbeh berish, qoralash o’quvchida noxush kechinmalarni, boshqa kishilarga, kollektivga etkazilgan jazodan norozi bo’lish, kattalar va kollektivni xafa qilganlikdan ranjish hislariga sabab bo’ladi. Buning natijasida o’quvchida bundan keyin ana shunday ishlardan o’zini tiyishga intilish istagi paydo bo’ladi. Biroq o’quvchi qoralash yoki jazolashdan qiynalayotgan vaqtda to’zatib bo’lmaydigan xatoga yo’l qo’yganligidan xunob bo’lmasligi, ruhan ezilmasligi, o’zining mukammal odam emasligiga ishonch hosil qilmasligi kerak.
Rag’batlantirish va jazolash sistemasini qo’llanishdagi xatolar shaxsni tarbiyalash jarayonida zararli aks etadi. Masalan, me`yoridan oshirib rag’batlantirish, maqtash katta zarar keltiradi, chunki o’z kuchlari va imkoniyatlari haqida orttirib yuborilgan tasavvur, kekkayish, manmanlik xislatlarini tarkib toptiradi. Boshqa tomondan, har qanday sabablar bilan rag’batlantirish qanchalik ko’p qo’llanilsa, o’quvchilar uni shunchalik kam qadrlaydilar. Ma`lumki, bolalar nisbatan kam maqtaydigan o’qituvchining maqtovini juda qadrlaydilar. Har bir yaxshi xatti-harakat uchun rag’batlantirish va aytilgan maqtov ko’pincha o’quvchini to’g’ri xulqatvorga o’zining burchi sifatida emas, balki xizmati deb qaray boshlashiga olib keladi. Bunday ahvolni kelgusida erishilishi kutilayotgan yaxshi xulqatvor uchun oldindan qilingan mukofot tariqasida rag’batlantirish hollarida ham kuzatish mumkin. Pirovard natijada o’quvchi maqtov eshitish yoki mukofot olish uchungina o’zini to’g’ri tutadigan bo’lib qolishi mumkin. Bordiyu, rag’batlantirishni kutib o’tirishga hech qanday asosi bo’lmasa, u yana, yaxshi bo’lish shartmikan, deb o’ylab ham ko’radi.O’quvchini o’zini to’g’ri tutgan vaqtidagina emas, balki uning xulqatvori hali barqaror bo’lmagan, o’zil-kesil aniqlanmagan paytda ham rag’batlantirish kerak. Uning ustiga, xuddi shunday hollarda rag’batlantirish juda foydalidir. Hatto ma`qullab jilmayish, bosh irg’atib qo’yish, bir-ikki og’iz yumshoq, dalda beruvchi so’z aytish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu narsa, psixologik jihatdan ham tushunarlidir: xulq-atvorini asta-sekin tuzatayotgan o’quvchi kattalarning, obro’li kishilarning uning to’g’ri yo’ldan borayotganligini, uning dastlabki qadamlari maqtovga sazovor ekanligini aytishlariga nihoyatda muhtoj bo’ladi. Birgina o’quvchining o’zinigina emas, balki jamoani ham rag’batlantirish mumkin. Agar jamoa rag’batlantiriladigan bo’lsa, u jamoaning ishi uchungina bo’lib jamoa a`zolarining individual yutuqlar yig’indisi uchun bo’lmasligi kerak.
Qoralash va jazolash vositalarini qo’llanish bundan ham nazokatliroq va o’z evida bo’lishi zarur. Mashhur pedagog V. A. Suxomlinskiy tarbiya ideali umuman jazosiz, baqiriq chaqiriqsiz, qo’rqitishsiz, odamiylik, mehribonlik, yaxshilik bilan amalga oshirilishi kerakligini ta`kidlab o’tgan edi.
Qoralash va jazolash choralari o’quvchining xatti-harakatiga, qanchalik ayb qilganligiga mos bo’lishi juda ham muhimdir. Jazolash bilan bog’liq bo’lgan har qanday xatolar odatda butun sinf jamoasiga ham ta`sir etadi va ko’pchilik hollarda o’quvchilarda biron sifatni tarkib toptirishga salbiy ta`sir qiladi. SHuning uchun o’quvchi xatti-harakatining bevosita ta`sirida bo’lib, achchiqlanib, jahli chiqib turgan tarbiyachi jazo berishda shoshilmasligi kerak: achchiqlanib jahli chiqib turgan holatda, ma`lumki, aybni oshirib yuborish, ko’pgina ortiqcha narsani gapirib qo’yish, aybdorni juda og’ir jazoga tortish oson bo’ladi.
Rus psixologi A. G. Kovalyov salbiy baho berish va qoralashning har xil formalarini ko’rib chiqar ekan, u umuman shaxs salbiy baholangan paytda bunday baho umumiy baho bo’lmasligi kerakligiga z`tibor beradi. Umumiy salbiy baho kishini g’azablantiradi, o’ziga bo’lgan ishonchni yo’qotadi. Masalan, o’quvchining kamchiliklarini hamisha ta`kidlab turish, unga hadeb sen tuzalmaysan deb gapiraverish yaramaydi. «Men sendan o’yinqaroqlikdan boshqa hech narsani kutmayman», «Sen hamma vaqtdagidek o’jarsan va bema`ni gaplarni gapirasan», «Sening tuzalmaydiganliging ko’rinib turibdi. Odatdagi choralar bilan seni hech narsa qilib bo’lmaydi», «Sen chinakam ish buzarmonsan»— kabi xarakteristikalar o’quvchilarda o’z kuchlariga ishonmaslik, o’z kamchiliklarining tuzalmasligiga ishonch va o’ziga xos taqdirga tan berish xislatlarini keltirib chiqaradi.Boshqa tomondan, o’quvchining ayrim nojo’ya ishlari yoki ba`zi xislatlarining salbiy xarakteristikasi bilan bog’liq bo’lgan salbiy baho (A. G. Kovalyov ) shaxsning umumiy — ijobiy yo’nalishini ta`kidlash paytida katta foyda keltiradi. Agar o’quvchi: «Sen boshqa qo’pollik qilmaysan deb ishonaman, chunki sen unaqa bolalardan emassan».«O’zing yaxshi bolasanu, qilgan ishingni qara!» «To’g’risi, o’jarlik senga yarashmaydi. Sen hozirgi turqingdan ko’ra ancha aqlliroqsan» degan gaplarni eshitsa, unda, odatda tarbiyachining ishonchini oqlash istagi paydo bo’ladi, u o’zining bema`ni xatti-harakatlaridan uyala boshlaydi, u o’ziga aytilgan va ishontirib qo’yilgan o’ziga yarashmaydigan ishlarni qilmaslikka intiladi.
O’smirlik yoshidan boshlab, tarbiyaning yangi omili — o’z-o’zini tarbiyalash vujudga keladi. O’quvchilar o’zlaridan ijtimoiy qimmatga ega bo’lgan shaxs xislatlarini tarkib toptirish sohasida xulq-atvordagi kamchiliklarga salbiy xislat va sifatlarga barham berish sohasida ongli ravishda muntazam ishlay boshlaydilar. Odam yuksak darajada o’z-o’zini idora qiluvchi, o’z-o’zini kamol toptiruvchi birdan bir sistemadir,— degan edi I. P. Pavlov. SHaxsning tashqi ta`sirlar bilan taraqqiy etishi, uni tashqaridan ma`naviy psixologik etuklikning muayyan darajasida idora qilish, ichki idora qilish, o’z-o’zini idora qilish bilan to’ldirila boshlaydi. O’smir, yigit qizning o’z-o’zini tarbiyalashga intilishi (agar u to’g’ri tashkil etilgan va jamiyat tomonidan rag’batlantirilgan bo’lsa) jamoadan ajralish, undan o’zini ustun qo’yish istagini emas, balki o’z burchini yaxshilab bajarish, jamoaning munosib a`zosi bo’lish istagini taqozo etadi. O’z-o’zini tarbiyalashning bunday usuli maktab tarbiyasiga qarshi qo’yilmaydi, balki uni to’ldirib boradi.
Agar o’z-o’zini tarbiyalashga bo’lgan intilishni kattalar, jamoa etarli darajada boshqarib va tashkil qilib turmasalar, unda o’quvchi o’z-o’zini tarbiyalash mazmunida (nimani tarbiyalashda) hamda uning formasida (qanday tarbiyalashda) jiddiy xatolar qilishi mumkin. O’z-o’zini tarbiyalash mazmuni ko’pchilik o’smirlar va katta maktab yoshidagi o’quvchilarning, yuqorida ta`kidlab o’tilganidek, shaxsning ayrim sifatlarini noto’g’ri tushunishlari hamda baholashlari bilan, masalan, o’jarlik, qo’pollik va oliftalikka ijobiy baho berishlari, kamtarlik va mehribonlikka salbiy baho berishlari bilan bog’liqdir. Natijada o’quvchi ijobiy deb baholagan, ammo ob`ektiv tarzda salbiy bo’lgan sifatlarni taraqqiy ettirishga, o’quvchining nuqtai nazaridan salbiy hisoblangan, biroq ob`ektiv tarzda ijobiy bo’lgan sifatlarga barham berishga intilish istagi paydo bo’ladi.
Ikkinchi tarqalgan xato shundan iboratki, o’smir o’z-o’zini tarbiyalashning to’g’ri yo’lini topa olmaydi va noto’g’ri usullardan, sodda usullardan yoki mashq qilish hayotidan ajralib qolgan sun`iy usullardan foydalanadi.
O’qituvchi, tarbiyachi o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalashiga rahbarlik qilishda to’rtta vazifani ko’zda tutishi kerak.

Download 68.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling