Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari


O’quvchilarning mehnati jamoaviy mehnat bo’lmog’i kerak


Download 68.11 Kb.
bet15/21
Sana18.06.2023
Hajmi68.11 Kb.
#1562551
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Ta\'lim tarbiyaning psixologik asosi {5-mavzu)

3. O’quvchilarning mehnati jamoaviy mehnat bo’lmog’i kerak. Jamoaviy mehnat shunchaki birgalikda ishlashni, bir bino ichida, bir vaqtda ishlashni bildirmaydi. Jamoaviy mehnat — umumiy mehnat vazifalarini birgalikda bajaradigan umumiy maqsad, umumiy vazifalar bilan birlashib qilinadigan mehnatdir. Faqat ana shunday mehnatgina kishining o’z xatti-harakatlarini jamoa irodasiga bo’ysundira olish, o’z xatti-harakatlarini jamoa manfaatlari nuqtai nazaridan boshqara olish xislatlarini tarbiyalaydi. Jamoaviy mehnat o’quvchilarga o’z oldilariga vazifalar qo’yish va ularni hal etish imkonini beradi. Bunday vazifalarni har bir kishi ayrim ravishda bajara olmaydi. Bunday vazifalar o’zaro nazorat qilish, o’zaro mehnatda va birdamlikda aloqada bo’lish tajribasini orttirish imkonini beradi. Psixologlar individual mehnat va jamoadagi mehnatning o’quvchilar shaxsining tarkib topishiga nisbatan ta`sirini alohida tekshiradilar. Ikkinchi holda mehnatning o’quvchi shaxsining tarkib topishiga, xususan jamoaviylik sifatlarining tarkib topishiga ancha katta ta`sir ko’rsatganligi aniqlandi.
4. O’quvchilarning mehnati tashabbuskor va ijodiy mehnat bo’lishi kerak. Ana shunda o’quvchilar mehnatning ijodiy tomoniga qiziqadigan, shunchaki biror foydali ish qilishga emas, balki yangilikka, o’z tashabbusini namoyon qilish imkoniyatlarini qidirishga intiladilar. Mehnat qanchalik ko’p intellektual kuch-g’ayrat sarflashni talab etsa, o’quvchilar unga shunchalik ko’p tayyorgarlik ko’radilar. Bunda shunga erishish kerakki, o’quvchilarning o’zlari mehnat vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini qidirib topsinlar, o’zlari (o’qituvchi rahbarligi ostida) o’z faoliyatlarini rejalashtirsinlar.
5. O’quvchilarning mehnati ularning o’zlari uchun qiziqarli bo’lishi lozim. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning shaxsiy qiziqishlari faoliyatning ijtimoiy ahamiyatini anglashga asoslanavermaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchining faoliyati ko’p jihatdan bevosita qiziqishlarga asoslanadi. O’quvchilarni hamisha ularni bevosita qiziqtiradigan mehnat bilangina band qilib qo’yishga intilmaslik kerak, albatta. Ular uncha qiziqarli bo’lmagan mehnat bilan shug’ullanishga ham odatlanishlari lozim. Ammo bu holda ham tarbiyachi o’quvchilarda muayyan ishga juda bo’lmaganda bevosita qiziqish uyg’otishi, u ishni o’quvchilar uchun bevosita qiziqarli bo’lgan ish bilan bog’lashi darkor, aks holda mehnat ular ongida muqarrar ravishda noxush zaruriyatga aylanadi. O’quvchilar bunday ishning ijtimoiy qiymatini hatto tushungan taqdirlarida ham uni qiynalib bajaradilar.

Download 68.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling