Ta’lim va zamonaviy axborot texnologiyalari


Axborot tizimlari, ularning turlari va tasniflanishi


Download 41.74 Kb.
bet2/6
Sana21.04.2023
Hajmi41.74 Kb.
#1376273
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
124 7 amaliy infor

1.Axborot tizimlari, ularning turlari va tasniflanishi


Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog'langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum bo‘lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak-qon tomiri tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning har biri tizimga qo‘yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya’ni har biri o‘ziga xos yagona maqsad yo'lida faoliyat ko‘rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iboratdir.
Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko‘rsatilgan tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan.

Informatikada «tizim» tushunchasi ko‘proq texnik vositalar, asosan kompyuterlar va murakkab obyektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi.»Tizim» tushunchasiga «axborot» so‘zining qo'shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi.

Axborot tizimi


— belgilangan maqsadga erishish yo'lida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslaming o'zaro bog‘langan majmuasidir.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud, chunki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlami ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlaiga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari jadal takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi.
Kibemetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv obyekti yig‘indisini (masalan, korxonalar, tashkilotlar va hokazo) va boshqaruv subyekti, boshqaruv apparatini o'zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda, maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv obyekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya’ni boshqaruv tizimining o‘zi shu ishlami amalga oshirish uchun tuzilgandir.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog'langan. To‘g‘ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv obyektiga yo‘naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo'nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot axboroti oqimida o‘z aksini topadi.
Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma’lumotlami uzatish va saqlash, shuningdek ma’lumotlami qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalami bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi obyektining axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlarini tatbiq etish nafaqat mayda-chuyda axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish hisobiga, balki qarorlarni qabul qilish (sun’iy intellekt usullari, ekspert tizinilari va hokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqalardan foydalanishda firma mutaxassislari xatti-harakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi uslublari hisobiga ham firma ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati samaradorligini yuksaltirish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma’lum.

Download 41.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling