TA’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Download 0.73 Mb.
bet28/28
Sana03.06.2020
Hajmi0.73 Mb.
#113475
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Falsafa 2


344





  1. Quyidagi so’zlar muallifi kim: «Inson o’zini dunyodan oldinroq va ko’proq biladi, ayni shu sababli u dunyoni o’zidan keyin va o’zi orqali anglab etadi...”?

  1. N.A.Berdyaev

  2. V.Solov’ev V. V.Kuznetsov G. A.CHumakov

22 «Inson-mashina» asarining muallifi kim?

  1. J.Lametri

  2. Dj.Berkli V. Dj.Bruno G. B.Spinoza

23. Insonning paydo bo’lishi haqidagi evolyutsion kontseptsiya asoschisi kim?

  1. CH.Darvin

  2. K.Linney V. CH.Pirs

G. A.Eynshteyn

24.Insonni o’rganishning introvertiv yondashuvi vakillari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?

  1. M.SHeler, A.Gelen, K.Lorents

  2. N.A.Berdyaev, A.Gelen, K.Lorents

V. S.L.Frank, L. P.Karsavin, S.N.Bulgakov G. N.O.Losskiy, L. P.Karsavin, S.N.Bulgakov

25.Falsafa tarixida inson haqidagi qarashlarni «antropologik materializm» sifatida baholangan faylasuf kim?

  1. L.Feyerbax

  2. I.Kant V. V.Gegel’

G. F.Nitsshe

26.Inson faoliyatini o’rganishga bag’ishlangan falsafiy ta’limot qanday nomlanadi?

  1. Praksiologiya

  2. Aksiologiya

V. Fenomenologiya G. Tonatologiya

27.Insonni faoliyatga undovchi sabablarni toping?

  1. Ehtiyojlar

  2. Maqsadlar V. Orzular G. Xayollar

28.Faoliyatning eng muhim atributlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?


345



  1. Moddiylik va sub’ektlilik

  2. Moddiylik va ma’naviylik V. Sub’ektlilik va doimiylik G. CHeklilik va muayyanlik

29.Quyidagi fikr muallifni toping: “Amaliyot o’zgartirilgan tabiat predmetlarini insonning ko’zgudagi aksiga o’xshaydi, degan edi”?

  1. I.Fixte

  2. G.Leybnits V. B.Spinoza G. I.Kant

30.Inson faoliyatini boshqa tirik mavjudotlar faoliyatinidan farqlovchi muhim xususiyatlar nima?

  1. Onglilik va maqsadga muvofiqlik

  2. Oqilonalik va irratsionallik

V. Maqsadga muvofiqlik va hissiylik G. Iroda va tassavur qilish imkonining borligi

  1. Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimoiy amaliyot jabhasi sifatida nechanchi yillardan shakllana boshladi?

  1. 1960-yillarning oxirlaridan

  2. 1950-yillarning oxirlaridan V. 1970-yillarning oxirlaridan G. 1980-yillarning oxirlaridan

  1. Globallashuvning vujudga kelishiga asos bo’lgan yirik sabablarni toping?

  1. Hayotning barcha sohasidagi integratsiyalashuv

  2. Fan va texnika kashfiyotlari

V. Falsafada yangi ta’limotlarning vujudga kelishi G. Odam sonining keskin o’sishi

33.Ikkinchi jahon urushidan so’ng yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy holat bugungi kunda global muammolarni bartaraf qiluvchi qaysi asosiy hamkorlikning vujudga kelishiga sabab bo’ldi?

  1. BMT

  2. YUNESKO V. EHHT

G. MDH

34.Hozirgi zamonda jahon fuqarosi deb hisoblovchi odamlarning paydo bo’lishiga nima sabab bo’ldi?

  1. Serqirra globallashuv

  2. Ekologik globallashuv V. Siyosiy globallashuv G. Madaniy globallashuv


346



GLOSSARY


Agnostisizm - inson ob’ektiv borliqni to’liq bilishi mumkin emas, deb hisoblaydigan falsafiy ta’limot.

Antissientizm - fanning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini salbiy baholaydigan falsafiy nuqtai nazar.

Antropogen - inson faoliyati bilan bog’liq.

Antroposentrizm - dunyoni bilishda insonni ustun qo’yuvchi falsafiy yondashuv.

Aprior - tajribadan tashqarida. Inson tafakkurida tajribada ko’rilgunga qadar, tajribadan qat’iy nazar paydo bo’lgan obraz, g’oya, tushuncha.

Ateizm - xudoning borligini inkor etuvchi falsafiy nuqtai nazar.

Atribut - xossa.

Belgi - boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatni ifodalaydigan va muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet.

Garmoniya - bir butun narsa qismlarining o’zaro muvofiqligi.

Germenevtika - falsafada - tarix, madaniyatni, o’zga individuallikni tushunish san’ati.

Gipotetik - ehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga asoslangan.

Globallashuv - ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni.

Globalistika - globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab etishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi.

Gnoseologiya - bilish nazariyasi.

Deduksiya - tadqiqot yoki tavsiflash metodi, usuli bo’lib, bunda ayrim qoidalar umumiy xulosalar, aksiomalar, qoidalar, qonunlardan tadrijiy yo’l bilan keltirib chiqariladi.

Dezintegrasiya - butunning ayrim qismlarga parchalanishi.

Deizm - Xudo dunyoni yaratgach, unda ishtirok etmaydi va uning voqealari tabiiy kechishiga aralashmaydi, deb hisoblaydigan falsafiy nuqtai nazar.

Determinizm - barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog’langanligi haqidagi falsafiy ta’limot.


347



Dialektika - harakat, rivojlanish, o’zgarish haqidagi falsafiy ta’limot.

Diskret - uzlukli.

Differensiasiya - butunning turli-tuman qismlar, bosqichlar, shakllarga bo’linishi, parchalanishi, ajralishi.

Ideal - mutlaq barkamollik, bunday barkamollik haqidagi tasavvur.

Ierarxiya - bir narsaning funksional ahamiyati yoki xizmat mavqeiga ko’ra ikkinchi narsaga, uchinchi narsaga va hokazolarga bo’ysunishi.

Izotrop - barcha yo’nalishlarda bir xil.

Indeterminizm - determinizmga qarama-qarshi ta’limot.

Integrasiya - birlashish, birikish, yaxlit bir butunning shakllanishi.

Introvertiv - o’ziga, o’z ichki dunyosiga qarab mo’Ijal oluvchi.

Imitasiya - taqlid qilish, soxtalashtirish.

Axborot inqilobi - fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi bo’lib, bunda axborot o’ta muhim resursga aylanadi.

Irrasionalizm - borliqni oqilona mantiqiy bilish imkoniyatini rad etuvchi nuqtai nazar.

Kauzallik - sababiyat, sabab va oqibatning qonuniy aloqasi.

Kommunikasiya (keng ma’noda) - muloqot. Ekzistensializmda - muloqot turi bo’lib, uning yordamida «Men» o’zini boshqa odamda topadi.

Konstitusiyalash - yaratish, belgilash, muayyan tashkiliy tus berish.

Konsbyumerizm - iste’mol qilishga bo’lgan kuchli ehtiyoj.

Koevolyusiya - birgalikda tadrijiy rivojlanish.

Kreasionizm - butun borliqni Xudo yaratgan deb hisoblaydigan diniy ta’limot.

Materializm - dunyoning moddiyligidan va ongdan qat’iy nazar mavjudligidan kelib chiqadigan falsafiy yo’nalish.

Metafizika - Gegeldan oldingi va hozirgi G’arb falsafasida borliqning o’ta hissiy tamoyillari va asoslari haqidagi fan. Falsafaning sinonimi sifatida ishlatiladigan atama.

Metodologiya - metod haqidagi ta’limot, bilishning yangi metodlarini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish.


348



Mistika - sirli, g’ayritabiiy, tushunarsiz narsa yoki hodisa.

Moddiylashtirish - ma’no strukturalari, sxemalar, loyihalarning inson faoliyatida gavdalanishi.

Modus - predmetning unga ayrim holatlardagina xos bo’lgan muvaqqat

xossasi.


Monizm - plyuralizmga zid o’laroq, muayyan bir asosdan kelib chiqadigan falsafiy yondashuv.

Negativ - salbiy, biror narsaga zid.

Noumen - mushohada yo’li bilan anglash mumkin bo’lgan mohiyat.

Noosfera - aql-idrok sohasi yoki biosferaning shunday bir holatiki, bunda odamlarning oqilona faoliyati biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi.

Obraz - amaliy faoliyat va bilish jarayonida shakllangan hissiy yoki oqilona tasavvur.

Okkulbtizm - maxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar orqali ayrim insonlargina bila oladigan koinotda sirli kuchlar mavjudligini e’tirof etuvchi ta’limot.

Oppozisiya - qarshi harakat, muayyan narsaga ochiqdan-ochiq yoki zimdan qarshilik ko’rsatish.

Panteizm - Xudoni tabiat bilan tenglashtiruvchi falsafiy ta’limot.

Paradigma - mazkur davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan muayyan ilmiy tadqiqot yo’nalishini belgilovchi prinsiplar majmui.

Passionar - ichki energiyaga egalik yoki o’ta g’ayratlilik.

Permanent - doimiy, uzluksiz.

Persepsiya - idrok etish.

Rasionalizm - aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining negizi deb e’tirof etadigan falsafiy yo’nalish.

Reduksionizm - murakkab narsa yoki hodisani soddaroq narsa yoki hodisaga bog’lash.

Relyativizm - bizning barcha bilimlarimiz, qadriyatlarimiz va xulosalarimizni nisbiy, shartli deb hisoblaydigan falsafiy yondashuv.

Refleksiya - o’z fikrlari va kechinmalarini tahlil qilishga qaratilgan mulohaza.

Sakral - muqaddas.


349



Sensualizm - hissiy bilishning rolini oqilona bilishning ahamiyatidan

ustunroq qo’yuvchi falsafiy yo’nalish.


Simvol - biron-bir g’oyani ifodalovchi belgi, obraz.

Sinkretizm - qismlarga ajralmaganlik, biron-bir hodisaning noraso holati bilan belgilanadigan har xil jinsli elementlarning aralashuvi.

Skeptisizm - inson bilimining ishonchliligiga shubha bildiruvchi va barcha haqiqatlarni nisbiy deb e’lon qiluvchi falsafiy konsepsiya.

Stereotip - ko’pincha jamiyat tomonidan faol ilgari suriladigan va individ tanqidsiz qabul qiladigan borliqning nisbatan barqaror va soddalashtirilgan obrazi.

Substansiya - birinchi asos, barcha narsalar va hodisalarning mohiyati.

Ssientizm - madaniyat tizimida, jamiyat hayotida fan rolini mutlaqlashtirish.

Tabu - biron-bir narsa, harakat, so’zga nisbatan belgilanadigan diniy

taqiq.


Teologiya - diniy ta’limotlar tizimi.

Teosentrizm - dunyoni tushunish markaziga Xudoni qo’yuvchi falsafiy yondashuv.

Texnogen - texnika bilan bog’liq, uning ta’siri bilan belgilangan.

Texnokratik - texnikani birinchi o’ringa qo’yuvchi.

Texnooptimizm - turli muammolarni echishda fan-texnika taraqqiyotining rolini oshirib ko’rsatuvchi falsafiy yondashuv.

Texnopessimizm - fan-texnika taraqqiyotini jamiyat va tabiat tanazzulining manbai va omili deb e’lon qiluvchi falsafiy yondashuv.

Texnotron jamiyat - komptyuter inqilobi bosqichiga kirgan jamiyat.

Transsendental - o’ta umumiy.

Universum - yagona Olam, yaxlit dunyo.

Fauna - barcha turdagi hayvonlar majmui.

Fenomen - insonga hissiy bilish tajribasida berilgan hodisa.

Fenomenologiya - bevosita kuzatish mumkin bo’lgan ideal mohiyatlar sifatidagi fenomenlar haqidagi falsafiy ta’limot.

Flora - o’simliklar dunyosi.


350



Fluktuasiya - o’zgarish, belgilangan parametrlardan tasodifiy og’ish.

Futurologiya - kelajak haqidagi fan.

Evolyusion epistemologiya - bilishni jonli tabiat evolyusiyasining momenti va uning mahsuli sifatida o’rganuvchi fan.

Evristik - ijodiy, noma’lum narsalar va hodisalarni bilishda sakrashni amalga oshiruvchi.

Egalitarizm - umumiy tenglikni targ’ib qiluvchi g’oyaviy-siyosiy oqim.

Ekzistensializm - diqqat markazida hayotning ma’nosi, inson erkinligi va mas’uliyati muammolari turuvchi falsafiy yo’nalish.

Ekologiya - jonli mavjudotlarning o’zini qurshagan muhit bilan o’zaro munosabatlari haqidagi fan.

Ekologik muammo - jonli organizmlarning atrof muhit bilan muvozanatining buzilishi.

Ekologik tanglik - ekologik muammoning keskinlashuvi, bunda uning oqibatlari orqaga qaytarib bo’lmaydigan xususiyat kasb etadi.

Eksplikasiya - u yoki bu predmet (yoki madaniyat ob’ekti)ning mohiyatini aniqlash, uning mazmunini keng tavsiflash.

Ekstravertiv - sirtga qaratilgan.

Empirizm - hissiy idrok etish va tajribani bilishning asosiy manbai deb hisoblaydigan falsafiy ta’limot.

Empirik - tajribada ko’rilgan.

Etimologiya - u yoki bu so’z yoki iboraning kelib chiqishi.

Epistemologiya - bilish haqidagi falsafiy ta’limot.

Etnogenez - xalqlar yoki millatlarning kelib chiqishi.

O’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish - o’zining betakror mohiyatini faoliyatda namoyon etuvchi va gavdalantiruvchi har bir individ axloqiy faoliyatining maqsadi.

Falsafa - tushunchasi yunoncha phileo - sevaman va sophia - donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o’tuvchi bilim va inson o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.


351



Dunyoqarash - insonning o’zini qurshagan borliqqa va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari,, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo^ljallaridir.

Mifologik dunyoqarash - «mif» tushunchasi yunoncha mythos so’zidan kelib chiqqan bo’lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mif - bu turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.

Diniy dunyoqarash - dunyoqarashning tarihan ikkinchi shakli dindir. (Din so’zi arabchadan tarjimada e’tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma’nolarni anglatadi.) Mif kabi, din zamirida ham e’tiqod, tuyg’ular va emosiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo’lgan bo’lsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif ta’sirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.

Falsafiy dunyoqarash - miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib asosan mif va din ta’sirida odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U abstrakt nazariy fikrlash qobiliyati va (to’plangan bilimlar ko’rinishida) real asoslarga ega bo’lishi natijasida o’z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko’tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, bo’sh vaqtning paydo bo’lishi ham imkoniyat yaratdi.


352


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling