Reja: Abdulla Avloniy hayoti va ijodi
Download 17.18 Kb.
|
ABDULLA AVLONIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- VATANNI SUYMAK ( “Turkiy Guliston yoxud axloq “asaridan)
- Bobolarimiz :” Kishi yurtida sulton bo’lguncha o’z yurtingda cho’pon bo’l”, demishlar. Men ayblik emas ,ey vatanim,tog’larim, Bevaqt tashlab ketdim , oyo, bog’larim
- Har kim sening qadring bilmas – aqli pas(t)dur. Sening tuyg’ung yuraklarga svdo solur , Sening darding boshqa dardni tortib olur
- Bizlar uchun hizmat qilur barchalari, Har birlari noz-u ne’mat parchalari. Sandan tug’ub,katta bo’lub,qaytib borub, Yana senga kiradurmiz Bag’ring yorub.
ABDULLA AVLONIY REJA: Abdulla Avloniy hayoti va ijodi 2. Abdulla Avloniyning dramaturgiyaga qo’shgan hissasi 3.” Turkiy Guliston yoxud axloq” Abdulla Avloniy 1878 - yilning 12 – iyulida Toshkent shahrining Mergancha mahallasida to’quvchi hunarmand oilasida tug’ildi. Avval eski maktabda o’qib savod chiqardi,so’ng madrasada tahsil oldi.Oiladagi moddiy qiyinchilik tufayli u bolalaligidan turli ishlarga qo’l urdi.Halol rizq topib,oila tirikchiligiga ko’mak berish maqsadida odamlar eshigida mardikorlik qildi ,g’isht quydi, duradgorlik va suvoqchilikni o’rgandi.Mustahkam irodali Abdulla turmush qiyinchiliklariga taslim bo’lmay , ilmni ham tashlamadi: asosan kuz va qishda o’qib bilimini orttirdi ,bahor va yozda mehnat qilib ,oila tirikchiligiga qarashdi.Mehnat va o’qish davomida turmushdagi o’zgarishlarni kuzatdi.Turli yurt va shaharlarda chop etilayotgan gazeta va jurnallarni o’qib bordi .Bu o’qish o’rganish ,kuzatishlar samarasi o’laroq Avloniyning fikrlashi , dunyoqarashi kengaydi , millat uchun qayg’urish tuyg’usi yuragida alangalay boshladi.Bularning barchasi iste’dodining ko’zi ochilishiga sabab bo’lib ,o’n olti yoshidan vaqtli matbuot sahifalarida ko’rina boshladi.Matbuotga ,badiiy ijodga ishtiyoqi orta bordi. xx asrning boshlarida Abdulla Avloniy jadidlar harakatining faol tashkilotchilaridan biri sifatida e’tirof qozongan edi . O’z faoliyatida ma’rifat tarqatishning tutli usul va shakllariga murojat qildi.Toshkentning Mirobod mahallsida yangi “usuli savtiya” – jaded maktablarini ochdi,o’zi mudirlik va o’qituvchilik qildi.1909- yili kambag’al va yetim yesirlarga ko’mak beruvchi “ Jamiyati Xayriya “ degan uyushma tashkil etdi. Uning talimga bir qator yangiliklar kiritgani , mavjud maorif tizimini takomillashtirgani alohida diqqatga sazovor.Turkistonda birinchilardan bo’lib maktabga geografiya, kimyo , handasa,fizika fanlari kiritilishiga tasir ko’rsatdi, real turmush bilan bog’lashga urindi,bir dars bilan boshqasi o’rtasida muayyan tanaffusni,bir sinfdan ikkinchi sinfga o’tishdagi imtixonni joriy etdi,talim tizimining dunyoviy yo’nalishini kuchaytirishga aloxida e’tibor berdi. Teatr va dramaturgiya soxasida ham Avloniy jonbozlik ko’rsatgan.1913-yilda birinchi o’zbek teatr truppasi – “Turon” to’garagini tashkil etdi.U o’z atrofiga Nizomiddin Xo’jayev,birinchi o’zbek rejissori Mannon Uyg’ur,Mirshihid va Miraxmad Miroqilovlar singari yoshlarni yig’ib ,o’zbek milliy teatriga asos soldi.O’zining,Behbudiy, Hamza,Qodiriyning hamda ayrim ozarbayjon dramaturglarini pyesalarini shu san’at fidoyilari bilan sahnaga olib chiqdi.O’zi ham kezi kelganda aktyor bo’lib rollar ijro etdi. Avloniy dramaturg sifatida “Advokatlik osonmi ?”, “Pinak”, “Biz va Siz”, “Ikki muxabbat”, “Portugalia inqilobi” kabi pyesalari o’zbek dramaturgiyasini shakllanishiga hissa qo’shdi. VATANNI SUYMAK ( “Turkiy Guliston yoxud axloq “asaridan) Vatan.Har bir kishining tug’ilib o’sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur.Har kimning tug’ilgan ,o’sgan yerini jonidan ortiq suyar.Hatto bu vatan hissi – tuyg’si hayvonlarda ham bor agar bir hayvon o’z vatanidan-uyuridan ayirsa o;z yeridagi kabi rohat- rohat yashamas,maishati talx bo’lub har vaqt dilining bir go’shasida o;z vatanining muxabbati turar. Biz turkistonliklar o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suydigimiz kabi ,arablar arabistonlarini , qumlik,issiq cho’llarini, eskimolar shimol taraflarini , eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar.Agar suymasalar edi,havosi yaxshi , tiriklik oson yerlarga o’z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi. Bobolarimiz :” Kishi yurtida sulton bo’lguncha o’z yurtingda cho’pon bo’l”, demishlar. Men ayblik emas ,ey vatanim,tog’larim, Bevaqt tashlab ketdim , oyo, bog’larim Hijron qilodur meni judolig’, Do’ndi g’ama ro’z –u shab-u chog’larim VATAN Sening ismining bu dunyoda muqaddasdur , Har kim sening qadring bilmas – aqli pas(t)dur. Sening tuyg’ung yuraklarga svdo solur , Sening darding boshqa dardni tortib olur, Yering ,suving bizni boqib to’ydiradur , Semiz semiz qo’ylaringni so’ydiradur . Olma- anor ,anjir,uzum – mevalaring, Ot-u ho’kiz ,echki,taka ,tevalaring. Bizlar uchun hizmat qilur barchalari, Har birlari noz-u ne’mat parchalari. Sandan tug’ub,katta bo’lub,qaytib borub, Yana senga kiradurmiz Bag’ring yorub. Onamizsan !Bizni mushfiq onamizsan! Javlon urib yashaydurgon xonamizsan! Download 17.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling