Таълим вазирлиги бухоро муҳандислик – технология институти
Download 200.13 Kb.
|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бух-hozir.org
Jarayon parametrlari. Selektiv tozalash jarayonining muhim ko`rsatkichlari
bo`lib selektivlik va erituvchining erituvchanlik qobiliyati hisoblanadi. Erituvchining selektivligi (tanlab ta’sir qilishi, tanlab ta’sir qilish koeffitsienti) deganda uning xomashyo komponentlarini naftenparafin va yuqori indeksli (yuqori qovushqoqlik indeksiga ega bo`lgan) aromatik uglevodorodlarni saqlagan rafinatga va tarkibiga past indeksli ko`phalqali aromatikuglevodorodlar va smolali birikmalarni o`z tarkibiga saqlaganekstraktga aniq ajratish qobiliyati tushuniladi. erituvchilik qobiliyatibu ma’lum sifatga ega bo`lgan rafinatni olish uchun kerak bo`lganerituvchining miqdorini tavsiflaydigan ko`rsatgichdir. Moyli xomashyoga erituvchi bilan ishlov berganda ikkita faza hosilbo`ladi. YUqoridagi faza rafinatli eritma (erituvchisi unga ko`pbo`lmagan moyli xomashyo), pastdagisi ekstratli eritma –erituvchisiningasosiy qismini hamda nomaqbul komponentlarni saqlaydi. ekstraktliva rafinatli fazalarning tarkibi o`zgarmas haroratda muvozanatholatida saqlanadi. erituvchi: xomashyo nisbatining oshishi ekstraktli eritma kontsent- ratsiyasining kamayishiga, fazalar orasidagi muvozanat- ningbuzilishiga olib keladi. Bunda uglevodorodlarning bir qismirafinatli eritmadan ekstraktli eritmaga o`tadi, bu esa tozalashdarajasining yaxshilanishini va rafinat chiqishining kamayishinita’minlaydi. erituvchi: xomashyo nisbatining kamayishi yuqori natijagaolib keladi. Tanlab ta’sir etuvchi erituvchilar bilan tanlash faqatgina ikkitafaza mavjud bo`lgan harorat sharoitlarida sodir bo`lishi mumkin.Haroratning oshishi bilan erituvchining eritishi qobiliyati oshadi,tanlab ta’sir etish qobiliyati selektivlik esa pasayadi va erishningkritik haroratida bir jinsli eritma hosil bo`ladi. Tanlab ta’siretuvchi (selektiv) erituvchilarga quyidagi talablar qo`yiladi:xomashyoning erituvchida erish kritik harorati ancha yuqori hamdaekstraktsiyasini 80 0 dan 150 0
Erituvchilar. Hozirgi vaqtda asosiy sanoat erituvchilari bo`lib fenol, furfurol, N-metilpirolidon (NMP). Ularning fizikaviy xossalari 13.1-jadvalda keltirilgan. Fenolning kamchiligiga uning smolalanish qobiliyati (albatta furfurolga qaraganda kamroq darajada), zaharliligi, suvda eruvchanligi ancha yuqoriligi, yuqori suyuqlanish harorati va jihozlarni korroziyalash ta’siri kiradi. Fenol bilan tozalash qurilmalarining ishlatishidan chiqarib yuborilishining asosiy sababi bo`lib fenolning zaharliligi hisoblanadi. Download 200.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling