Firma riskining uch turi bor:
1. Ishlab chiqarish riski. Bunda firma o‘zi ko‘zlagan miqdordagi
va turdagi mahsulotlarni ishlab chiqara olmaydi.
2. Тijorat riski. Bunda firma o‘z tovarlarini mo‘ljallangan hajmda
va narxda sota olmay qoladi.
3. Moliyaviy risk. Bunda firma kutilgan foydaga erisha olmaydi
yoki zarar ko‘radi, aksiyasini yaxshi pullay olmaydi, soliq ortib ketadi,
davlatdan kutgan moliyaviy yordami kamayadi yoki umuman tegmaydi.
Bizneschilar riskka turlicha qaraydi. Ulardan birlari riskka borishga
tayyor turishadi, xatar borligini bilaturib tavakkaliga ish boshlaydi.
Boshqalari riskka befarq qaraydilar. Yana boshqalari umuman riskni
xush ko‘rmay, uni chetlab o‘tishga intiladilar.
Risk katta bo‘lganda unga borish katta foyda keltirishi mumkin,
lekin xatar ham ko‘p bo‘ladi. Riskka borilmaganda kam foyda bilan
qanoatlanishga to‘g‘ri keladi, lekin xotirjamlik bo‘ladi. Odatda yirik
va baquvvat firmalar riskka ko‘proq boradilar, kichik va zaif firmalar
xonavayron bo‘lmaslik uchun risk qilmaslikka moyil bo‘ladilar. Ammo
hech kim riskdan kafolatlanmaydi, lekin uning oldini olish yoki
kamaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |