Таълим вазирлиги фарғона давлат университети “ижтимоий гуманитар фанлар ” кафедраси


Download 210.19 Kb.
bet16/18
Sana17.06.2023
Hajmi210.19 Kb.
#1525869
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
18.kurs ishi asli

III bob bo’yicha xulosa
Bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o‘ynaydi. U «ko‘p qirrali bashorat» (iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta‘minlash, ishsizlikning oldini olish va inflyatsiyani jilovlash, to‘lov balansining aktivligini saqlab turish) muhiti hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini egallashda, yetakchi o‘rin egallaydi. Valyuta siyosatining shakli va o‘rni, mamlakatning valyuta-iqtisodiy holati, jahon xo‘jaligining evolyutsiyasi, jahon maydonidagi o‘rni bilan aniqlanadi. Tarixiy rivojlanishiga nazar soladigan bo‘lsak, birinchi navbatda, har qanday valyuta siyosatining asosiy maqsadlari quyidagicha shakllanib kelmoqda: valyutaviy inqirozni bartaraf etish va valyuta qiymatining ta‘minlanganligi, valyutaviy cheklashlar, valyutaning erkin almashinuvi, valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish va boshqalar. Mamlakatlararo munosabatlarda valyuta siyosatining asosiy jihati: hamkorlik va kelishuv, ya‘ni rivojlanayotgan mamlakatlarni ichki siyosatiga moliyaviy va maslahat xizmatlari orqali ko‘mak berish. Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralaming o‘rnatilishi, mamlakat ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qiymatliklari bilan bo‘ladigan munosabatlami tartibga solish, valyutaviy muammolar bo‘yicha ikki tomonlama va ko‘p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlami tuzish kiradi. Valyuta siyosati amalga oshirilishining asosiy yo‘llaridan biri, davlatning xalqaro hisob-kitoblari bajarilishini boshqarish va milliy, mamlakatlararo, hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani tartibga solishning bevosita yo‘li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo‘l bilan bozor agentlarining iqtisodiy harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta‘sir etiladi. Xo‘jalik aloqalari umumiylashtirilishi, davlatlararo valyuta boshqarilishining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. U quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi: - ayrim mamlakatlar valyuta siyosatini muvofiqlashtirish; 91 - kelishgan holda valyuta inqirozini bartaraf etish; - rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosatining boshqa mamlakatlarga mos kelishi; Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo‘yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbiq etishdan iboratdir. Valyuta munosabatlarini tartibga solish quyidagi pog‘onalardan iborat: - xususiy firmalar, birinchi navbatda, valyuta munosabatlarida aktiv ishtirok etayotgan va yirik valyuta mablag‘lariga ega bo‘lgan milliy va xalqaro banklar hamda korporatsiyalar kiradi; - valyuta nazorati tashkilotlari; Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar bilan shakllangan: 1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga o`zaro bog‘liqligi; 2. Xo‘jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoitida bozor va davlat boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi; 3. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy kuch hisoblangan AQSH o‘rnida uchta asosiy hamkorlik va qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya; 4. Jahondagi yetakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya‘ni suzib yuruvchi kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o‘zgarishining barqaror emasligi; 5. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir-biriga o`zaro bog‘liq bo‘lmagan va ularning xalqaro xo‘jalikdagi integratsiyalashuvi; Keyingi yillarga nazar tashlaydigan bo‘lsak valyutani tartibga solishga haddan ziyod ma‘muriy aralashuv, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun alohida imtiyoz va preferensiyalar mavjudligi oqibatida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida 92 biznesni yuritishga doir teng bo‘lmagan shart-sharoitlar paydo bo‘ldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi vujudga keldi. Valyuta kursi siyosatining tashqi savdoni rag‘batlantirishdagi rolining susayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari narxlarining tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini pasaytirdi. Shu munosabat bilan 2017 yil 2-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasi joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun banklarda erkin sotib olinishi va sotilishi kafolatlandi.


Download 210.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling