Таълим вазирлиги фарғона давлат университети “ижтимоий гуманитар фанлар ” кафедраси


Download 210.19 Kb.
bet13/18
Sana17.06.2023
Hajmi210.19 Kb.
#1525869
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
18.kurs ishi asli

II bob bo’yicha xulosa
Markaziy bankning valyuta siyosatining ta‘sirchanligini oshirish maqsadida quyidagi vazifalarni hal qilish lozim: 1. Hukumatning tashqi qarzini to‘lash bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘liq Markaziy bank ixtiyoriga berish. Ushbu masala hal qilinmasa, Markaziy bank valyuta mablag‘lari harakatini pul massasiga ta‘siri bilan bog‘liq jihatlarini to‘liq nazorat qilish imkoniyatiga ega emas. Shu narsa yaqqol ko`rinib turibdiki, Markaziy bank hukumatning tashqi qarzini to‘lash bilan bog‘liq valyuta mablag‘larining harakatida bevosita ishtirok etish huquqiga ega emas. Hukumatning o‘zini moliyalashtirish manbalariga ega 74 ekanligi markaziy bankning ushbu jarayondagi ishtirokini cheklab qo‘yadi. Buning ustiga, hukumatning tashqi qarzini to‘lashda manba bo‘lib xizmat qiluvchi Respublika Valyuta Fondi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank xuzuridadir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda, xususan, AQSH, Germaniya, Avstriya Markaziy bankning hukumatning tashqi qarzini to‘lashdagi ishtiroki kattaligini ko‘rish mumkin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasida amalga oshiradigan asosiy vazifalaridan biri - mamlakatda tijorat tusidagi valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi. Hozirgi kunda muddatli operatsiyalarni rivojlantirish juda dolzarb va murakkab masala bo‘lib turibdi. Buning uchun esa, joriy bozorni rivojlantirish zarur. Avvalo, Respublika Valyuta Birjasini likvidli-ligini to‘liq ta‘minlash zarur. Chunki, har qanday turdagi muddatli valyuta operatsiyasi - «svop», «Forvard», valyutaviy optsionlar va fyucherslar bilan bog‘liq operatsiyalar pirovard natijada SPOT bozorining likvidliligiga bog‘liq. Markaziy bank «GOLD-SVOP» operatsiyalari vositasida SPOT bozorining likvidliligini ma‘lum vaqt mobaynida ta‘minlab turishi mumkin. Ammo, bunda SPOT bozoridagi likvidlilik doimiy tusga ega bo‘lishi lozim. Aks holda «GOLDSVOP» operatsiyalari jiddiy zarar keltirishi mumkin. Bunda SPOT bozorining likvidliligi yanada pasayib ketishi mumkin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta siyosatining ta‘sirchanligini oshirish bilan bog‘liq muhim masalalardan biri, iqtisodiyotni chet el valyutalarida kreditlash jarayoniga kumaklashish mumkin. Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish davom etayotgan hozirgi sharoitda chet el valyutalarida kredit olishga talab kuchli. Bu talab esa, o‘z navbatida, tijorat banklari tomonidan «spred» darajasini yuqori belgilashga imkon beradi. Bu esa, investitsiya faolligini ma‘lum darajada bugib kuyishi mumkin. Lekin, tijorat banklari yuqori darajada foyda olishga erishadilar. Sababi shundaki, ular kichik «spred» bilan kredit oladilar va yuqori darajadagi talabga asoslangan holda «spred» 75 darajasini oshiradilar. Ana shu holatga barham berish maqsadida Markaziy bank garovli kreditlar mexanizmidan foydalanish kerak. Buning afzalligi shundaki, Markaziy bank tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlari qoldiqlarini ma‘lum qismini garov sifatida olib, bozor darajasidan past stavkada xorijiy valyutada kredit berish mumkin. Bunda berilgan kredit summasiga egalik qilish Markaziy bank tasarrufida koladi. Shu yo‘l bilan Markaziy bank chet el valyutasidagi kreditlarning foiz stavkasiga ta‘sir qiladi. Asosiy masalalardan biri, bu erda, garovga olingan summalarga foiz to‘lash xususida bo‘ladi. Sababi shundaki, bu summalarga bozor stavkasida foiz to‘lash kerakmi yoki, undan past stavkada foiz to‘lash zarurmi, degan savol tug`iladi

Download 210.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling