Таълим вазирлиги фарғона давлат университети “ижтимоий гуманитар фанлар ” кафедраси
III Bob. Respublikada barqaror iqtisodiy o’sishga erishish imkoniyatlari
Download 0.55 Mb.
|
24,Iqtisodiy o‘sish omillari va uning tahlili
III Bob. Respublikada barqaror iqtisodiy o’sishga erishish imkoniyatlari.
3.1.O‘zbekistonda Iqtisodiy o’sishni prognozlashtirishda makroiqtisodiy modellardan foydalanish.Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yil uchun tasdiqlangan budjetga bag‘ishlangan navbatdagi “Fuqarolar uchun budjet” Axborot nashrini jamoatchilikka taqdim qildi. Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlikning ta’kidlashicha, global o‘zgarishlar hisobiga yuqori darajadagi noaniqlikning saqlanib qolinishi Davlat budjetini shakllantirish va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirishni murakkablashtirgan. 2023-yilda ichki talabning faol saqlanib qolishiga qaramay iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi prognoz qilinmoqda. Iqtisodiy o‘sish 2022-yildagiga nisbatan pastroq, ya’ni 5,3 foizga prognoz qilinmoqda. Iqtisodiy faollikning tiklanishi hisobiga mos ravishda 2024—2025-yillarda iqtisodiy o‘sish 5,6 va 6 foizgacha ko‘tariladi. Biroq, noaniqliklar saqlanib qolinayotgan sharoitda turli omilli xatarlar mavjudligi hisobiga ushbu prognozlar beqarorligicha qolmoqda. Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi Iqtisodiyotning barcha asosiy tarmoqlarida o‘sish sur’ati sekinlashishi kutilmoqda. Sanoatning o‘sishi 2023-yilda 5,1 foizgacha, qurilish 6 foizgacha va xizmatlar sohasi 6,7 foizgacha sekinlashadi. Keyingi yillardagi prognozlarga ko‘ra, iqtisodiyotning xizmatlardan boshqa barcha asosiy tarmoqlarida o‘sish ko‘rsatkichlari nisbatan yaxshiroq bo‘ladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) 2023—2034-yillar uchun global iqtisodiy o‘sish prognozlarini e’lon qildi “Global iqtisodiy o‘sish 2022-yildagi 3,4 foizdan 2023-yilda 2,9 foizgacha pasayadi, keyin esa 2024-yilda 3,1 foizgacha ko‘tariladi. 2023-yil uchun prognoz oktabr oyidagi prognozdan 0,2 foiz darajaga yuqori, biroq o‘tgan davr (2000—2019) uchun o‘rtacha 3,8 foizdan past”, — deyiladi hisobotda. Prognozning yaxshilanishiga “kutilmagan ijobiy o‘zgarishlar va ko‘plab mamlakatlardagi kutilganidan kuchliroq chidamlilik darajasi” sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, jamg‘arma 2024-yilda jahon iqtisodiyotining rivojlanish sur’atlari bo‘yicha prognozini 0,1 foiz punktga yomonlashtirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, inflyatsiya va Ukrainadagi urushga qarshi kurashish uchun butun dunyo bo‘ylab Markaziy bank stavkalarining oshishi iqtisodiy faoliyatga bosim o‘tkazishda davom etmoqda. “Ushbu omillar, shuningdek, Xitoydagi COVID-19 atrofidagi vaziyat 2022-yilda global iqtisodiy faollikni chekladi, ular 2023-yilda ham salbiy ta’sir o‘tkazishda davom etadi”, — deb ta’kidlanadi hisobotda. Global inflyatsiya 2022-yildagi 8,8 foizdan 2023-yilda 6,6 foizga va 2024-yilda 4,3 foizga tushishi kutilmoqda, bu pandemiyadan oldingi (2017—2019-yillar) taxminan 3,5 foizdan yuqori. “Moliya bozorlari inflyatsiya haqidagi noxush xabarlarga javoban narxlarni to‘satdan qayta ko‘rib chiqishi mumkin, shu bilan birga keyingi geosiyosiy bo‘linish iqtisodiy taraqqiyotga to‘sqinlik qilishi mumkin”, — deyiladi XVJ hisobotida. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling