Ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti


Download 25.42 Kb.
bet4/4
Sana10.02.2023
Hajmi25.42 Kb.
#1184469
1   2   3   4
Bog'liq
o\'zbek tili

Bu uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq taʼriflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy uslubning bu turi terminologik va mavhum leksikaning , murakkab sintaktik tuzilmalarning qoʻllanishi, soʻzlarning asosan aniq, toʻgʻri maʼnoda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va shakillanishi bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar , raqamlar ham ishlatiladi.

Ilmiy uslub oʻz ichida quyidagi mayda uslub ga boʻlinadi: ilmiy ish , ilmiytexnik , ilmiyommabop , ilmiypublitsistik . Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi terminlarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir .

  1. Publitsistik uslub vazifaviy uslubning bir turi boʻlib, u ijtimoiy , siyosiy soʻz va iboralarning qoʻllanishi, janrlarning xilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi belgilar bilan xarakterlanadi.

Publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda oʻz ifodasini topadi. Publitsistik uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik uslubda til vositalaridan foydalanishda muallifning individual uslubi deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherk, felyeton, badiiy publitsistik makrlada tez koʻzga tashlanadi. Badiiy uslubda ham bu holat mavjud; rasmiy uslubda esa bunday xususiyat yoʻq. Publitsistik uslub baʼzi qoʻllanma va ilmiy adabiyotlarda " ommabop uslub ", "matbuot uslub" kabi terminlar bilan ham ataladi.

  1. Badiiy uslub — tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa uslubga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning koʻp ishlatilishi, soʻzlarning obrazli, koʻchma metaforik qoʻllanishi belgilari bilan ajralib turadi.

.






Download 25.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling