Ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti
Download 25.42 Kb.
|
o\'zbek tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra yig’ilishining 2022 yil 3.12. 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Kafedra mudiri: X.Xamdamova
- Muloqot
- shaxslararo
- kommunikativ-axborotli
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI “Arxitektura va qurilish” fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi “O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi” fanidan yakuniy nazorat savollari Bilet №18 1.Me’yor tushunchasi. 2.Muloqat shakllari va nutqiy faoliyat. 3. Vazifaviy uslublar qanday turlarga bo‘linadi? Kafedra yig’ilishining 2022 yil 3.12. 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Kafedra mudiri: X.Xamdamova Me’yor tushunchasi Adabiy me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo`lgan til birliklarining nutq jarayonida qo`llanish holati va imkoniyatidir. Me’yor - tilning yashash shaklidir. Til va nutq tizimida me’yor o`ziga xos o`rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo`yilgan. Nutq madaniyati to`g’risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so`zlarning o`rinli va o`rinsiz ishlatilishi to`g’risida ham bahs boradi. Qo`llangan til birligini to`g’ri yoki noto`g’ri deyilganda, albatta, ma’lum bir o`lchovga asoslanamiz. Mana shu o`lchov tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi. Har bir lahjaning, so`zlashuv tilining, adabiy tilning o`z me’yorlari bo`lganidek, nutqning alohida ko`rinishlari bo`lgan argolar, jargonlar ham o`z me’yoriga ega. Xususiy me’yorlar quyidagicha ko`rsatiladi: Dialektal me’yor. So`zlashuv nutqi me’yori. Argolar, jargonlar me’yori. Adabiy til me’yori. Adabiy tilning me’yoriyligi umumxalq tilining boshqa xususiy me’yorlaridan tubdan farq qiladi. Uni tavsiflaydigan va farqlaydigan muhim belgilar sifati-da quyidagilarni ko`rsatish mumkin: kodifikasiyalangan-lik – ongli aralashuv yo`li bilan tanlanganlik va ongli boshqarish, ongli o`zlashganlik va anglanganlik, egal-langanlik va tushunilganlik, qat’iy qoidaga va tartibga solinganlik, yozuvda mustahkamlanganlik, xalqchillik va umumqo`llanuvchanlik, umummajburiylik va namunaviy-lik, turg’unlik va barqarorlik, ayni paytda, ularning nisbiylik, an’anaviylik va izchillik, zamonaviylik va tipiklik, dinamiklik va tarixan o`suvchanlik, variantli-lik va uslubiy tarmoqlanganlik, reallik va obe’ktivlik kabilar. O`zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi: Leksik-semantik me’yor. Talaffuz (orfoepik) me’yori. Yozuv (grafika) me’yori. Fonetik me’yor. Aksentologik (urg’uni to`g’ri qo`llash) me’yor. Grammatik (morfologik va sintaktik) me’yor. So`z yasalish me’yori. Imloviy me’yor. Uslubiy me’yor. Punktuasion me’yor. Til tadqiqotchilarining tasdiqlashicha, davlatchilik darajasida, ya’ni rasmiy muomalada tildan foydalanish uning me’yorlashuvini, binobarin, adabiy tilning shakllanuvini tezlashtirgan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, qayerda davlatchilik taraqqiy etgan, mustahkam-langan va bu davlatning boshqa davlatlar bilan munosabat-lari yaxshi yo`lga qo`yilgan va rivojlangan bo`lsa, shu yerda tilning me’yorlashuvi va madaniylashuvi ham tezroq amalga oshgan. Muloqat shakllari va nutqiy faoliyat Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. . «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir. Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar. Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi. Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi. Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi. Muloqotning kommunikativ-axborotli tomoni tasavvurlar, g‘oyalar, qiziqishlar, hissiyotlar, mayllar va sh.o‘.lari turlicha bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan iborat. Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular, kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq. Muloqotning konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Download 25.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling