Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 1.79 Mb.
bet8/116
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1514322
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116
Bog'liq
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted

DXU tizimi. DXU tizimining tuzilish sxemasi 1.11 - rasmda ko‗rsatilgan. XSO‗, manba hamda xabar qabul qiluvchi birgalikda DXU tizim tarkibiga kirmaydi. Diskret xabar manbaidan keluvchi simvollar aiA, birlik elementlari kodli kombinatsiya ko‗rinishida keladi. Kodli kombinatsiyalar asosan (n,k) ko‗rinishida bo‗lib bular, n - kod uzunligini, k – ma‘lumotlar uzunligini ko‗rsatadi.




    1. - rasm. DXU manba struktura sxemasi SO‗Q-signal o‗zgartirish qurilmasi.

Kodning asosi - ma‘lumot manbaidan kelayotgan signalni aniqlovchi pozitsiyalarining mumkin bo‗lgan sonini ifodalaydi.


DXU texnikasida 2 asosli kodlar keng tarqalgan. Bunday kodlar ko‗pincha ikkilik yoki binar kodlar deb ataladi.
Ikkilik kodlarning keng qo‗llanishining asosiy sabablari - amalga oshirishning oddiyligi, ikkilik mantiq elementlarining ishonchliligi, tashqi shovqinlarga kam sezuvchanlik va boshqalardir.
Bu xabarning (qandaydir) qismini yubormaslik imkonini beradi, uni qabul qilishda ma‘lum statik aloqa orqali qayta tiklaydi. Masalan, telegramma uzatilganda tekst bog‗lovchi, qo‗shimcha tinish belgilarisiz qabul qilinadi, chunki ularni telegramma o‗qilayotganda ibora va so‗zlarning tuzilish qoidalari asosida qayta tiklash qiyin emas. Albatta qabul qilinayotgan telegrammada ortiqcha elementlarni bo‗lishi, ba‘zi buzilgan so‗zlarni oson to‗g‗irlash imkonini beradi. Lekin, qo‗shimcha berilgan vaqt oralig‗ida kam xabar uzatilishiga olib keladi, shu sababli
diskret xabar uzatish kanali kam samarali ishlatiladi. Diskret xabar uzatish tizimi uzatilishida ortiqcha elementlarni qo‗shish vazifasini koder bajaradi.
Uzatish ishonchliligini oshirish maqsadida, qabul qilishda xatoni aniqlovchi xatto uni to‗g‗irlovchi kodlar ishlatiladi.
Kodlash jarayonida boshlang‗ich kodli kombinatsiyani o‗zgartirish natijasida kodli kombinatsiyani olamiz. Kanal koderining kodlash jarayonida kodli konbinatsiyaga qo‗shimcha elementlar kiritiladi. Qabul qilishda kanal dekoderi teskari o‗zgartirish (dekodlash) natijasida boshlang‗ich kod kombinatsiyasini olamiz. Odatda kanal koder va dekoderlarini xatodan himoyalovchi qurilma (XHQ) deb atashadi. Uzluksiz aloqa kanali, hamda kanal koder va dekoderlarini moslash maqsadida, uzatish va qabul qilishda SO‗Q ishlatiladi. Xususiy xollarda bu
- modulyator va demodulyatorlardir. Aloqa kanali bilan SO‗Q diskret kanalli, ya‘ni faqat diskret signal uzatishiga mo‗ljallangan kanalni tashkil qiladi.
Sinxron va asinxron diskret kanallar bo‗lishi mumkin. Sinxron diskret kanallarda xar - bir birlik element kiritilishi aniq belgilangan vaqt momentida bajariladi va ular faqat izoxron signal uzatishga mo‗ljallangan. Asinxron kanal bo‗ylab ixtiyoriy turdagi signal - izoxron, anizoxron signallarni uzatishi mumkin, shu sababli ular «tiniq» nomini olganlar. Sinxron kanallar esa «tiniq emas».
Diskret kanal koder va dekoder kanal bilan birgalikda kengaytirilgan diskret kanal (KDK) deyiladi.
Diskret kanal axborot uzatish tezligi bilan tavsiflanadi va bit/s da o‗lchanadi. Diskret kanalning boshqa xarakteristikasi - telegraflash tezligi birligi Boddir (Bod). Ma‘lumot uzatish texnikasida va telegraf tezligi termini o‗rniga «modulyatsiya tezligi» termini ishlatiladi.
Diskret kanalning muhim xarakteristikasi - bu birlik element uzatish to‗g‗riligi element bo‗yicha xatolik koeffitsenti orqali aniqlanadi:



kxato
nxato
nuzatish

ya‘ni, (nx) xato qabul qilingan elementlarning, taxlil intervalida umumiy uzatilgan elementlarga (nu) nisbati.


Ma‘lumot uzatish kanali tavsiflari uchun quyidagi parametrlar ishlatiladi:

Kodli kombinatsiya bo‗yicha xatolik koeffitsienti kodli kombinatsiya uzatish to‗g‗riligi bilan tavsiflanadi va xato qabul qilingan kodli kombinatsiyaning soni berilgan vaqt intervalida uzatilganlar soniga nisbati bilan aniqlanadi.
Samarali tezlikni aniqlashda ma‘lumot uzatish kanaliga kelib tushgan barcha kombinatsiyalar qabul qiluvchiga berilmasligi ko‗zda tutiladi. Kombinatsiyalarning ba‘zi qismlari yaroqsizlanishi mumkin. Bulardan tashqari kanalga uzatilayotgan barcha elementlar axborot tashimasligi nazarga olinadi.
DXU tizimlarida diskret signallar ketma - ket yoki parallel uzatilishi mumkin. Ketma - ket uzatishda birlik elementlar, kanalda navbatma - navbat jo‗natiladi. Paralell uzatishda birlik elementlar bir necha birlik elementlardan tashkil topgan guruhga birlashtiriladi. Guruh tashkil qiluvchi elementlar alohida kanallar orqali bir vaqtning o‗zida (odatda har
- xil chastota polosasida) uzatiladi. Berilgan uzatish tezligida ketma - ket tizimlar (bir chastotali) paralell tizimlarga (ko‗p chastotali) nisbatan bir qancha ustunliklarga ega.
Kodli kombinatsiya elementar ikkilik signallaridan tashkil topgan tarkibiy signalni o‗zida namoyon etadi. Bunda qayd qilingan tarkibiy signalni etalonlar bilan solishtirgan holda butunligicha qayta ishlash mumkin. Lekin bu holda mumkin bo‗lgan kodli kombinatsiya soniga qadar etalon miqdori ancha ko‗p bo‗ladi. Butunligicha qabul qilish katta ishonchlilikni ta‘minlasada, lekin amal qilinish murakkabligi jihatdan bu chegaralangan miqdorda tadbiq qilinadi.
DXU texnikasida uzatilgan simvollarni to‗g‗ri qabul qilinishini ta‘minlash maqsadida bir qancha sinxronizatsiya vazifalarini yechish zarur.
Sinxronizatsiya bu ikki yoki bir qancha jarayonlar o‗rtasida ma‘lum vaqt bog‗lanish o‗rnatish va ushlab turish jarayonidir. Aloqa texnikasida, odatda uzatkich tomonidan ishlab chiqarilayotgan, qabul qilgichdagi signallar o‗rtasida ma‘lum faza bog‗lanishini o‗rnatish va ushlab turish vazifasini yechishga to‗g‗ri keladi.
Aloqa kanalida uzatilayotgan signal turiga qarab analog (uzluksiz) hamda raqamli (diskret) kanallar mavjud. Analog kanallarda uzatkich xabar manbani uzluksiz kanal bilan o‗zaro moslash qurilmasi vazifasini bajaradi, ya‘ni u uzluksiz yoki diskret xabarni ushbu aloqa kanalidan uzatilishga mo‗ljallangan strukturalar parametriga ko‗ra uzluksiz bo‗lgan signalga o‗zgartiradi.
Bunday kanallarda muhit hamda signal parametrlarini moslash maqsadida amplituda, chastota, faza hamda kvadrat–amplitudali modulyatsiya qo‗llaniladi.
DXU uchun quyidagi funksional tugunlardan foydalaniladi (1.12 - rasm):

  • kiritish qurilmalari (xabar manbai - yuboruvchi);

  • xatolardan himoyalovchi qurilma (XHQ);

  • signal hosil qiluvchi qurilmalar (S‘HQQ);

  • aloqa qanali;

  • chiqaruv qurilmalari;

  • akslantiruvchi qurilmalar.

Xabarning qanday ko‗rinishda ekanligiga va signal tashuvchining parametrlariga qarab xabarlar ketma - ketligi diskret kanalga yoki ma‘lumot uzatuvchi kanalga kelib tushadi.
Diskret kanal aloqa kanali va S‘HQQlardan tashkil topgan. S‘HQQlarda ma‘lumot signallari telekommunikatsiya kanallari orqali uzatilishi uchun mos shaklga keltiriladi va diskret signallarning parametrlarini aloqa kanallari bilan moslashtiradi. Shu bilan birga qabul qismida qayta hosil qilish (oldingi holatiga qaytarish)ni amalga oshiradi.
Diskret kanal va XHQ majmuasi ma‘lumot uzatish kanalini tashkil qiladi, to‗sqinlar natijasida ma‘lumot signallarida sodir bo‗ladigan xatolar sonini kamaytirish uchun ishlatiladi.


Xabar yuboruvchi

Xabar yuboruvchi
Diskret kanal (holatlardan himoyalanmagan)



Ko‗shish qurilmalari

Qo‗shish qurilmalari
Uzluksiz kanal

ma‘lumotlarni uzatish (ximoyalangan), belgilarni uzatish, kodli kombinatsiya orqali xatolik koeffitsienti


1.12-rasm. Ma‘lumotlarni uzatish tizimining tuzilish sxemasi

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling