Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 1.79 Mb.
bet1/116
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1514322
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI




MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
R.X. Djuraev, Sh.Yu. Djabbarov, S.O. Maxmudov, J.B. Baltaev



AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI


O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan oliy o‗quv yurtlarining 5350100 - ―Telekommunikatsiya texnologiyalari‖ (Telekommunikatsiyalar, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar) ta‘lim yo‗nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.

Toshkent 2017

Mualliflar:


R.X. Djuraev, Sh.Yu. Djabbarov, S.O. Maxmudov, J.B. Baltaev Ushbu darslikda hozirgi kunda ishlatilayotgan kodlar,
shovqinbardosh kodlarning klassifikatsiyasi va parametrlari haqida so‗z
boradi. Shuningdek, kodlarning bir nechta turlari, siklik kodlar turkumiga kiruvchi Fayra, Rid – Solomon kodlarini qurish asoslari, hamda ularni kodlash va dekodlash usullari algoritmlari, BChX, Goley va Xemming kodlari, shovqinbardosh kodlarda sinxronizatsiya, zamonaviy modemlarda modulyatsiya va manipulyatsiya usullari keltirilgan. Algebraik kodlash va dekodlash algoritmlari berilgan bo‗lib, u orqali jarayon mohiyatini osongina tushunish mumkin.
Darslik 5350100 Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlari) yo‗nalishi bo‗yicha ta‘lim oladigan bakalavrlarga mo‗ljallangan.


Taqrizchilar:


Yu.K. Kamalov, ―O‗zbektelekom‖ AK ―Innovatsiyani rivojlantirish va loyihalarni amalga oshirishni nazorat qilish boshqarma boshlig‘i‖ , texnika fanlari nomzodi, dotsent
M.R. Qayumov, ―O‗zbektelekom‖ AK ―TPRM‖ filiali direktori



2
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2017



KIRISH


So‗nggi yillarga kelib telekommunikatsiya tarmog‗i jadal sur‘atlarda rivojlandi. Bunga misol sifatida TCP/IP (Transmission Control Protocol / Internet protocol - Uzatishni boshqarish protokoli / Internet protokol), FR (Frame Ralay FR - Kadrlarni retranslyatsiya qilish), ATM (Asynchronous Transfer Mode - Uzatishning asinxron rejimi) kabi yuqori tezlikli texnologiyalarni tarmoqqa kiritilganligini keltirish mumkin. Bu texnologiyalar (xususan ATM texnologiyasi) turli xildagi axborotlarni (ovoz, matn, ma‘lumotlar qo‗zg‗almas va video tasvirlarni) uzatish imkonini beradi. FR texnologiyasi yuzlab kbit/s dan bir necha o‗n Mbit/s gacha bo‗lgan uzatish tezligida ishlasa, ATM texnologiyasi esa, bir necha Gbit/s gacha bo‗lgan uzatish tezligida ishlay oladi. Bunday ulkan tezliklarda har qanaqa axborotlarni aloqa kanali bo‗yicha uzatganda yuqori ishonchlilik talab etiladi. Sababi arzimagan ta‘sir ham katta miqdordagi xatolarga olib keladi. Yuqori ishonchlilikni ta‘minlashning asosiy usullaridan biri – xatolarni aniqlovchi va to‗g‗irlovchi shovqinbardosh kodlarni qo‗llashdir.


Ba‘zi hollarda nazariy jixatdan kuchli bo‗lgan kodlarni qo‗llash ham effektiv natijani bermasligi mumkin. Bunga sabab aloqa kanallarida hosil bo‗ladigan xatolarning xarakteridir. Aloqa kanallaridagi xatolarning modelini yaxshi o‗rganib chiqqandan so‗ng, o‗rganilgan statistik ma‘lumotlarga asoslanib kerakli kodlar tanlanadi.
Bir karralik xatolar paketini to‗g‗irlashda Fayra kodi ishlatiladi. Fayra kodi ma‘lum uzunlikdagi xatolar paketini aniqlaydi va zarur hollarda to‗g‗irlaydi. Xatolar paketi impulsli shovqinlar ta‘sirida yuz beradi. Impulsli shovqinlar ta‘sirida ko‗p karralik xatolar (bir karralik, ikki karralik, uch karralik va hokazo) ham sodir bo‗lishi mumkin. Bunday hollarda Fayra kodini ishlatish – xatolar paketi aniqlanmay o‗tkazilib yuborilishga olib kelishi mumkin.
Ko‗p karralik xatolar paketini aniqlash va to‗g‗irlashda ikkilik bo‗lmagan kod Rid – Solomon kodi qo‗llaniladi. Rid– Solomon kodi Galua maydonining elementlari asosida quriladi. Aniqlanadigan va to‗g‗irlanadigan xatolar paketining uzunligi Galua maydonining kengligiga bog‗liq.
Ushbu darslikda hozirgi kunda qo‗llanilayotgan axborotni kodlash, arxivlash va siqish, axborot uzatish tizimlarida ishonchlilik, shovqinbardosh kodlarning klassifikatsiyasi va parametrlari haqida so‗z boradi. Shuningdek, siklik kodlar turkumiga kiruvchi Fayra va Rid –
Solomon kodlarini qurish asoslari hamda ularni kodlashtirish va dekodlash usullari keltiriladi. Algebrik kodlashtirish va dekoderlashlarning algoritmlari berilgan bo‗lib, u orqali jarayon mohiyatini osongina tushuntirish mumkin.

  1. Download 1.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling