Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Download 1.79 Mb.
|
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted
H(x) P(x) Log2 P(x) 2,89
bitga teng bo‗ladi. Ushbu algoritm bo‗yicha hisoblash natijalari jadvalda keltirilgan. Kodlashtirilgan axborotdagi xar bir belgiga mos kelgan kodli kombinatsiyaning o‗rtacha uzunligi quyidagicha hisoblanadi: no'rtacha ni P(x) 2,96 bitga teng. 2.1-jadvalda Shennon-Fano algoritmi bo‗yicha hisoblash natijalari keltirilgan. 2.1-jadval Shennon- Fano algoritmi bo‗yicha hisoblash natijalari
Hozirgi kunda eng keng tarqalgan, amaliyotda ko‗p ishlatiladigan entropiyali kodlash usuliga asoslangan algoritmlardan biri bu – Devid Xaffman algoritmi hisoblanadi. Devid Xaffman 1925 yil 9 avgustda AQShning Ogayo shtatida tug‗ilan. Devid Xaffman - axborot nazariyasi muhiti bo‗yicha ish olib borgan. U 1952 yil kam ortiqchalik bilan prefikslarni kodlash algoritmini yaratgan. 1999 yil axborot nazariyasiga qo‗shgan hissasi uchun Richard Xemming medalini olgan. 1999 yil 7 oktabrda AQShning Kaliforniya shtatida vafot etgan. Devid Xaffman 1925 - 1999 Xaffman algoritmi asosida matnli axborotlar kodlashtiriladi. Ushbu algoritm yordamida axborotni kodlashtirish quyidagicha amalga oshiriladi: axborotdagi barcha belgilar soni, ya‘ni N hisoblanadi; jami N ta belgidan iborat bo‗lgan axborotdagi har bir belgining paydo bo‗lish chastotasi hisoblanadi; har bir belgining paydo bo‗lish chastotasi kamayib borish tartibida jadvalga joylashtiriladi; jadvaldagi oxirgi ikkita chastota yig‗indisi hisoblanib, bitta umumiy bo‗lgan yig‗indi chastotaga birlashtiriladi; hisoblangan yangi yig‗indi chastotadan va hisoblashda qatnashmagan boshqa chastotalardan jadvalning yangi ustuni hosil qilinadi (bunda ham chastotalar kamayib borish tartibida joylashtiriladi); shu tarzda to bitta umumiy N ga teng bo‗lgan yig‗indi hosil bo‗lguncha jarayon davom etaveradi; jadval to‗ldirilgandan so‗ng, undagi hisoblashlarga muvofiq daraxt quriladi; daraxtning tepa qismida N joylashgan bo‗ladi va uni teng ikkiga bo‗lish kerak, hosil bo‗lgan natijalarni yana teng ikkiga bo‗lish lozim; shu tarzda axborotdagi har bir belgining paydo bo‗lish chastotasi topilguncha bo‗lish davom ettiriladi. misol: Quyidagi ko‗rinishda axborot berilgan bo‗lsin: BBCBBBCDDEDAAADDFFGGHHEE. Xaffman algoritmi bo‗yicha hisoblash natijalari 2.2-jadvalda keltirilgan. 2.2-jadval. Xaffman algoritmi bo‗yicha hisoblash natijalari
Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling