Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 1.79 Mb.
bet7/116
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1514322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116
Bog'liq
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted

Signal turlari. To‗rt turdagi signallar mavjud:

  1. Uzluksiz vaqtning uzluksiz signali.

  2. Diskret vaqtning uzluksiz signali.

  3. Uzluksiz vaqtning diskret signali.

  4. Diskret vaqtning diskret signali.

Uzluksiz vaqtning uzluksiz signallari qisqacha uzluksiz (analog) signallar deb ataladi. Mavjud ko‗plab mumkin bo‗lgan uzluksiz qiymatlarning ixtiyoriy qabul qilishi, ixtiyoriy paytda o‗zgarishi mumkin (1.5 - rasm). Bunday signallarga barchaga ma‘lum bo‗lgan sinusoidal signallar kiradi.



    1. - rasm.Uzluksiz vaqtning uzluksiz signali



Diskret vaqtning uzluksiz signallari ixtiyoriy qiymat qabul qilishi mumkin, faqat oldindan belgilangan (diskret) ma‘lum t1 ,t2 ,t3... paytlarda o‗zgaradi (1.6 - rasm).


    1. - rasm. Diskret vaqtning uzluksiz signali



Uzluksiz vaqtning diskret signallardan farqi shundaki, ular ixtiyoriy paytda o‗zgarishi mumkin, ammo ularning kattaligi ruxsat etilgan (diskret) qiymatni qabul qiladi (1.7 - rasm).





    1. - rasm.Uzluksiz vaqtning diskret signali.



Diskret vaqtning diskret signallari (qisqacha diskret signallar) (1.8 - rasm) diskret vaqt paytida faqat ruxsat etilgan (diskret) qiymat qabul qilishi mumkin.


    1. - rasm. Diskret signal

Diskret xabarni signalga o‗zgartirgich (XSO‗) chiqishida tashkil qilinayotgan signal qoidaga ko‗ra axborot parametri bo‗yicha diskret hisoblanadi.


Ma‘lumot uzatish texnikasida bunday signallar ma‘lumotlarning raqamli signali (MRS) deb nomlanadi. 1.9 - rasmda taqdim etish parametri amplituda bo‗lgan va bu parametrning qiymati ko‗pligi ikkitaga teng (u+U1 va u+0) bo‗lgan MRS tasvirlangan.
u


U1
t



Aniqlovchi moment (AnM)
Aniqlovchi vaqt intervali (AnI)


    1. - rasm. Ma‘lumotlarning raqamli signali

Signalning taqdim etish parametri holatining aniqlangan qiymati aniqlovchi pozitsiyasi bo‗ladi. Signal aniqlovchi pozitsiyasi almashinish momenti aniqlovchi moment (AnM) deyiladi. Signal ikki qo‗shni aniqlovchi momenti orasidagi vaqt intervali aniqlovchi vaqt intervali (AnI) deyiladi.
Diskret kanal aloqa kanali va signal hosil qiluvchi qurilmalardan tashkil topgan.
Signal hosil qiluvchi (S‘HQ) qurilmalarda ma‘lumot signallari telekommunikatsiya kanallari orqali uzatilishi uchun mos shaklga keltiriladi va diskret signallarning parametrlari bilan aloqa kanallarini, hamda aloqa kanallari parametrlarini moslashtiradi. Shu bilan birga qabul qismida oldingi holatiga qaytarishni amalga oshiradi. Diskret kanal va xatolardan himoyalovchi qurilmalar majmuasi ma‘lumot uzatish kanalini tashkil qiladi. Xatolardan himoyalovchi qurilmalar, to‗sqinlar natijasida ma‘lumot signallarida sodir bo‗ladigan xatolar sonini kamaytirish uchun ishlatiladi.
Ma‘lumot uzatish trakti, xabarni ishonchli uzatilishini ta‘minlab beruvchi guruhli qurilmalar (GQ) va zaxiralashgan uzatish kanallarining majmuasidir.
Xabarlar diskret ma‘lumot uzatish (DMU) tizimida bir necha bosqichlar va jarayonlarni bosib o‗tadi. Xabar manbasi (XM) uzatish uchun tayyor bo‗lgan ma‘lumotni tanlaydi: xabar elementlari (xarf, belgi, son) xatolardan himoyalovchi qurilmada qayta ishlanadi, ya‘ni aniq bir qonun - qoida asosida kodlashgan ikkilik signallar ketma - ketliklari hosil qilinadi. Bu ketma - ketlik signal hosil qiluvchi qurilma yordamida signal tashuvchisining parametrlari ma‘lum bir formulaga mos ravishda o‗zgartiriladi va manipulyatsiyalashgan ketma - ketlik hosil qilinadi. Aloqa kanalida elektr signallar xabar manbadan qabul qiluvchi tomon tarqalayotib turli - xil tashqi ta‘sirlar (shovqinlar)ga uchraydi. Qabul qiluvchi qurilma signal va shovqin aralashmadan uzatilayotgan xabarga maksimal mos keluvchi (eng o‗xshash) optimal diskret xabarni hosil qiladi. Buning uchun quyidagi ketma - ket jarayonlar amalga oshiriladi:

  • filtrlash;

  • kuchaytirish;

  • demodulyatsiya;

  • diskret ketma – ketlikni dekoderlash.

Aloqa kanallarining DMU uchun yaroqligi birinchi navbatda uning amplituda – chastota xarakteristikasi (AChX) va faza – chastota xarakteristikalari (FChX) bilan baholanadi.
AChX – kanaldagi qoldiq so‗nishni chastotaga bog‗liqligini ifodalaydi.
FChX – doimiy kanalning fazasini chastotaga bog‗liqligini ifodalaydi.
Signallarning buzilishini asosiy sabablaridan biri bu - xarakteristikalarning nochiziqligi, fazaning titrashi, akslanishi, tashuvchi chastotalarning surilishi va to‗sqinlarning mavjudligidir.
Signalning ikkilik ketma - ketligi diskret kanal kirishida S‘HQ qurilma yordamida manipulyatsiyalangan ketma - ketlikga aylantiriladi va chiqishda esa yana ikkilik ketma - ketlik hosil qilinadi. Chunki, aloqa kanalida additiv va multiplikativ to‗sqinlar mavjud bo‗lib ular ikkilik signallarga ta‘sir ko‗rsatadi.
To‗sqinlar quyidagicha guruhlanadi:

  1. Additiv:

    • fluktuatsion;

    • garmonik;

    • impulsli.

  2. Multiplikativ:

    • kontaktlarning buzilishi;

    • operator xatolari;

    • chastota surilishi;

    • qoldiq so‗nishning o‗zgarishi;

    • faza sakrashi.

Diskret ma‘lumot - bu axborotni uzatish, saqlash, hosil qilish va qayta ishlash maqsadida diskret signallar orqali ifodalangan shaklidir. Axborotni aynan diskret signallar orqali ifodalanishiga sabab, bu hozirgi zamon va kelajakda barcha qurilmalarning raqamli bo‗lishidir. Chunki, raqamli qurilmalar aynan diskret ma‘lumotlar orqali muloqot qiladi. DXU bu - xabar manbai, diskret ma‘lumot uzatish tizimi, xabar iste‘molchilar orasidagi muloqotni ta‘minlash yo‗llari va qonun - qoidalarini o‗rganadi (1.10 – rasm).



Xabar manbai




    1. –rasm. Diskret xabarlarni uzatish tizimi

Xabar manbai - bu axborotlar majmuasidan uzatish uchun kerakligini tanlab, uni ma‘lumot shakliga keltiruvchi shaxs yoki qurilma.
Xabar iste‘molchi - bu axborot yetkazib berilishi lozim bo‗lgan shaxs yoki qurilma.
Diskret ma‘lumotlar uzatish tizimi (DMUT) – bu manbadan iste‘molchiga ma‘lumot oqimini uzatilishini ta‘minlab beruvchi texnik vositalar majmuasidir.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling