Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 1.79 Mb.
bet6/116
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1514322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted

Nazorat savollari:





  1. Axborot tushunchasiga ta‘rif bering?

  2. Axborotni uzatishning qanday usullari mavjud?

  3. Axborotni jamiyatda va kundalik xayotimizda tutgan o‗rni qanday?

  4. Qanday axborot turlarini bilasiz?

  5. Diskret xabarni uzatish deganda nima tushunasiz?

  6. Entropiya nima?

  7. Xabarlar manbaining asosiy axborot xarakteristikalari nimalardan tashkil topgan?
    1. Diskret manbaning axborot tavsiflari. Diskret manbalarini


tasniflari

Ma‘lumotlar nazariyasi masalalaridan biri berilgan ma‘lumotlarni minimal simvollar soni yordamida uzatishga imkon beradigan eng tejamkor kodlash usullarini izlab topish hisoblanadi. Bu masala aloqa kanalida ham shovqinlar bo‗lmaganida, ham bo‗lganida hal etiladi. 1.3-rasmda diskret xabarlarni uzatish tizimining tuzilish sxemasi keltirilgan.


Kodli so‗z




Dekodlangan xabar
Qabul qilingan so‗z

1.3-rasm. Diskret xabarlarni uzatish tizimining tuzilish sxemasi

Ma‘lumotlarni ikki tomonlama uzatilishini ta‘minlaydigan uzatish tizimi ko‗p sonli ma‘lumotlar manbalari va qabul qiluvchilari, uzatkichlar, qabullagichlar va aloqa kanallariga ega bo‗lishi mumkin.


Birlamchi kodning kodli kombinatsiyalari ma‘lumotlar manbaidan uzatkichga beriladi, u manba koderi, kanal koderi (xatoliklardan himoyalash qurilmasi) va signallarni o‗zgartirish qurilmasi (SO‗Q- MODEM)dan tashkil topgan. Aloqa kanali bo‗yicha qabul qilingan signallar ma‘lumotlarni qabul qiluvchiga beradi.

Ma‘lumotlarni qabul qiluvchi ma‘lumotlarni uzatish tizimi (MUT)ga qo‗yadigan eng muhim talablari uzatish to‗g‗riligi, ma‘lumotlarni yetkazilish muddatlari (ma‘lumotlarni uzatish tezliklari) va MUTning ishlash ishonchliligiga talablar hisoblanadi.
Diskret xabarlarni uzatish tizimiga diskret kanal yoki ma‘lumot uzatish kanali yoki ma‘lumot uzatish trakti kirishi mumkin. Ma‘lumotlar manbai va ma‘lumotlarni qabul qiluvchi MUT tarkibiga kirmaydi.
Axborot jarayonlarining xilma-xilligi va unga turli sohalardagi keng qiziqish ma‘lumotlar miqdorining ko‗plab aniqlanishlarini keltirib chiqardi.
Ma‘lumotlar miqdorini aniqlanishiga barcha yondashishlarni shartli ravishda beshta turlarga bo‗lish mumkin:

    1. entropiyali;

    2. algoritmik;

    3. kombinatorik;

    4. semantik;

    5. pragmatik.

Birinchi uchta tur tavsiflanadigan obyekt yoki hodisaning murakkabligini miqdoriy aniqlanishini beradi.
To‗rtinchi tur xabarni qabul qiluvchi (foydalanuvchi) uchun uzatiladigan xabarning mazmundorligi va yangiligini tavsiflaydi.
Beshinchi tur foydalanuvchi uchun qabul qilingan xabarning foydaliligiga e‘tiborni qaratadi.
Diskret xabarlar manbaining ortiqchaligi bu uning ehtimollik xarakteristikalarini ishlatilishi hisobiga xabarning bo‗lishi mumkin qisqarishi (ma‘lumotlar yo‗qotilishisiz) hisoblanadi:



R H max( A)  H ( A) 1
H max( A)
H ( A)


H max( A)



Vaqt birligi ichida xabarlar manbai beradigan o‗rtacha ma‘lumotlar miqdori manbaning unumdorligi deyiladi:


H ' ( A)  H ( A) ,
T

bu yerda T – bitta simvolni uzatish uchun zarur bo‗ladigan o‗rtacha vaqt.


Manba tomondan kelib tushuvchi xabar telekommunikatsiya tizimida tashuvchi bo‗lgan signalga o‗zgartiriladi. Telekommunikatsiya tizimi signalni belgilangan sifat ko‗rsatkichda muhitning bir nuqtasidan

boshqasiga yetkazishni ta‘minlaydi. Tarkibida xabar – signal - xabar o‗zgartirgichi bo‗lgan xabar uzatish sxemasi 1.4 - rasmda keltirilgan.




    1. - rasm. Xabarni uzatish prinsipi




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling