11 -sinf adabiyotdan savol-javob


Download 259.1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.06.2023
Hajmi259.1 Kb.
#1485256
Bog'liq
11 sinf adabiyotdan savol javoblar



11 –sinf adabiyotdan savol-javob 
1-qism
1
.Go’ro’g’li turkumiga kiruvchi dostonlarni ayting. Go’ro’g’lining tug’ilishi , Ravshan 
2.Go’ro’g’lining tug’ilishi dostoni qaysi baxshidan yozib olingan? Po’lkan shoirdan 
3.Es berganga dast berar,dast berganga es berar maqoli qaysi dostonda qo’llangan?
Go’ro’g’lining tug’ilishi 
4.Arab tili bilan ikki uloqchi ot kabi teng poyga qilib,o’zib borayotgan turk tilini ko’klarga ko’tarib,uning 
o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib bergan ijodkor kim? M.Qoshg’ariy 
5.”Oltin qon” rivoyati , Yabog’ular,Tangutlar bilan bo’lgan janglar haqidagi parchalar,shuningdek,ayrim 
shaxs va joylar bilan bog’liq afsonalar qaysi asarda uchraydi? “Devoni lug’ot at-turk” 
6.”Devoni lug’ot at-turk”dan o’rin olgan qaysi she’rda marhumning boshqa kishilar bilan 
munosabatlarida namoyon bo’ladigan xislatlariga urg’u berilgan? ”Erdi ashin taturg’an” she’rida 
7.”Devoni lug’ot at-turk” asaridagi “Iqilachim erik bo’ldi” she’ri nima haqida? Tabiatdagi o’zgarishlarning 
hayvonot olamiga ta’siri ta’rifi haqida 
8.Qo’shiq atamasi ilk bor qaysi manbada qayd etilgan? ”Devoni lug’ot at-tuk” 
9.Mumtoz adabiyotda munozara janriga oid asar yozgan ilodkorlarni sanang? Y.Amiriy,Yaqiniy,Nishotiy 
10.Yusuf Amiriyning munozara janriga oid asari qaysi? “Bang va Chog’ir” 
11.Yaqiniyning munozara janriga oid asari qaysi? “O’q va Yoy” 
12.Nishotiyning munozara janriga oid asarlarini sanang. “Boz va Bulbul”, “Gul va Daf”,
“Binafsha va Chang” 
13.”Devoni lug’ot at-turk” asaridagi she’riy parchalar, asosan,qaysi vaznda yozilgan? Barmoq vaznida 
14.Munozara janrining eng qadimgi namunasi qaysi ? ”Devoni lug’ot at-turk”dan o’rin olgan
“Qish va Bahor” munozarasi 
15.Uch poyali kursida o’tiradigan hukmdor obrazi qaysi asarda uchraydi? ”Qutadg”u bilig”da Kuntug’di 
16.”Qutadg’u bilig” da davlat ramzi sifatida to’p (koptok) ustida tasvirlangan obraz qaysi? Oyto’ldi 
17.Kuntug’di Oyto’ldiga adolat sifatlarini nimani misol qilib ko’rsatadi? Uch poyali kursi orqali 
18.”Taxti bir yig’och yer ichinda erdi.Ul taxtini oltun kumush birla qilmish erdi.Ushbu ta’rif kim haqida? 
Sulaymon (a.s) 
19.Bahor vasfiga bag’ishlangan birinchi o’zbek g’azali kimga tegishli? Rabg’uziy 
20.Navoiy qaysi voqea munosabati bilan “Menga davlat ilgi rahnamun” bo’ldi deydi? “Xamsa” yozib 
tugallanishi munosabati bilan 


21.”Qisasi Rabg’uziy”ning qaysi qissalarida xalq og’zaki ijodining bevosita ta’siri ko’rinadi? Sulaymon 
payg’ambar, Luqmon hakim, Dovud payg’ambar qissalarida 
22.”Qisasi Rabg’uziy”ning qaysi qissalari Nuh payg’ambar atrofida shakllangan ? “Yilon va qarlug’och” , 
“Uzum hikoyati” 
23.Qaysi ijodkor “ men turkcha so’zlarni yovvoyi tog’ kiyigi singari deb bildim, shunga qaramay, ularni 
avaylab-asrab qo’lga o’rgatdim”,- deb yozgan? Yusuf Xos Hojib 
24.” Kun hamalga kirdi “ deb boshlanuvchi g’azal kimning qalamiga mansub? Nosiruddin Rabg’uziy 
25.”Makorim ul-axloq” asari qanday bo’limlardan iborat? Debocha, muqaddima, o’n maqsad (bob), 
xotima va Navoiyning qanday o’lganligi to’g’risidagi boblardan iborat. 
26.Navoiy “Xamsa”si necha baytdan iborat? Yigirma yetti ming bayt 
27.”Saddi Iskandariy” da Iskandar kimga qarata “Shioring lutf-ehson bo’lishi, adolat yo’lini tutishing 
zarur”,-deb aytgan? Feruzga 
28.”Anbaroy bug’doyrang, sunbul sochli,ohu ko’z, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida 
sohibidur.Bu sakkiz yashar qizcha bo’lishiga qaramay, hazrat Navoiy g’azallarini o’rganishga behad 
qiziqadi… Umidim borki,bu qizcha katta shoira bo’lg’usi”. Anbar Otin haqidagi ushbu fikrlar kimga 
tegishli? Dilshodi Barnoga 
29.Qaysi so’z arabchadan tarjima qilinganda san’atli , sersan’at degan ma’nolarni bildiradi? Masnu’ 
30.Masnu’ she’r yana qanday nomlar bilan ataladi? Murabba ( to’rtburchak) , Musoviyat tarafayn
( ikki tomonlama teng ) 
31.Qayu ishni ta’lim qilg’on zamon, 
Eshitmak hamon erdi – bilmak hamon… 
Bori ishda bir yerga yetdi ishi 
Ki mumkin emas andoq o’lmoq kishi… Ushbu parchada xamsa dostonlaridan qaysi biri ta’rifi berilgan?
Iskandar 
32.Iskandar jang paytida qanday tasvirlanadi? O’ng yonida ilm-kamolot egalari , so’l tomonida esa
harbiy rahbarlar qurshovida tasvirlangan 
33.Doro elchilar orqali Iskandarga nimalar yuborgan ? Chavgon, to’p-koptok, idish to’la kunjut 
34.Yuborilgan narsalar Doro nazdida nima ma’no anglatishi kerak edi? Sen yosh bolasan , bolalar esa
manashu chavgon va to’p bilan ovunib yurishi lozim. Mening askarlarim kunjut donalari singari
behisob degani edi. 
35.Iskandar bularni qanday tushunadi ? Doro menga yer yuzini in’om etibdi. Chavgon esa uni 
boshqarish ramzidir. Kunjutlarni u menga qushlarimning ozuqasi sifatida yuboribdi deb tushungan 
36.O’limi oldidan Doro Iskandardan nimalarni iltimos qiladi? - Suiqasd qilganlarni jazolash, qavm-
qarindoshlariga zulm qilmaslik,qizi Ravshanakning kayoniylar podsholigining me’rosxo’ri ekanligini 
inobatga olib ,uni o’z xonadonining munavvar shamiga aylantirishni iltimos qiladi 


37.Qaysi davlat hukmdori Iskandar huzuriga elchi qiyofasida kelgan? Chin xoqoni 
38.Boburning qaysi asari “bequsurlikda yagona va jo’n uslubda yozilgan ? “Vaqoye” yoki “Tarixi turkiy” 
“ XAMSA” dostonlari 
“Hayrat 
ul-abror” 
“Farhod va 
Shirin” 
“Layli 
va Majnun” 
“Sab’ayi 
sayyor” 
“Saddi
Iskandariy” 
Yozilgan 
Sanasi 
1483 
1484 
1484 
1484 
1485 
Boblari 
63 
54 
38 
38 
89 
Baytlar soni 
3988 
5782 
3623 
5009 
7215 
Vazni 
Sariyi 
musaddasi 
matviyi 
makshuf 
Hazaji 
musaddasi
mahzuf 
Hazaji musaddasi 
axrabi maqbuzi 
mahzuf 
Hafifi
musaddasi 
maxbuni 
mahzuf 
Mutaqoribi 
musammani
mahzuf 
Afoyili 
muftailun 
muftailun 
foilun 
mafoiylun 
mafoiylun 
fauvlun 
maf’uvlu 
mafoilun 
fauvlun 
foilotun 
mafilun 
failun 
Fauvlun 
fauvlun 
fauvlun 
faal 
Taqte’ 
Belgisi 
- V V - 
- V V - 
- V - 
V - - - 
V - - - 
V - - 
- - V 
V – V - 
V - - 
- V - - 
V – V – 
V V - 
V - - 
V - - 
V - - 
V - 
39.Tuyuqni yeching. Ulki har ko’zi g’izoli Chin durur
Qoshida payvasta oning chin durur. 
Chunki ul ko’p yolg’on aytti menga, 
Gar desam yyolg’onchi oni, chin durur.
1)Chin - Xitoy 2) chin-qoshlarning o’rtasida paydo bo’ladigan tirish , ajin 3) chin – haqiqat , rost 
40.Bobur tuyuqning nechta turini ko’rsatib bergan? Yettita 
41.Uning asarlari tilining sodda va jo’nligi , o’zbekona so’zlarning tabiiy va samimiy jarangi , xalqona 
ifodalarga , ayniqsa , maqol va iboralarga boyligi bilan ajralib turadi. Ushbu ta’rif kim haqida?
Mashrab 
42.Quyidagilardan Mashrab qalamiga mansub muxammasni toping. “ Ne g’urbatlarni chekdim charxi 
bebunyod dastingdin…” 
43.Anbar Otin qiziqadigan ijodiy davra qanday nomlanadi? “Haziniy to’dasi” 


11- sinf Adabiyot 
2-qism
1.Fitratning qaysi asarining ikkinchi nomi “Chorlov” deb nomlanadi ? “Sayha” 
2.”Abulfayzxon” dramasida Xudoning soyasi deb, podsholarning uyiga sig’ingan obraz kim ? 
Qurbongul 
3.”Tuhfayi xoniy” asari muallifi kim? Mir Vafo 
4.Insonlar - dunyoning uyalmoq bilmagan hayvonlari! Ushbu jumla qaysi asarda kimning tilidan 
aytilgan? “Abulfayzxon” dramasi (Abulfayzxon) 
5.”Xonning buyrug’I arkdan Mirarabgacha yurmaydur” ushbu fikr kimning tilidan aytilgan?
“Abulfayzxon” da Hakimbiy tomonidan 
6.Xalqimizda “Vatan” , “Millat” , “Istiqlol” tushunchalarining teran ma’no kasb etishiga mislsiz 
darajada katta ta’sir ko’rsatgan ijodkor kim? Cho’lpon 
7.Hamal keldi , amal keldi. Qaysi asar uchun epigraf sifatida tanlangan? “Kecha” uchun 
8.”Kecha” asarida halol va haromni ko’p ham farq qilmaydigan obraz qaysi? Razzoq so’fi 
9.She’rlaridan birida yomg’ir yog’ishiga hamohang ravishda qog’ozga ko’nglining “yog’ishi” ni 
aytib o’tgan ijodkor kim? Rauf Parfi 
10.”Kecha” asarida Zebining Saltanat bilan gaplashgan paytdagi ko’zlari nimaga o’xshatilgan?
Hovur bosgan oynakning betiga o’xshatilgan 
11.”Kecha” asarida jadidnamo bir hamshaharining aytganidek,”ko’rgazmaga qo’yilaturgan 
antiqa maxluqlardan” deya ta’riflangan obraz qaysi? Razzoq so’fi 
12.Xalq dardini aritish uchun “O’z qalbini bayroq qilib ko’targan” shoir qismati qaysi asarda 
madh etilgan? “Ruhlar isyoni” 
13.Indra, Shiva, Durga singari hiduizm dini xudolari nomi qaysi asarda uchraydi? “Ruhlar isyoni” 
14.Cho’lponning hikoyalarini sanang. “Qurboni jaholat”, “Qor qo’ynida lola”, “Novvoy qiz”,
“Oydin kechalarda” 
15.”O’z uyining qabristonlar qadar jimjit ,xonaqohlar qadar unsiz , o’z ko’ngli qadar tund va 
xo’mraygan bo’lishini” istaydigan adabiy qahramon kim? Razzoq so’fi 
16.Zebining Enaxonlarnikiga borishiga ruxsat tegishini adib qanday ifodalagan? “Qafasning 
darichasi ochildi” deya ifodalagan
17.Rauf Parfining birinchi she’riy to’plami qaysi? “Karvon yo’li” 


18.Rauf Parfining tarjimalarini ayting? Bayronning “Manfred” , Nozim Hikmatning “Inson 
manzaralari” , Karlo Kaladzening “Dengiz xayoli” , Tvardovskiyning “Zaytun novdasi” asarlarini 
tarjima qilgan
19.Rauf Parfining she’rlarini sanang. “Tong otmoqda”, “Yomg’ir yog’ar”, “Yoz kechasi”, “Yana 
qaytib keldim”, “Yurak” 
20.Bu dunyoga bir qo’shiq , 
Berib ketgin, shoirim – 
Marhumlar uyg’onsinlar, 
Uxlolmasin tiriklar. Ushbu parcha kimning she’ridan olingan? Usmon Azim 
21.”Asr bilan vidolashuv” she’rining muallifi kim? Jamol Kamol 
22.Sumbula suviday tiniq bir ayol dunyoni balo - qazodan asraydi degan jumla qaysi she’rda 
uchraydi? “Mustaqil vatanni baxt nuri chaysin” (Oydin Hojiyeva) 
23.Usmon Azimning oq va qora ranglarni chiroyli tarzda qiyoslash orqali bitgan she’ri qaysi?
“Grafika” 
24.Kim vatanga qarata “Sen o’tgan yo’l – yuragim yo’li” deya aytadi ? Xurshid Davron “Men 
ko’ksingga boshimni qo’ydim” she’rida 
25.”Momo yer” she’ri muallifi kim? Mahmud Toir 
26.Alp Teginning “Bizning qayg’umiz yo’q boladan boshqa…” degan hikmatni toshga chegirgani 
qaysi she’rda keltirilgan ? “O’zbek” she’ri (Iqbol Mirzo) 
27.”Yozuvchini garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o’qib , qanday tabiatli shaxs ekanini 
g’oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin.Chunki u asarlarida , asosan , o’z tabiatini, ruhini 
tasvirlaydi”. Ushbu fikrlar kimga tegishli? A.Qodiriy 
28.”Ulug’ saltanat” asarida Amir Temur Edirnani kimga topshirganini aytib o’tadi? Sulaymon 
Chalabiyga
29.”Bir kunlik umri qoldimu yo’qmi, uyog’ini surishtirmay, ertangi kunga umid bog’lab shijoat 
bilan nihol o’tkazayotg’on munkaygan cholga havasim keldi. Ha, mening xalqim shundoq, hech 
qachon uning qaddi bukilmaydur, ko’ngli cho’kmaydur! Turon elining dunyodan umidi bor,
men anashu elning o’g’limen! Ushbu parcha qaysi asardan olingan ? “Ulug’ saltanat” asarida 
Amir Temur nutqidan
30.Rashod Nuri Guntekinning dastlabki romani qaysi? “Sirli qo’l” 
31. Rashod Nuri Guntekinning romanlarini sanang . “Sirli qo’l” , “Xazonrezgi” , “Tamg’a” , 
“Yashil tun” , “Choliqushi” 
32.”Choliqushi” romanini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan? M.Ismoiliy 


33.Hikoyalarida kam so’z bilan katta voqealarni tasvirlash san’atini namoyish qilgan adib kim? 
A.P.Chexov 
34.Chexovning pyesalari qaysilar? “Chayka”, “Vanya amaki”, “Uch opa-singil”, “Olchazor” 
35.”Har holda, yashamoq – o’limdan afzalroq” degan fikrini isbotlash uchun o’zini o’n besh yillik 
hibsga mahkum etgan yosh huquqshunos obrazi qaysi asarda uchraydi? “Garov” (A.P.Chexov) 
36.Noo’rin bahs-munozaraning oqibati ikki inson taqdirini boshqa o’zanga solganligi haqida 
saboq beradigan asar qaysi? “Garov” 
37.”Garov” hikoyasida bankir bilan huquqshunos qaysi masalada bahslashib qoladi? Qatl 
hukmi afzalroqmi yoki qamoq jazosimi degan masalada
38.”Tanho qayiq” dramasi muallifi kim? Erkin A’zam
39.”Tanho qayiq” dramasi bosh qahramoni kim? Orol bobo
40.”Tanho qayiq” dramasida Orol boboning ko’nglini ko’tarish uchun ovuldagi shishalarni 
yig’ib qumliklarga tashlab xuddi orol to’lib oqayotgandek ko’rsatish fikri kimdan chiqadi?
Ametdan 
41.”Tanho qayiq” dramasi qahramonlarini ayting. Orol bobo , Amet(Orol boboning sevimli 
shogirdi), Jumaboy, Tilovberbergan, Genjamurod(Orol boboning shogirdlari), O’tagan 
maxsum(Ametning dadasi), Qalimbet(Orol boboning o’g’li),Gulxadicha(Orol boboning qizi,eri va 
akasining qistovi bilan Jo’qorg’I Kengesga nomzodini qo’ygan),Rohat Sobirovna (Gulxadichaning 
dugonasi, shifokor) 
42.Bir Pirning qirqta muridi bo’lishi va bu muridlarning qirq yil ichida kamayib-kamayib oxiri 
bitta qolishi haqidagi rivoyat qaysi asarda keltirilgan? “Tanho qayiq” dramasida 
43.Muridlar Pirni tashlab ketishlarining sababi nima edi? Pir o’z muridlariga Mangu kitobni 
o’qishni o’rgatadi bu kitobda esa pirni do’zaxiy pir deb yozilgan edi. 

Download 259.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling