Ta’lim vazirligi


Download 244.08 Kb.
bet7/13
Sana02.01.2022
Hajmi244.08 Kb.
#190055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
shuxrat.121docx

Kurs ishining tarkibi kirish qismi, ikkita bob, oltita paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat.

1.Turizmning mintaqaviy va mahalliy rivojlanishida rejalashtirishning tashkiliy mexanizmlari.

O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasidagi qonunlar Oliy Majlis tomonidan belgilab beriladi. O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustdagi «Turizm to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq mamlakatimizda turizmni boshqarish va rejalashtirish organlari tizimi yaratilgan va faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Turistlik faoliyatning davlat reestri ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning hisob-kitobini olib boradi.

Turistlik xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish va bashorat qilish, talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, turizmni uning barcha bosqichlarida rivojlantirish uchun kompaniya qoshida Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot konsalting markazi tuzilgan.

Milliy, mintaqaviy va mahalliy darajalarda turizmni rejalashtirish jarayoni qo‘yidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi (13.1-chizma)6. Ko‘rsatilgan bosqichlarning har birini tavsiflaymiz:

1. Rejalashtirishning maqsadlari, yo‘nalishlari va vazifalarini belgilab olish. Turli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga mos ravishda va turizmga yetishi mumkin bo‘lgan minimal salbiy ta’sirlarni hisobga olgan holda turizmni rivojlantirish zaruriyati, imkoniyati va yo‘llari baholanadi.



2. Tadqiqotni tayyorlash. Turizmni rivojlantirish sohasidagi istiqbollar ochib beriladi va mo‘ljallar belgilab olinadi, iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy muammolar, shuningdek, eng muhim institutsional elementlar (tashkil qilish va boshqarish, qonunchilik va me’yoriy hujjatlar, investitsiyalarni jalb etish va h.k.) ko‘rib chiqiladi. Rejani bajaruvchilarini tanlab olish, mahalliy hoqimiyat organlari va jamoatchilikni jalb qilish, tadqiqotni o‘tkazishni tashkil qilish amalga oshiriladi.




Download 244.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling