Pedagogik tizimni boshqarish asoslari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
Download 38 Kb.
|
Lektsiya-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
Pedagogik tizimni boshqarish asoslari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: Pedagogik tizimni boshqarish fani haqida tushuncha Pedagogik tizimni boshqarish fani mazmunы ham metodlarы. Pedagogik tizimni boshqarish fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Tayanch tushunchalar: Iqtisodiy boshqarish, ijtimoiy-siyosiy boshqarish, madaniy-marifiy boshqarish, rejalashtirish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish, tekshirish, nazorat qilish, hisob- kitob va yakunlash. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin jamoamizning barcha sohalarida bo`lgan o`zgarishlar kabi ta`lim tizimida ham bir qancha o`zgarishlar yuz berdi. Davlat o`z siyosatini ta`lim tizimi orqali yurgizilishi sababli, talim tizimi va uni boshqarishning huquqiy qonunlarini, davlat talim standartlarini iqtisodiy-siyosiy va ma`naviyatimizga asoslanib ishlab chiqdi. Bu o`z navbatida pedagogik oliy o`quv yurtlariga, o`qituvchi kadrlar etishtirish institutlariga va maktablarda ishlaydigan pedagog kadrlarga bir qancha vazifalarni yukladilar. Har tamonlama rivojlangan, erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash jamoaimizning eng katta vazifalaridan biri bo`lib sanaladi. Shu sababdan yuqori o`quv muassasalari talabalarida pedagogik tizimini boshqarishning dastlabki tushunchalarini shakllantirish uchun «Pedagogik tizimni boshqarish asoslari» fani dars sifatida kiritilgan. O`zbekistonning umumiy talim maktabi-bu uzluksiz talim tizimindagi asosiy bo`lim bo`lib, u O`zbekiston miqyosidagi yashovchi barcha bolalarga o`z vaqtida umumiy o`rta talim olishga, har bir bolaning qiziqishiga va qobiliyatiga qarab davlat talablarini hisobga olgan holda bilim olishni davom ettirish imkonini beruvchi davlat muassasasi bo`lib hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining 199g` yilda tasdiqlangan «umumiy o`rta talim maktabi' haqidagi qonunda ko`rsatib o`tilgan uning maqsadi – har tomonlama rivojlangan, erkin fikrlovchi, har tomonlama rivojlangan shaxsga talim berish ham uni tarbiyalashdan iborat. Talim-tarbiya ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga, umuman insoniy qadriyatlarga asoslangan holda olib boriladi. Umumiy talim maktablarida beriladigan bilimning mazmuni – o`quv rejalari, o`quv dasturlari va darsliklar bilan belgilanadi. Hammamizga malumki, davlat asosiy 3 soha – iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-marifiy sohalarni o`z ichiga oladi. Shu sababdan boshqarishning ham asosiy 3 turi mavjud: Iqtisodiy boshqarish - bu jamoa turmush tarzini shakllantiradi. Hozirgi vaqtda Respublikamizning texnikaviy bazasini rivojlantirish uchun hamma tarmoqlarda qayta qurish va qayta tamirlash, ishlab -chiqarish musobaqalarda oldingi o`rinlarni egallash iqtisodiy boshqaruvning oldida turgan maqsadi bo`lib hisoblanadi. Ijtimoiy-siyosiy boshqarish - bu odamlarning turli jamoatlari (kollektiv, guruh, millatlar) orasidagi munosabatlarni va shu jamoa azolarining orasidagi munosabatlarni boshqarish bo`lib hisoblanadi. Ijtimoiy-siyosiy boshqaruvning oldiga qo`yilgan maqsadi-bu jamoaimizning ularga begona bo`lgan illatlardan qo`riqlash, xalqimizning baxtli turmush kechirishi va Vatanimizga, millatimizga sodiq shaxslarni tarbiyalashdan iborat. Madaniy-marifiy boshqarish-bu davlatchilik-siyosiy boshqaruvning ajralmas bir bo`lagi bo`lib, u umumiy o`rta talim maktablari, maktabgacha tarbiya, o`rta maxsus va yuqori talim berish muassasalari, madaniyat, fan, adabiyot sohalarini boshqarishni o`z ichiga oladi. Davlat boshqarish tizimi malum bir darajani boshqarish vazifalariga asoslanib amalga oshiriladi. Boshqarish vazifalariga: 1. Rejalashtirish g`. Tashkillashtirish 3. Muvofiqlashtirish 4. Tekshirish, nazorat qilish 5. Hisob- kitob va yakunlash kiradi.
g`. Tashkillashtirish - bu undirish sahosining tuzilishini va boshqarish usulini tanlab olish, shakllantirish, muassasaning tuzilishi, qurilishi o`rtasidagi munosabatlarni va ularning o`zaro xarakterlarini belgilaydi. 3. Muvofiqlashtirish- bu muassasaning turli amaliyotlari o`rtasida malum bir ishni rejalashtirish va topshiriqlardan chetga chiqib ketishiga yo`l qo`ymaslikdan iborat. 4. Tekshirish, nazorat qilish - bu undirish borasida, ishlab chiqishdagi har tomonlama rejagi qanchalik darajada muvofiqliligini kuzatib, tekshirib turishdan iborat. 5. Hisob- kitob – bu rejani yoki uni ishga oshirishning malum bir bosqichlarni qanday ishga oshirayotganligiga yakun yasash degna manoni anglatadi. Pedagogik tizimni boshqarishga boshchilik etishning asosiy daraklari: 1. O`zbekiston Respublikasi Oliy majlis va Qoraqalpog`iston Respublikasining Joqarg`i Kengashi sessiyalaridagi qabul etilgan Qonuni (Konstitutsiya). 2. Talim sohasidagi talim- tarbiya Kontseptsiyasi. 3. O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalarining «Talim to`g`risida» gi Qonunlari. 4. Kadrlar tayyolash milliy dasturi. 5. Davlat talim standartlari. 6. Boshqarish haqidagi ilmiy yutuqlar. 7. Maktab ishlarini tashkillashtirishning amaliyoti. 8. Xalq talimini boshqarishdagi odingi tajribalar. Talim sohasidagi boshqarish metodlari -bu pedagog kadrlarni, o`quvchilarni, talabalarni, texnik xizmatkorlarni boshqarishda vosita faoliyatini bajaradi. Hozirgi paytda talim sohasida quyidagi metodlar qo`llaniladi: 1. Boshqarishning hokimchilik badiiy metodы. 2. Boshqarishning ijtimoiy-psixologik metodы. 3. Boshqarishning to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatma berish metodi. 4. Boshqarishning huquqiy metodi. 5. Boshqarishning rag`batlantirishdan foydalanish metodi. 6. Kadrlarning manaviy ijodkorligini rivojlantirish metodi 7. Boshqarishda kuzatish metodi. 8. Boshqarishda suhbat metodi. Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling