Ta’lim yo’nalishi: Jismoniy madaniyat Guruh: 202-guruh talabasi


Download 346 Kb.
bet1/4
Sana18.12.2022
Hajmi346 Kb.
#1032304
  1   2   3   4
Bog'liq
2.Abduxalilov Muzaffar Abdusamad oʻgʻli



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI



MUSTAQIL ISHI
Talim yonalishi: Jismoniy madaniyat
Guruh:202-guruh talabasi
Talabaning F.I.Sh_ Abduxalilov Muzaffar Abdusamad oʻgʻli
Tekshirdi : _________________
Fan nomi : Sport bayramlari

Mavzu: Sport bayramlar ssenariysini tuzish metodikasi




Toshkent-2022 yil

Mavzu: Sport bayramlar ssenariysini tuzish metodikasi


Reja:



  1. Bayram ssenariyasi va uni tuzish qoidalari

  2. Sport bayrami ssenariyasining mazmuni

  3. Ssenariyada ifodalanishi zarur bo‘lgan shartlar

  4. Maktab sport bayramlariga tayyorgarlik ishlari

  5. Mavzuli bayramlarni tashkillash

  6. Mavzuli bayramlarini o‘tkazish metodikasi

Jismoniy tarbiyaning ahamiyati, uning qiymati, bolalar salomatligi Bilan chambarchas bog‘liq hamda o‘quvchilarining harakat faoligini oshiruvchi vosita sifatida ko‘riladi. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishi ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liliq. Ular sport musobaqalari, estafetalar, harakatli o‘yinlar va x.k. Shuni ham aytish kerak-ki bunday o‘yinlar bayramlar qadim zamondan o‘tkazilib kelingan. Masalan har yili respublikamizda o‘tkaziladigan milliy sport bayramlari. Ayniqsa bunday sport bayramlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida tiklana boshladi va yildan-yilga uning keng ommaviyligi oshib bormoqda
Yuqorida ko‘rsatilgandek BO‘SMda mashg‘ulotlardan tashqari
o‘tkaziladigan sport tadbirlari va bayramlar o‘quvchilarning harakat faolligini oshiradi, bolalar organizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda ularning faol dam olishiga imkoniyat yaratadi. Bugungi kunda jismoniy tarbiyaning eng dolzarb masalalaridan biridir. Oddiyroq gapirganda, turli sport bayramlar ssenariyasini tuzish uchun bolalar jismoniy tarbiyasini to‘g‘ri tassavur qilishimiz lozim. Undan tashqari qayrda, qachon, imlar bilan o‘tkazilishini hamda mavjud sharoitni, imkoniyatlarni xisobga olgan xolda rejalashtirilsa va o‘tkazilsa yaxshi bo‘ladi.
Sport bayramlari o‘quv yil davomida tarixiy sanalarga (vaqtlarga) bog‘langan xolda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan: “Xotin qizlar kuniga”, “Navro‘z bayramiga”, “Bolalarni ximoya qilish xalqaro kuni”ga, “Konstitutsiya kuni”ga, “Jismoniy tarbiya va sport kuni”ga, “Salomatlik kuni”ga va x.k. bag‘ishlangan sport bayramlarini o‘tkazish mumkin. Demak, har bir chorakda bunday bayramlarni rejalashtirish maktabda jismoniy tarbiya va sport masalalarini ko‘tarish hamda yaxshi yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratadi. Ushbu sport bayramlarini samarali o‘tkazish uchun birinchi navbatda tashkiliy ko‘mita tuziladi. U bayram dasturini ishlab chiqadi hamda reja ssenariyasini tuzadi va shu mo‘ljallangan bayramga butun tayyorgarlik uchun kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha rahbarlik qiladi. Ishlab chiqilgan sport bayrami dastur asida xay’at guruxlari o‘z ishlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘radilar. Maxsus tuzilgan ish guruxi bayram o‘tkazish joyini bezatishga katta e’tibor bilan qaraydilar. Ayniqsa maydonchalar, sport xonasi va boshqalar. Kerak sport anjomlari, sport buyumlari, kasbiy materiallar va boshqalar oldindan tayyorlangan bo‘lishi zarur. Sport bayramlarini o‘tkazish uchun tuzilgan ko‘mitaga maktab direktorii jismoniy tarbiya
o‘kituvchilari, ota-onalar, jismoniy tarbiya bo‘yicha aktivistlar va faol sportchilar kiradilar. Ular ayrim ssenariyasini va dasturni ishlab chiqadilar hamda xay’atlar guruxini tuzudilar. Undan tashqari har bir ko‘mita a’zolari orasida qilinadigan ishlarni hamda vazifalarni yuklaydi.
Sport bayramini yuqori saviyada o‘tkazish uchun maxsus vakolatli shaxslar guruxi tuziladi. Texnik-moddiy ta’minlash guruxi ular bayramni ochilish joyi; musobaqa o‘tkazish joyi; kerakli buyumlar va sport anjomlari bilan ta’minlaydi. Bellashuvlar o‘tkazish joyini bezatish uchun maxsus madaniy guruxi tuziladi – ular turli plakatlar, rasmlar, albom, atributlar, embelema, bayroqchalar, raketalar, koptoklar va boshqalarni tayyorlaydilar; musiqaviy badiy rahbar she’r, ashula, musiqalarni tanlaydi va kerak bo‘lsa tuzatadi, tikadi va shu kabilar; yana bir gurux – bu jismoniy tarbiya o‘kituvchilari–ular bellashuv dasturi, xa’yat a’zolariga musobaqa bayoni bilan ta’minlaydi va shu kabilar(12,13,16,17,24).
Yuqorida qayd etilgan maxsus vakolatli shuxslar guruxi “Bolalarni ximoya qilish xalqaro kuni”ga bag‘ishlangan “Ona Vatanim – go‘zal yurtim” mavzu bo‘yicha sport bayrami ssenariyasini tuzadilar, aniq o‘tkazilish vaqti, mashqlar, musobaqalar, o‘yinlar ketma-ketligi hamda har bir javobkar shaxslar ko‘rsatiladi.
Yuqorida qisman jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi, ayrim atamalarni o‘zaro farqlanishi, jismoniy tarbiyaning rivojlanishi, sport musobaqalarini va bayramlarini qadim zamondan olib kelinishi hamda xozirgi kunlarda bu ommaviy sport tadbirlarini, bayramlarni tashkil qilinishi va o‘tkazilishi ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida. Buning uchun mamlakatimiz imkoni boricha sharoitlar yaratmoqda. “Sport bayramlari
ssenariyasini tuzish uslubiti” hozirgi paytda dolzarb masalalaridan biridir. Chunki bu o‘tkaziladigan tadbirlar bolalarda harakat faolligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Bunday ssenariyani tuzish uchun bolalarda jismoniy tarbiyasining axamiyatini to‘g‘ri tasavvur qilishimiz lozim. O‘quv rejasidagi jismoniy mashqlarning maxsus mashg‘ulotlari bolalarni harakatga o‘rgatish uchun asosiy bo‘lib xisoblanadi. Bu jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida dastur materiallari o‘zlashtiriladi, o‘rgatish jarayonida sog‘lomlashtirish, tarbiyalash va ta’limiy vazifalari xal etiladi. Bunday tadbirlar bolalarning yuqori jismoniy tayyorgarlik darajasini, jismonan baquvvat, sog‘lom barkamol avlodni tarbiyalashni ta’minlab beraolmaydi. Bolalarning harakatga bo‘lgan talablarini qoniqtirish maqsadida jismoniy tarbiya shakllarini kompleks xolda olib borish lozim. Ayniqsa ommaviy sport tadbirlari va bayramlarini muntazam olib borishga katta e’tibor bilan qarash kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyoti davrida jismoniy tarbiya va sportga katta o‘rin ajismoniy rivojlanishatilmoqda. Ayniqsa, oxirgi yillarda “Futbol” turini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston prezident farmoni hammani quvontiradi. Inson salomatligi jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishidan ajaralmagan hol bo‘lib qoldi. Chunki, texnik taraqqiyot davrida insoniyat jismoniy mehnatdan ozod bo‘lib, eng xavfli kasallikka “Gipodinamiya”ga uchramoqda, ya’ni harakasizlik. “Jismoniy tarbiya va sport” bo‘yicha qabul qilingan qonun va “Sog‘lom avlod uchun” farmon bolalarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi, ularning sog‘lom, mehnasevar, baxtli bo‘lishlari to‘g‘risidagi xamkorlikni ko‘rsatadi. Shunday bo‘lar ekan, aholining, ayniqsa bolalarni jismoniy, har tomonlama garmonik rivojlanishi uchun qanday jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanishimiz mumkin(24,26,29,30,31).
Ma’lumki, jismoniy tarbiya qadimdan mavjud bo‘lib inson xayoti bilan rivojlanib kelgan. Inson jismoniy tarbiya uchun vositalarni asta sekin tanlab borib, xayotida jismoniy tarbiya vositalarini vujudga keltirgan-bu gigienik omillar, tarbiyaning sog‘lomlashtirish kuchlari, jismoniy mashqlardir. Insoning jismoniy rivojlanishiga turli harakatlar ham ta’sir etadi, mehnat, rasm solish, kiyinish va boshqalar, sharsiz refleks, massaj va boshqalar. Ular sog‘liqni mustaxkamlash, organizimni har tomonlama va gormonik rivojlantirish, xayotga zarur bo‘lgan harakat, ko‘nikma va malakalarni oshirish, jismoniy takomillashtirishuvini yuqori pog‘onaga ko‘tarish maqsadida foydalaniladi. Lekin, faqat kompleks holda hamma jismoniy tarbiya vositalari qo‘llanilsa, shundagina, yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarga to‘la javob berish mumkin, chunki har bir vosita organizmga har xil ta’sir etadi. Bu vositalar, shuningdek, davolash va prafilaktika maqsadlarda ham keng qo‘llaniladi. Sport bayramlarini utkazish jarayonida turli-tuman estafeta uyinlari, sport uyinlari elementlarini va xar xil musobakalar bellashuvlar, konkurslardan foydalanish maksadga muvofikdir. Shu boisdan bir kator namunalar keltirilgan.
BO‘Smlarda ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil qilish. Inson o‘z sog‘lig‘ini yoshlik davridan saqlashga etiborni kuchaytirishi kerak. Ammo yoshlar oddiy gigiena qonuniga, ovqatlanish tartibiga, uyquga etibior bermaydilar.
Ssenariya so‘zi, atamasiga «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at»da «kinofilm olish uchun yozilgan adabiy asar, kinofilm ssenariyasi yoki drammatik asar rejasi, syujet sxemasi va unda ishtirok etuvchilarning sahnaga chiqish tartibi, vaqti ko‘rsatilgan ro‘yxat»-deb ta’rif berilgan. «Bayram ssenariyasi» deganda biz bayram ishtirokchilarini (yoki musobaqa qatnashchilarini) tomosha ko‘rsatiladigan joy (sahna, maydon, sayhonlik, sport zali va h.k.)ga chiqish navbati ro‘yxati va vaqti ko‘rsatilgan, bayramgacha bir necha bor tekshirib ko‘rilgan, o‘tkazilayotgan tadbirning rejasi deb atasak xato qilmagan bo‘lamiz.Ssenariya bo‘ladigan tadbir-bayram, musobaqa, tantanali kecha (bayram kechasi), festival, olimpiada, mavzuli bayram, ko‘ngil ochish marosimlari, biror sport turi kuni, fizkulpturachilar kuni (bayrami), «Balli qizlar», «Balli yigitlar» va h.k.larning o‘tkazish tayyorgarligining birinchi kunidan boshlab, o‘sha tadbirning yopilishigacha bo‘lgan barcha faoliyat mazmunini o‘z ichiga oladi. Ssenariyaning mazmuni o‘tkazilayotgan tadbirning maqsadi, vazifalari va tadbir nimaga bag‘ishlanganligi ko‘rsatilgan kichik «Tadbirga kirish» yoki «So‘z boshi» bilan boshlanadi.Sinfdan tashqari ishlar davomida targ‘ibot va tashviqot, sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun jismoniy tarbiya faollari turli xil maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun maktabning tadbirini ssenariyasini tayyorlash, yozish va o‘tkazish malakasiga ega bo‘lishi kerak va bu malaka qayd qilingan komissiyalarning faollarini tayyorlash seminarlarida asosiy mavzulardan biri bo‘lishi lozim. SHuni hisobga olib, biz quyida sport bayramlarini taxminiy ssenariysini yozish metodikasini tavsiya qildik.



Download 346 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling