Ta’limda axborot tenologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


-bosqich. Masalaning echish usulini ishlab chiqish, sonli usulni tanglash


Download 36.86 Kb.
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi36.86 Kb.
#1008917
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1.Informatika va axborot tenologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

3-bosqich. Masalaning echish usulini ishlab chiqish, sonli usulni tanglash.
Agar dastlabki ma’lumotlar bilan izlanayotgan natijalar (miqdorlar, ma’lumotlar) o’rtasida aniq bog’liqlik (qonuniyat) o’rnatilgan bo’lib va masalani echish uslubi ishlab chiqilgan bo’lsa yoki o’sha bog’lanishni amalga oshirish uchun tayyor sonli usul(lar) tanlab olinib (masala uchun, masalaning bir qismi uchun) masalaning echish uslubi yaratilgan bo’lsa, masalaning echish uslubi ishlab chiqilgan deyiladi.
X – dastlabki ma’lumotlar;
U – natija, maqsad funkstiyasi, izlanayotgan miqdor(lar) bo’lsa, ular orasidagi bog’lanish u=f(x) kabi olinishi mumkin.
f – dastlabki ma’lumotlar bilan natijani bog’lovchi qonuniyat, konuniyat majmuasi, ya’ni X ma’lumotlar ustida bajariladigan ammalar ketmaketligi yoki tanlab olingan usul.

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING TURLARI


Texnologiya so'zi grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka ma'nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig'indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob'ektining dastlabki, boshlang'ich holatini o'zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog' va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang'ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma'nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so'zini qo'shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiyani quyidagicha ta'riflash mumkin. Texnologiya - bu sun'iy ob'ektlarni yaratishga yo'naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo'nalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o'zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta'riflash mumkin. 

Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.

Download 36.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling