Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
Download 78.29 Kb. Pdf ko'rish
|
234-243
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz 14-to’plam yanvar 2023 237 Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga haqli. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘pi bilan yigirma besh nafar maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda, turar joy majmualari qurilganda, tegishli hududda maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning qonun hujjatlarda belgilangan cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan quyidagi huquqiy me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-son qarori. Qarorda maktabgacha ta’lim tizimini, shu jumladan maktabgacha ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha ta’lim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shart- sharoitlar yaratish belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlati qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling