Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
14-to’plam yanvar 2023
234
MAKTABGACHA TA’LIMNING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI
Mustafoyev Maqsudbek Olim o‘g‘li
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika
unversiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti,Oila va bolani ijtimoiy va
pedagogik qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi 1-bosqich magistranti.
Meliyeva Muxlisa Olim qizi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar
universiteti talabasi
dreamhaus430@gmail.com
+998(99) 339-95 52
Annotatasiya: Ushbu maqola haqida aytganda “Maktabgacha ta’lim va
tarbiya” qonunda maktabgacha ta’lim tizimining huquqiy asoslari mustahkamlab
qo‘yilib, maktabgacha ta’lim faoliyatini tashkil etishning asosiy huquqiy manbaidir.
Kalit so’zlar: OND, majburiy tartiblar, konsepsiya, kompleks yondashuv,
ilk qadam
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va
har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va
tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning
samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim
va tarbiya
to‘g‘risida”gi qonuni maktabgacha ta’lim tiziming
asosiy huquqiy asoslaridan
biridir. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Parlamentining
Qonunchilik palatasi
tomonidan 2019 yil 22 oktabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2019 yil 14
dekabrda ma’qullangan va Prezident tomonidan 2016 yil 16 dekabrda imzolangan
.(1-ilovaga qaralsin)