Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
14-to’plam yanvar 2023
238
maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchiligining quyidagi shakllarini
joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
-
maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun
bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari taqdim etish;
-
maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari binolarini qurish uchun faoliyat
yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining hududida bepul asosda
doimiy foydalanishga yer maydonlari ajratib berish;
-
mavjud davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va
jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan maktabgacha ta’lim
nodavlat muassasalari ob’ektlarini qurish uchun bepul asosda yer maydonlarini
taqdim etish;
-
konsepsiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish
va jihozlash uchun bino ajratish;
-
bo‘sh yotgan davlat mulki ob’ektlarini, shu jumladan, faoliyat
ko‘rsatmayotgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining binolarini “nul” xarid
qiymatida sotish;
-
to‘liq butlanmay qolgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining
foydalanilmayotgan xonalari yoki korpuslarini uzoq muddatli bepul maqsadli
foydalanish uchun xususiy sheriklarga topshirish;
-
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan maktabgacha ta’lim
nodavlat muassasalarini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash;
-
oilaviy maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalarini moddiy-texnik va
metodik ta’minlash;
-
otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish ishlari belgilandi.
Shu bilan birga qarorga binoan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy
sheriklik to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |