Ta’limga oid Microsoft xizmati. Reja: Ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalari


Download 69.65 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi69.65 Kb.
#1560174
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 mavzu

Multimediyali ishlanmalar asosida o’tkaziladigan ma’ruza mashg`ulotining ssenariysi. Guruhda yo’qlama qilinib, mashg`ulot mavzusi va maqsadi hamda mashg`ulot davomida qo’llaniladigan texnologiyalar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu tushunchalarini kiritish uchun kerakli o’rganilgan matematik tushuncha va tasdiqlarni takrorlash, tartiblash va qo’yilgan maqsadga qaratish uchun elektron ko’rgazmali qurol ko’rinishida tayyorlangan savollar va tez hal etiladigan topshiriqlar ekranda namoyish etiladi. O’qituvchi talabalarning javoblarini baholab boradi va bu savol-javobda barcha talabalarning faol ishtirok etishiga e’tiborni qaratadi.
Yangi mavzuga o’tishda talabalarga to’plam, ular ustida bajariladigan amallar qanchalik maktab matematikasidan tanishligini aniqlash va ularning bilimini oliy ta’lim talablari asosida to’ldirish va chuqurlashtirish maqsadida talabalarga maqsadga qaratilgan savollar berib borish va ularning javoblarini to’ldirish (klaster tuzishni topshirish mumkin), tartiblash orqali yangi tushunchalar kiritiladi. Talabalarga Eyler-Venn diagrammalari haqida elektron ko’rgazmali qurol yordamida ma’lumot beriladi va bir qancha misollar birgalikda hal etiladi. Dars davomida to’plamlar ustida bajariladigan amallar, Eyler-Venn diagrammalari multimedia imkoniyatlaridan foydalanib Power Point dasturi orqali tayyorlangan elektron ko’rgazmali qurollar yordamida namoyish etib boriladi.
Talabalarning ma’ruza davomida olgan bilimlarini tartiblash, mustahkamlash maqsadida ekran orqali har bir talabaga alohida tuzilgan topshiriqlar beriladi. Talabalar 10 daqiqa davomida topshiriqlarni bajaradilar hamda yonidagi sherigiga tekshirish uchun beradilar. O’qituvchi daftarlarni yig`ib olgan vaqtda topshiriqlarni tekshirib har bir talabani baholaydi.
Dars yakunida ekranda talabalarga keyingi mashg`ulot mavzusiga tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va uy vazifalari sifatida topshiriqlar beriladi.


Bugungi kunda xorijiy tilni bilish o’ta muhim ahamiyat kasb etganligi bois chet tili o’qitish tizimini ham isloh etish, dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or usullarini qo’llash ta’limdagi dolzarb masalalardan biriga aylandi.
Zero, Prezidentimiz tomonidan 2012 yil 10 dekabrda e’lon qilingan “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarori chet tili ta’limini rivojlantirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni zamon talablariga mos yetuk mutaxassis etib tayyorlash kabi ezgu maqsadlarga yo’naltirilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish, o’sib kelayotgan yosh avlodning chet tillarga qiziqishini yanada oshirish va o’z navbatida, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shu bilan bir qatorda ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish ko’zda tutilgan. Chet tillarni izchil o’rganishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. 


Aytish joizki, shunday vositalardan biri - interfaol elektron doskadir. Ushbu doskalar ijodkor o’qituvchilar uchun darslarni qiziqarli, noan’anaviy tarzda tashkil etish hamda har qanday murakkablikdagi mavzularni o’quvchilarga oson tushuntirish imkonini beradi. Undagi ko’plab tasvirli rolik va ovozli fayllar esa o’quvchilarga o’qish, yozish, sanashga oid ko’nikmalarini shakllantirish, nutqni soddalikdan murakkablik sari rivojlantirib borishga ko’maklashadi.


Bugungi kunda interfaol elektron doskalarning bir qator, jumladan, “SensBox”, “Interwrite DualBoard” va “Uboard” turlari mavjud bo’lib, ular respublikamiz maktablarida tashkil etilgan tajriba-tadqiqot maydonlarida muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan. Albatta, bu kabi o’quv-texnika vositalarini amaliyotga keng joriy etish, birinchi galda, o’qituvchilardan ma’lum ko’nikma va ulardan samarali foydalanishni talab etadi. Aytish mumkinki, bugungi kunda til o’rganuvchilar uchun internet tarmog’ida ham bir qator saytlar mavjud.
Chunonchi, Xalq ta’limi vazirligining www. uzedu. uz sayti, www.ziyonet.uz “ZiyoNET” jamoat ta’lim axborot portali hamda Britaniya Kengashining “Learn, share, succeed” (“Learn English”), “Fun with English” (“Learn English Kids”) va “Teaching English” saytlari shular jumlasidandir. Qolaversa, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda xorijiy tillar bo’yicha pedagog kadrlar, xususan, 2013 — 2014 o’quv yilida 1-sinflarda chet tillaridan dars beradigan o’qituvchilarning malakasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar ham ishlab chiqilgan.
Muxtasar aytganda, navqiron avlodning mukammal bilim va salohiyatga ega bo’lishi, eng avvalo, o’quv muassasalarida tashkil qilinayotgan ta’lim jarayoniga bevosita bog’liq.2013-2016 yillarda ta’lim muassasalari xorijiy tillar kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya hamda o’qitishning texnik vositalari hamda anjomlari bilan jihozlashning jadallashtirilishi, shuningdek, televidenie, mahalliy telekanallar orqali bolalar va o’smirlarni xorijiy tillarga o’rgatish bo’yicha ko’rsatuvlar tayyorlash, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyati, jahon ilm-fani va texnikasi yangiliklariga bag’ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy hamda multiplikatsion filmlarni o’zbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam ko’rsatib borishni amalga oshirish, “ZiyoNet” tarmog’i orqali ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim va bilim olish manbalariga kirish imkoniyatlarini orttirish, ingliz tilida o’quv va badiiy adabiyotlar, ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan gazeta va jurnallarni chop etishni tashkil etish kabi jihatlar mamlakatimiz yoshlariga dunyo xalqlari tarixi, madaniyati ilm-fani bilan yaqindan tanishish imkonini berish bilan bir qatorda, o’z tariximizni, madaniyatimizni va yutuqlarimizni ham namoyon etish imkonini beradi.
Zamonaviy jamiyat axborot texnologiyalari taraqqiyoti bilan hamohang ravishda rivojlanmoqda. Axborot texnologiyalari hayotimizning barcha sohalari qatorida ta’lim sohasida ham keng joriy etilmoqda. Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi yangi innovatsion vositalardan foydalanish imkonini beradi.
Bu esa yangi imkoniyat hamda jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvning o‘ta ommabop usullaridan biri — bu ta’limda videotexnologiyalaridan foydalanishdir. Videota’lim yoki videoo‘qituv hozirda juda ommalashgan bo‘lishiga qaramay, u ancha ilgari paydo bo‘lgan. Masalan, XX asrning 30-yillarida undan ayrim mamlakatlarda uchuvchilarni tayyorlashda foydalanilgan. O‘sha davrlarda o‘nlab studiyalar ta’limga oid videofilmlar yaratish bilan shug‘ullangan. O‘tgan asr 60–80 yillarida esa ta’lim muassasa-larida o‘tkazilgan leksiyalar, vaqti-vaqti bilan televideniye orqali namoyish etilgan. Video va audio birgalikda uzatadigan ma’lumotlarni o‘zlashtirish sifati juda yuqori, ya’ni birinchi tomosha qilishning o‘zida 51 foizni tashkil etadi. Bu esa o‘zlashtirish darajasi 9 foizlik yozuv ko‘rinishidagi hamda 17 foizlik faqat audio ko‘rinishdagi ma’lumot uzatishga qaraganda ancha yuqori (Башмаков А. И., Башмаков И. А. Разработка компьютерных учебников и обучающих систем. – М., 2003. С.616).
Video orqali o‘qitish metodikasi juda samarali bo‘lishiga qaramay, bu metodika, asosan texnik sabablarga ko‘ra, 2000-yillarga qadar keng tarqalmadi. Bunga asosan o‘sha paytdagi video va audio yozadigan qurilmalarining qimmatligi, yozish mumkin bo‘lgan ma’lumotning hajmi juda kichikligi, ishlatishda noqulayligi va qiyinchiliklar hamda qurilmalar hajmining kattaligi va foydalanish davri juda qisqaligi sabab bo‘lgan. Videota’limga hozirgi kunda qiziqish ortib borayotganiga hayotimizga singib ketgan, o‘zida katta hajmdagi ma’lumotlarni olib yura oladigan, USB, DVD, Blu-ray kabi vositalar paydo bo‘lishi va keng tarqalishini, shaxsiy kompyuterlarning ommalashishini hamda Internetning ma’lumot uzatish tezligi kundan-kunga oshib borayotganini sabab qilib ko‘rsatish mumkin.
Bundan tashqari, arzon foto va videokameralarning paydo bo‘lishi hamda kundan-kunga video, audio va fotomontaj uchun oddiy kompyuter dasturlarining paydo bo‘lishi, shunday o‘zgarishlarni olib kirib keldiki, amalda deyarli har bir inson, bilim va tajribaga ega sohasida videoqo‘llanma, videokurs va videodarsliklar yaratishi mumkin. Videodarsliklar, videoqo‘llanmalar va videokurslar, odatda, ma’lum bir sohaning ustalari va tajribali mutaxassislar yoki boshqalarga ulashgudek tajribaga ega odamlar tomonidan yaratiladi hamda yoritilayotgan mavzu atroflicha batafsil ko‘rib chiqiladi.
Ta’limda videotexnologiyalardan foydalanishning afzalliklari:

  • xohlagan paytingizda va xohlagan qurilmangizda o‘qish va o‘rganishni boshlashingiz hamda davom ettirishingiz mumkin;


  • asosiy ish yoki o‘qish tartibingizga umuman o‘zgartirish kiritmasdan, mahoratingizni o‘zlashtirishingiz va eng muhimi o‘zingiz xohlagan tartibda va tezlikda o‘rganishingiz mumkin;


  • biron narsa esingizdan chiqib qolsa, keyinchalik xohlagan vaqtda, bo‘limlarga va boblarga bo‘lingan darslar orasidan kerakli funksiyaga bag‘ishlangan darsni topib, ko‘rib olishingiz mumkin bo‘ladi va u har doim videoqo‘llanma sifatida siz bilan birga bo‘ladi;


  • o‘rganish jarayonida, siz eshitasiz, ko‘rasiz va video orqali berilayotgan topshiriqlarni bajarish orqali qatnashasiz. Bu esa o‘zlashtirish jarayoni sifatini yaxshilaydi hamda osonlashtiradi.


  • o‘rganish jarayonining osonligi, masalan, yo‘riqnoma va o‘rgatuvchi kitoblar borgan sari kam ishlab chiqarilmoqda. Chunki ulardan o‘qib o‘rganish juda qiyin va 500–600 betdan iborat qo‘llanmani o‘rganib chiqish uchun anchagina kuchli intizom, sabr hamda eng muhimi ko‘p vaqt talab etiladi. Videokurslarda esa hammasi yaqqol ko‘rinib turadi va yangi bilim oson o‘zlashtiriladi.






Download 69.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling