Ta’limga oid Microsoft xizmatlari. Microsoft 365 xizmatidan foydalanish


Xizmatlar va Yordam xizmatidan foydalanish


Download 409.19 Kb.
bet4/7
Sana14.12.2022
Hajmi409.19 Kb.
#1006414
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
28. Ta\'limga oid Microsoft xizmatlari

Xizmatlar va Yordam xizmatidan foydalanish

  • a. Microsoft hisobi. Aksariyat xizmatlardan foydalana olishingiz uchun Microsoft hisobiga ega boʻlishingiz zarurdir. Microsoft hisobi sizga Microsoft hamda ayrim Microsoft hamkorlari tarafidan taqdim qilingan mahsulotlar, veb-saytlar va xizmatlarga kirish imkonini beradi.i. Hisob yaratish. Onlayn roʻyxatdan oʻtish orqali Microsoft hisobini yaratishingiz mumkin. Microsoft hisobini yaratayotganingizda siz notoʻgʻri, noaniq yoki chalgʻituvchi maʼlumot bermaslikka rozi boʻlasiz. Ayrim hollarda Internet xizmat provayderi kabi uchinchi tomon siz uchun Microsoft hisobini tayinlagan boʻlishi mumkin. Agar siz Microsoft hisobini uchinchi tomondan olgan boʻlsangiz, uchinchi tomon hisobingiz ustidan Microsoft hisobingizga kirish yoki uni oʻchirish kabi qoʻshimcha huquqlarga ega boʻlishi mumkin. Sizga taqdim qilgan uchinchi tomonning har qanday qoʻshimcha shartlarini koʻrib chiqing, chunki Microsoft ushbu qoʻshimcha shartlarga nisbatan hech qanday javobgarlikka ega emas. Agar siz Microsoft hisobini kompaniyangiz yoki ish beruvchingiz kabi tashkilot nomidan yaratsangiz, siz ana shu tashkilot nomidan mazkur Shartlarni qabul qilishga qonuniy vakolatingiz borigini tasdiqlagan hisoblanasiz. Siz Microsoft hisobingiz maʼlumotlarini boshqa foydalanuvchi yoki tashkilotga oʻtkaza olmaysiz. Hisobingiz xavfsizligini taʼminlash uchun hisobingiz maʼlumotlarini va parolni maxfiy saqlang. Microsoft hisobingiz orqali amalga oshirilgan har qanday faoliyat uchun oʻzingiz javobgar hisoblanasiz.
  • ii. Hisobdan foydalanish. Siz Microsoft hisobingizni faol holatda saqlash uchun undan foydalanib turishingiz kerak. Bu siz Microsoft hisobingizni hamda unga aloqador xizmatlarni faol holatda saqlab turishingiz uchun kamida ikki yilda bir marta tizimga kirib turishingiz kerakligini anglatadihttps://go.microsoft.com/fwlink/p/?linkid=2086738 sahifasida keltirilgan Microsoft hisobi faolligi qoidalari yoki pullik xizmatlar taklifida uzoqroq muddat nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar siz ushbu muddat ichida tizimga kirmasangiz, biz Microsoft hisob qaydnomangiz nofaol deb hisoblab, uni siz uchun yopib tashlaymiz. Microsoft hisobining yopilishi oqibatlarini bilish uchun 4.a.iv.2 boʻlimiga qarang. Siz Outlook.com kiruvchi xabarlari va OneDrive (alohida) hisobingizga bir yilda kamida bir marta kirishingiz kerak, aks holda, siz uchun Outlook.com kiruvchi xabarlari va OneDrive hisobingizni yopamiz. Agar biz asosli ravishda Microsoft hisobingiz uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy foydalanilayotgani xavfini sezsak (masalan, hisobni o‘g‘irlash orqali), Microsoft hisobingizga egalikni talab qilguningizga qadar hisobingizni to‘xtatib qo‘yishimiz mumkin. Hisobga noqonuniy kirish turiga qarab, kontentingizning baʼzi qismlariga yoki butun kontentingizga kirishni cheklab qoʻyishimiz mumkin. Agar Microsoft hisobingizga kirishda muammoga duch kelayotgan boʻlsangiz, ushbu veb-saytga tashrif buyuring: https://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=238656.

Download 409.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling