Ta’limga va ilmga bag’ishlangan umr qo’chqorov Isfandiyor Xolbo’ta og’li O’zmu 1-kurs talabasi


Download 123.17 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi123.17 Kb.
#1404986
  1   2
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi


TA’LIMGA VA ILMGA BAG’ISHLANGAN UMR
Qo’chqorov Isfandiyor Xolbo’ta og’li
O’zMU 1-kurs talabasi
Xomitov R.X
Ilmiy rahbar: T.f.f.d … PHD

Annotatsiya. Ushbu maqolamda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan va shu universitetni o’zida o’qib, shu kungacha O’zbekiston Milliy universitetida ishlab o’z faoliyati amalga oshirib kelgan va turli ilmiy daraja va unvonlarga sazovor bo’lgan Xoshimov Fazliddin Zuxurovich haqida yozilgan.
Kalit so’zlar. O’zbekiston Milliy universiteti, o’qituvchi, sotuvchi, ilmiy rahbar, professor, ilmiy kotib.

ЖИЗНЬ, ПОСВЯЩЕННАЯ ОБРАЗОВАНИЮ И НАУКЕ

Абстрактный. В данной статье написано о Хошимове Фазлиддине Зухуровиче, обучавшемся в Национальном университете Узбекистана имени Мирзо Улугбека, который осуществлял научную деятельность в этом университете и добился многих ученых степеней и званий.
Ключевые слова. Национальный университет Узбекистана, преподаватель, продавец, научный руководитель, профессор, ученый секретарь.
LIFE DEDICATED TO EDUCATION AND SCIENCE
Abstract. In this article, he studied at the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek and studied at this university as a magistracy. It is written about Hoshimov Fazliddin Zuhurovich.
Key words. National University of Uzbekistan, teacher, salesman, scientific supervisor, professor, scientific secretary.



XOSHIMOV
FAZLIDDIN
ZUXUROVICH

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiyot Nazariyasi” kafedrasi professori F.Z.Xoshimov 1951 yil 14 may Toshkent shahar Shayhontoxur (oldingi Oktiyabr) tumanida, ishchi oilasida tavallud topgan. 1958-1967 yillarda 75-sonli o’rta maktabda o’qigan. 1967-1968 yillarda Toshkent shahar 57-sonli kechki ishchi yoshlar maktabida elektromontyor, 1968-1969 yillarda “Toshsanoatsavdo”ga qarashli 35- sonli magazenda sotuvchi bo’lib ishlagan.


1970-1975 yillarda Toshkent Davlat universitetida o’qigan va uni iqtisodchi, siyosiy iqtisod fani o’qituvchisi mutahasisligi bo’yicha tamomlagan.
1975-1980 yillarda Toshkent Davlat universiteti “Iqtisodiyot Nazariyasi” kafedrasida o’qituvchi, 1980-1994 yillarda katta o’qituvchi, 1991 -1997 yillarda Toshkent Davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekanining o’quv ishlari bo’yicha muovini, 1997-2002 Toshkent Davlat universiteti (O’zbekiston Milliy universiteti) “Iqtisodiyot Nazariyasi” kafedrasi mudiri, 2017-2018 yillarda “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2010-2018 yillarda Iqtisodiyot fakulteti dekanining ilmiy ishlar bo’yicha muovini sifatida faoliyat ko’rsatgan.
Xoshimov F.Z 1991 yilda “Экономические закономерности развития материально-технической базы социальной сферы (Политико-экономический аспект)” mavzusida nomzodlik desertatsiyasini himoya qilgan, 1994 yil dosent ilmiy unvonini, 2022 yilda esa professor unvonini olgan.
Xoshimov F.Z 2002-2008 yillarda O’zbekiston Milliy universiteti huzuridagi D.067.02.15 – raqamli iqtisod fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo’yicha Iqtisoslashgan kengashning, 2018-2020 yillarda O’zbekiston Milliy universiteti huzurida iqtisodiyot fanlari boyicha ilmiy darajalr beruvchi DSc. 03/30.12.2019. 01.11 ilmiy kengash ilmiy kotibi sifatida faoliyat ko’rsatgan.
Xoshimov F.Z iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojiga, ijtimoiy sohani isloh qilish va modernizasiyalash muammolarini tadqiq qilish, mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini targ’ib kelishga o’zini hissasini qo’shib kelayotgan iqtisodchi olim.
U “Iqtisodiyot Nazariyasi”, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”, “Iqtisodiy tarix”, “Iqtisodiy fanlarni o’qitish metodikasi”, “Ijtimoiy soha iqtisodiyoti” fanlari bo’yicha 30 ga yaqin darslik, o’quv qo’llammalar, monografiyalar va iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag’ishlagan 160 dan ortiq ilmiy maqola muallifidir.
Uning rahbarligida 4 ta nomzodlik desertatsiyasi himoya qilingan va u hozirgi kunga qadar 80 nafarga yaqin magistranlarga ilmiy rahbarlik qilib kelgan.
Xoshimov F.Z O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi fan va texnalogiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasining 2012-2016 yillarga mo’ljanlangan F-1-125 raqamli “O’zbekistonda iqtisodiyotni modernezatsiyalash sharoitida mehnat bozorining rivojlanish hususiyatlari va aholi bandligini oshirish yo’llari.” Mavzusidagi fundamental grant hamda 2015-2017 yillarda mo’ljanlangan A-2-9 raqamli “O’zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va kichik tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy havsizligini taminlash yo’llari” mavzusidagi amaliy grant azosi sifatida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.
Uning ilmiy rahbarligida quyidagi dissertatsiyalar himoya qilingan.

  1. Fayziyeva Shaxnoza Rustamovna. “Oʻzbekistonda turizm rivojlanishining iqtisodiy mexpnizmini takomillashtirish” mavzusida, 08.00.01 – “Iqtisodiy nazariya” ixtisosligi boʻyicha Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiya. – Toshkent, 2005-y.

  2. Rajabov Oʻtkir Doʻsnayevich. “Ijtimoiy xizmatlar sohasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy jihatlari va ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida, 08.00.01 – “Iqtisodiy nazariya” ixtisosligi boʻyicha Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiya. – Toshkent, 2008-y.

  3. Turayev Ziyodilla Norsoatovich. “Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning” ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi boʻyicha Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiya. - Toshkent, 2022-y.

  4. Abdullayeva Shaxnoza Yerkinovna. “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining nazariy asoslarini takomillashtirish” mavzusida, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi boʻyicha Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiya. - Toshkent, 2023-y.



Download 123.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling