H. B. Mirzoqulovni dosent ilmiy unvoni uchun


Download 21.43 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi21.43 Kb.
#1446036
Bog'liq
111 (2)


Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATY Samarxand filiali
«Telekommunikasiya texnologiyalari va kasb ta’limi» fakultetining 2022 yil 27 dekabr oyida bo‘lib o‘tgan 5-son yig‘ilishi bayonnomasidan
KO‘CHIRMA


Qatnashdilar«Telekommunikasiya texnologiyalari va kasb ta’limi» fakultetining dekani U.X.Narzullayev.
Dekan muovinlari: A.Umarov, B.Mamanazarov. Kafedra mudirlari: N.Zaynalov, D.Toirova, X.Raxmanov


Kun tartibining turli masalalarda "Telekommunikasiya injiniringi" kafedrasi mudiri, PhD H.B.Mirzoqulovni dosent ilmiy unvoniga tavsiyasi xususida.
Shu masala buyicha U.Narzullayev suzga chisib, “Telekommunikasiya injiniringi” kafedrasi mudiri, PhD H.B.Mirzoqulovni dosent ilmiy unvoni uchun tanlovda katnashishga ariza berganligi, bu masala “Telekommunikasiya injiniringi” kafedrasi majlisida muxokoma qilinganligi xaqida bayonnoma mavjudligi va barcha zarur xujjatlar topshirilganligi xaqida xabar berdi.
“Axborot xavfsizligi” kafedrasi mudiri N.Zaynalov suzga chikdi va PhD H.B.Mirzoqulov xaqida quyidagilarni bayon etdi: H.B.Mirzoqulov 2021 yilning 01 aprelidan boshlab “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti, “Telekommunikasiya injiniringi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. H.B.Mirzoqulov bilim darajasi va oliy ta’lim xujjatlari bilan ishlay olishini xisobga olib, uz vazifasiga mas’uliyat bilan yondashuvchi, talabchan va o‘z ystida izlanuvchan insondir. U o‘z ilmiy faoliyatida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini 2020 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi DSc.28.13/30.12.2019.T.07.02 raqamli Ilmiy Kengashda 05.04.02 - “Radiotexnika radionavigasiya, radiolokasiya va televideniye tizimlari va qurilmalari, Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha “Metamateriallar asosida antenna-fider qurilmalarining samaradorligini oshirish usullari va modellari” mavzusidagi falsafa doktori dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi (diplom 01 №003734).
H.B.Mirzoqulov bakalavriat talabalariga “Multimediali aloqa tarmoqlari”, “Simsiz tarmoqlar” va magistratura talabalariga “Raqamli teleradioyeshittirish tizimlari”, “Video va audio signallarni raqamli qayta ishlash”, “Videokuzatuv tizimlarini qo‘llash va loyihalash” fanlaridan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini, hamda ilmiy-tadqiqot ishi, ilmiy-pedagogik ish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda:
H.B.Mirzoqulovning darslari zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, masofali ta’lim texnologiyalarini tatbiq etgan holda qiziqarli, jarayonlarni kuzatish va o‘lchash qurilmalarini loyihalash, muammoli ma’ruzalar tarzida va yuqori uslubiy darajada o‘tadi. H.B.Mirzoqulov fanlarni talabalarga tushuntirishda va ularning mustaqil ishlarini tashkil etishda aqliy hujum, klaster, debat usuli, SWOT tahlil, keys-stadi va boshqa pedagogik texnologiyalardan foydalanadi.
Fanlarni o‘qitish jarayonida laboratoriya jihozlari asosida, elektron qo‘llanmalar, immitasion dasturiy vositalar, kompyuterli testlar hamda multimediali ma’ruzalardan unumli foydalanib keladi. Talabalarning o‘quv-tarbiya faoliyatini, ilmiy pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya qilingan quyidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalari ta’lim jarayonida qo‘llab kelinmoqda:
“Simsiz tarmoqlar” fanidan o‘quv qo‘llanma;
“Tarmoq protokollari” fanidan uslubiy qo‘llanma;
“Tarmoqni dasturlash asoslari» fanidan maruza mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanmalari o‘quv jarayonlarida qo‘llab kelinmoqda.
H.B.Mirzoqulov rahbarlik qilayotgan “Telekommunikasiya injiniringi” kafedrasi “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakultetining tayanch kafedrasi sifatida “Telekommunikasiya texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha asosiy huquqiy-me’yoriy hujjatlarni shakllantirib, yo‘nalishlar bo‘yicha xujjatlar to‘plami muallifi hamda Simsiz tarmoqlar, Multimedia aloqa tarmoqlari, Raqamli teleradioyeshittirish tizimlari fanlaridan o‘quv-uslubiy majmuani ishlab chiqishda asosiy mualliflardan hisoblanadi.
H.B.Mirzoqulov muntazam ravishda “Telekommunikasiya injiniringi” kafedrasi magistrlari va bakalavr talabalari davomati va o‘zlashtirish yuzasidan tyutorlar bilan birga ilmiy-amaliy ishlarni olib bormoqda. U “Telekommunikasiya injiniringi” kafedrasida uquv-uslubiy va ilmiy—tadsikot ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda jumladan 61 ta ish e’lon qilingan, shundan 50 ilmiy (12 tasi Scopus bazasida indekslanadigan jurnallarda) va 11 ta o‘quv-uslubiy ishlaridir.
Shu bilan birga iqtidorli talabalar bilan doimiy ravishda ishlar tashkil etib kelinmoqda. Talabalarning ilmiy ishga qiziqishlarini orttirish, ilmiy ishlarni bajarish tartibini o‘rgatish bo‘yicha tizimli ishlar olib bormoqda. Buning natijasida Telekommunikasiya texnologiyalari yo‘nalishi 4 bosqich talabasi Usmonov Jaxongir 2022/2023 o‘quv yilida H.B.Mirzoqulov rahbarligida “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. Telekommunikasiya texnologiyalari yo‘nalishi 3 bosqich talabasi Normahmadov Bejan bilan bir nechta ilmiy maqolalar chop etilgan va dasturiy mahsulotga guvohnomalar olingan.
Majlis qatnashchilari tomonidan berilgan ilmiy faoliyati va kelgusidagi rejalari
xaqidagi savollarga batafsil va to‘liq javob berdi.
Muxokamada A.Umarov, D,Toirovava X.Raxmanov so‘zga chiqdilar.
Quidagilardan iborat xicob komissiyasi tashkil etildi. Hisob komissiyasi tarkibi:
«ATT» kafedrasi mudiri X.Raxmanov, dekav muovinlari A.Umarov va B.Mamanazarov.
Shundan sung nomzod ovozga qo‘yildi. Ovoz berishda 6 kishi qatnashdi.

Xisob komissiyasi natijalari quyidagicha bo‘ldi:



H.B.Mirzoqulovga:

tarafdorlar – 6 ta
qarshilar – yo‘q
betaraflar – yo‘q

Qaror qilindi: “Telekommunikasiya injiniringi” kafedrasi mudiri, PhD H.B.Mirzoqulovning nomzodini dosyentlik ilmiy unvon olish uchun Filial Ilmiy Kengashiga tavsiya etilsin.
“TTKT” fakultet U.X.Narzullayev
Kotib


Download 21.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling