Ta`limiy: a sonining arcsinusi, arckosinusi, arctangensi,arckotangensi va sinx=a, cosx=a, tgx=a, ctgx=a tenglamalarning yechish usullari haqida bilim berish. Tarbiyaviy
Download 0.52 Mb.
|
konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- N144 va N147
Xususiy hollari:
a=0 da cosx=0, yechim: a=1 da cosx=1, yechim: x= a=-1 da cosx=-1, yechim: x= 5. Mustahkamlash N130. Hisoblang. Doskada ishlanadi bittadan o`quvchi chiqib birlik aylana yordamida hsoblashadi. N131-133. Hisoblang. Guruhlarda ishlanadi. Har bir qatordan bittadan o`quvchi misolning javobini og`zaki aytadi. N144 va N147 doskada va mustaqil ravishda musobaqa tarzida ishlanadi. 6. Oquvchilarni baholash : Oquvchilar uyga vazifaga tayyorgarligi va darsda yakka tartibda va guruhdagi ishtirokiga qarab baholanadi. 7. Uyga vazifa berish: N145 va N147 Urganch tumanidagi 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika fani o’qituvhcisi Qutliyeva Irodaning 10-B sinfida algebra fanidan “Eng soda trigonometrik tenglamalar” mavzusida o’tkazgan ochiq dars BAYONNOMASI Sana: 22.02.2020 Qatnashdi: Madraximova G-maktab direktori Bobojonova M- matematika fani metodbirlashma rahbari Matnazarova M-O`TIBDO` Saidova Q-O`TIBDO` Eshitildi Qutliyeva I: Darsdan maqsadim o`quvchilarga a soning arcsinusi, arckosinusi, arctangensi,arckotangensi va sinx=a, cosx=a, tgx=a, ctgx=a tenglamalarni yechish usullari haqida bilim berish edi. O`quvchilarda diqqatini jamlash , xotirasini sinash, aqliy ko`nikmalarni hosil qilish uchun faollashtiruvchi mashqlar o`tkazdim.Trigonometrik tenglamalarning aniqlanish sohalari , qiymatlar sohalari va hususiy hollari haqida bilim berdim. Bunda asosan avvalgi darslarda va 9-sinf Trigonometriya kursida o`tilgan ma`lumotlarni esga solib o`tdim. Birlik aylana bilan ishlab trigonometric tenglamalarni ildizini topishni o`rgatdim. MadraximovaD : Dars o’tish uslubini o’rganish uchun dars kuzatdim. Uyga vazifalarni puxta tekshirilishi o’quvhcilarning mas’uliytini oshirdi.Dars mahorat bilan olib borildi.Matematika faniga bolalarning qiziqishi juda kata ekaniga guvoh bo’ldim.Darsda AKT dan foydalangani o’quvchilarni yanada jalb qildi. Bobojonova M: I.Qutliyevaning darslarini juda ko’p kuzatganman. U o’quvchilarni mantiqiy fikrlab masalalarni yechishga o’rgatib boradi.Bugungi darsda ham metod to’g’ri tanlangan. AKT dan to`g`ri foydalandi, takrorlash qismida ham yangi mavzu uchun eng kerakli ma`lumotlar takrorlandi. Har bir bosqich rejali o`tdi. Matnazarova M: Dars to’g’ri tashkil qilindi. Vaqtdan unumli foydalanildi. Masalalrni yechish, uyga vazifani berish, o’quvhcilarni baholashga vaqtida ulgurdi. Darsda o’quvhcilar faolligidan ularning o’tilgan darslarda chuqur bilim olganliklarini bildiradi. Masalarni yechishda aqliy hujum metodidam samarali foydalanildi. Darsda o’qituvchi va o’quvchilarning o’zlarini tutishlari juda erkin, o’zaro suhbatlari samimiy. Saidova Q: Dars to`g`ri tashkil qilindi. Mavzu biroz murakkab. Shunday bo`lsa ham o`quvchilar faol. O`quvchilardan tasavvur qilishni talab qilinishi juda to`g`ri.Har bir masalani yechish uchun turlicha metod tanlandi. Darsni namunali deb topildi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling