Ta`limiy: a sonining arcsinusi, arckosinusi, arctangensi,arckotangensi va sinx=a, cosx=a, tgx=a, ctgx=a tenglamalarning yechish usullari haqida bilim berish. Tarbiyaviy


Download 0.52 Mb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1114060
  1   2   3
Bog'liq
konspekt


Urganch tumanidagi 1-sonli umumta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi Qutliyeva Irodaning 10-B sinfida algebra fanidan o`tkazgan ochiq


Mavzu:

22.02.2020


Dars konspekti
Sana: 22.02.2020
Sinf: 10-B
Fan: Algebra
Mavzu: Eng sodda trigonometrik tenglamalar
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: a sonining arcsinusi, arckosinusi, arctangensi,arckotangensi va sinx=a, cosx=a, tgx=a, ctgx=a tenglamalarning yechish usullari haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirish. Kitobga mehr qo`yish va mustaqil kitob mutoalaa qilishga o`rgatib borish. “Takrorlash bilishning onasidir” shiori ostida o`tilganlarni takrorlab borishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: a sonining arcsinusi, arckosinusi, arctangensi,arckotangenslarini hisoblay olish va sinx=a, cosx=a, tgx=a, ctgx=a eng sodda trigonimetrik tenglamalarni yechish bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: faollashtiruvchi mashqlar, kichik ma`ruza, aqliy hujum, doska bilan ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil ish
Dars jihozi: trigonometrik funksiyalarning qiymatlar jadvali, Birlik aylana, trigonometric formulalar va trigonometric tenglamalarning yechimlari yozilgan ko`rgazmalar, markerlar , A4 format qog`ozlar.
Dars jarayoni:
1.Darsni tashkil qilish: Yo`qlama qilish, sinfni va o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.Doskaga ko`rgazmalarni ilish, AKT ni ishga tushirish.
2. Uyga vazifani tekshirish:
Uyga vazifa birlik aylana yasash va undan foydalanib trigonometrik funksiyalarning qiymatlarini topishni o`rganib kelish. Og`zaki bajarish uchun savollar :  
3. O`tilgan mavzuni takrorlash uchun savollar (faollashtiruvchimashqlar)
a)-ixtiyoriy burchakning sinusi deb nimaga aytiladi?
- y=sinx funksiyaning qiymatlari qaysi o`qda joylashadi?
-ixtiyoriy burchak kosinusi deb nimaga aytiladi?
y=cosx funksiyaning qiymatlari qaysi o`qda joylashadi?

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling