Ta’limiy (didaktik) o‘yinlarda lug‘at ishi


Download 22.17 Kb.
bet2/3
Sana21.12.2021
Hajmi22.17 Kb.
#182245
1   2   3
Bog'liq
LUG'AT ISHI

Lug‘at ishi uchun ushbu ta’limiy o‘yinlardan foydalanish mumkin: “Top, nima o‘zgardi?” o‘yini. Bu o‘yinning bir qancha variantlari mavjud. Bu topshiriqning murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. 2 – 3 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinning oddiy turida bolalar qarshisida turgan buyumlarga yangi buyumlar qo‘shiladi; yana bir turida buyumlardan biri olib qo‘yiladi; ancha murakkab turida buyumlardan biri yangi buyum bilan almashtiriladi yoki o‘rni almashtiriladi. Bu o‘yinda ot, son, sifat, ravish qo‘shimchalari faollashtiriladi. Masalan, qalamlar qutida edi, endi quti ustida; ikkita uzun tasmalar bor edi, endi bittasi uzun, bittasi esa kalta, o‘ng tomondan quyon o‘tirgan edi, endi qo‘g‘irchoq o‘tiribdi; qo‘g‘irchoq ro‘molda edi, endi do‘ppida. Bu o‘yinning asosiy vazifasi bolalar tomonidan beriladigan javob uchun aniq so‘zlarni tanlashdir. Shuning uchun tarbiyachi bu o‘yinda chegaralangan miqdordagi (2 tadan to 5 tagacha) o‘yinchoqlardan foydalanadi va ozgina o‘zgartirish kiritadi (1 – 2 ta o‘yinchoqni). “Kimda qanday buyum?”. Bu o‘yin 5 – 7 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladi. Maqsadi: 1. Nomlari bir xil bo‘lgan ikkita buyumni bir-biriga taqqoslashga, buyumlarni taqqoslash jarayonida ularning eng muhim belgilarini aytishga o‘rgatish; kuzatuvchanligini rivojlantirish.


Download 22.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling