Guruhlar o’z nomlariga oid ma’lumotlar beradi.
Web - sahifa guruhi:
1-o’quvchi:
Internetning WWW xizmati asosan web-sahifalarga bog’liq. Web – sahifalar
HTML tilida yoziladi. HTML gipermatnli markerlash tili hisoblanadi.
2-o’quvchi:
HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat ya’ni web-sahifa tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli.
3-o’quvchi
HTML tilining buyruqlari (<>) uchbirchak qavs orasida yoziladi va deskpirtorlar yoki teg deb ataladi. HTML hujjat fayli nomining kengaytmasi .html hisoblanadi.
Web-sayt guruhi:
1-o’quvchi:
Internet – butun dunyo bo’ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir.
1992-1993-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli, tasvirli va tovushli axborotlarni oils masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratildiki, u World Wide Web deb nomlangan.
2-o’quvchi:
Internet deganda ko’pchilik WWW ni tushunadi. Aslida WWW Internetning bir qismi bo’lib, xalqaro o’rgimchak to’ri ma’nosini anglatadi. WWW multimediya imkoniyatiga ega bo’lganligi uchun foydalanuvchilar e’tiborini juda tez qozondi
3-o’quvchi:
WWW da axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Web–sahifalarda joylashadi. Web-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko’rinishidagi axborotlarni joylashtirish mumkin, bu esa o’z navbatida reklama, tijorat, ta’lim va boshqa ko’pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar ochib berdi.
4-o’quvchi:
Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko’ra o’zaro bog’langan web-sahifalar majmui web-sayt deyiladi. Web-saytlar ham, web-sahifalar ham web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o’z adresiga ega bo’ladi.
O’tgan mavzular bo’yicha savollar kartochkalarda o’quvchilarga tarqatiladi.
HTML tilining buyruqlari qanday ataladi?
HTML dasturlash tili hisoblanadimi?
HTML hujjat fayli nomining kengaytmasi qanday?
Bloknot dasturi qanday ishga tushiriladi?
Web-sahifaga sarlavha qo’yish uchun qaysi teg ishlatiladi?
Web-sahifaga nom berish uchun qaysi deskpirtor qo’llaniladi?
Sarlavha pog’onalari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
Modem nima va u nima uchun xizmat qiladi?
Web-brouzer haqida ma’lumot bering.
HTML tilidagi qaysi teglarni bilasiz?
deskpirtorining vazifasi namadan iborat?
Web-sahifa nomi web-brauzerning qayerida aks etadi?
Deskriptor yoki teg nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |