Jj tovushi va Jj harfiga oid bilimlarni takrorlash;
Yozuv daftarida berilgan shaklni strelka bo’ylab yozishni mashq qilish
kichik j harfi osti ilmoqli uzun tayoqcha shaklidan iborat bo’lib, bir butun shaklda yoziladi. Uning nuqtasi esa so’z tugagandan so’ng qo’yiladi. j harfini bir necha qator yozish.
O’quvchilar yozuvini nazorat qilish, qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
IV. Mustahkamlash Dam olish daqiqasi:
Katta chiziq, kichik chiziq, Yozuvlarim juda qiziq.
Biz yozamiz, uzuq-uzuq. Aylantirib o deymiz,
Katta chiziq, kichik chiziq, Ilgak qo’shib A deymiz.
harflarni ulab yozishga tayyorlanish maqsadida o’rganilgan harflardan bo’g’in va so’z hosil qilib yozish.
O’quvchilar topshiriqni yozuv daftarlariga mustaqil yozadilar. Ular ishlarini kuzatish.Dars davomida o’rgatilganlar asosida savol javob o’tkazish o’quvchilar fikr mulohazalarini mustahkamlash. O’quvchilar yozuvlarini nazorat qilish. Qiynalgan o’quvchilarga yordam berish. Gap yozishga o’rgatish. So’zlar oralig’ini chamalashni o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |