Vv tovushi va Vv harfiga oid bilimlarni takrorlash;
Yozuv daftarida berilgan shaklni strelka bo’ylab yozishni mashq qilish, kichik v harfi unsurlarga ajratilmay bir butun shaklda yoziladi. Kichik v harfini yozish.
O’quvchilar yozuvini nazorat qilish, qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
IV. Mustahkamlash Katta chiziq, kichik chiziq, Yozuvlarim juda qiziq.
Biz yozamiz, uzuq-uzuq. Aylantirib o deymiz,
Katta chiziq, kichik chiziq, Ilgak qo’shib A deymiz.
harflarni ulab yozishga tayyorlanish maqsadida o’rganilgan harflardan bo’g’in va so’z hosil qilib yozish.
O’quvchilar topshiriqni yozuv daftarlariga mustaqil yozadilar. Ular ishlarini kuzatish.Dars davomida o’rgatilganlar asosida savol javob o’tkazish o’quvchilar fikr mulohazalarini mustahkamlash. O’quvchilar yozuvlarini nazorat qilish. Qiynalgan o’quvchilarga yordam berish. Gap yozishga o’rgatish. So’zlar oralig’ini chamalashni o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |