Ta‘limni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishning ahamiyati nasimova Nargiza Shavkatjonovna,Axmedov Omonjon Raxmonjonovich
Download 18.95 Kb.
|
Nasimova N Axmedov O 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro‘yxati
TA‘LIMNI INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI Nasimova Nargiza Shavkatjonovna,Axmedov Omonjon Raxmonjonovich- Farg‘ona soliq texnikumi o‘qituvchlari Ma‘lumki, mamlakatimiz yoshlari sog’lom, barkamol avlod, ijodiy va intellektual salohiyatga ega, har tomonlama rivojlangan shaxs, ma‘nan va jismonan sog‗lom, qilib tarbiyalash davlat siyosatida ustivor vazifalardan biri etib belgilandi. Oliy ta‘limda ta‘lim-tarbiya olayotgan talabalardan ta‘limning davlat ta‘lim standartlari asosida fan, amaliyot ilg’or pedagogik tajriba birligi hamda o‘zaro aloqadorligida uning samaradorligini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan ta‘lim me‘yorlari, qoidalari, daraja va sifat ko‘rsatkichlarini o‘zlarida mujassamlashtirib, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishni talab qiladi. Talabalarning olgan mutaxassisligiga tayyorgarlik darajasi zamon talablariga, bozor iqtisodiyotiga javob berishi lozim. Bu esa biz o‘qituvchilar oldiga ijodiy izlanish o‘qitishing progressiv usullarini qidirib topish, fanlar yutuqlaridan o‘qitishning noan‘anaviy uslublaridan unumli foydalanish kabi talablarni qo‘ymoqda. Oliy ta‘limda o‘quv faoliyatini boshqarishning o‘qituvchi tomonidan emas, balki o‘qituvchi boshqaruvida, talaba tomonidan o‘quv jarayonini olib borishning yangi uslublarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunday holda talabalarda oliy ta‘limning mazmuni, o‘quv faoliyatining tarkibiy qismlari, uning pedagogik-psixologik xususiyatlari va qonuniyatlari, uni tarkib toptirish yo‘llari, vositalari, o‘zlashtirish, egallab olish usullari anglangan asosda singdirib borilishi lozim. Bunga O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‗risida‖gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ misol bo‘la oladi. Mamlakatimizning rivojlanishi, dunyo miqyosida hurmat va e‘tiborga sazovor bo‘lishi kelajak avlodni har tomonlama kuchli va bilimdon qilib tarbiyalashni taqozo etadi. ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ning ikkinchi bosqichi ta‘lim jarayonidagi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya‘ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarning yechimini topib, ularni amalda keng qo‘llash bo‘lajak maktabgacha ta‘lim tarbiyalanuvchilari va murabbiylari oldiga juda katta vazifalarni qo‘ydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o‘quv jarayonini yaxshilash, o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga tadbiq etish, texnik vositalardan keng foydalanish va joriy qilish belgilab berilgan. Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlarida jumladan, maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida o‘qitish bo‘yicha ta‘lim texnologiyalari, ularni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar mashg‘ulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta‘limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. Shuningdek maktabgacha ta‘lim muassasalarida mashg‘ulotlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik kommunikatsion texnologiyalarini ushbu usullarini qo‘llash mumkin. Hozirgi kunda jaxon tajribasidan ko‘rinib turibdiki, ta‘lim jarayoniga o‘qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmoqda. Jumladan, oliy o‘quv yurtlari maktabgacha ta‘lim yo‘nalishlarida ham innovatsion va zamonaviy pedagogik g‘oyalar amalga oshirilmoqda: o‘qituvchi bilim olishning yagona manbai bo‘lib qolishi kerak emas, balki o`quvchilar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o‘quv jarayonining menejeri bo‘lishi lozim. Ta‘lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g‘oyalar yotadi. XIX asrdan yangi texnik vositalar kirib keldi. Bugungi kunda mashg‘ulotlarda har bir mavzuga oid texnik haritalar tuzishni talab etadi. Mashg‘ulotlarni yangi pedagogik texnologiyalar Tarmoqlar, FSMU, Muammoli, Aqliy hujum, Hamkorlikda ishlash, Kichik guruhlarda ishlash kabi munozarali dars metodlardan foydalanish hamda mavzuga oid texnik vositalar, plakatlar va ko‘rgazma qurollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Talabalarning fanlarni o‘zlashtirish uchun o‘qitishning zamonaviy pedagogik usullaridan va informastion texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Bunda elektron darslik uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materallar, virtual stentlar va yangi nashr etilgan zamonaviy adabiyotlardan foydalaniladi. Ma‘lumki taraqqiyot har bir sohada o‘z ta‘sirini o‘tkazadi. Taraqqiyot tufayli izlanishlar, yangilanishlar joriy etiladi. Ta‘lim tizimini tubdan isloh qilishni ta‘minlashga yangi axborot-kommunikatsion tizimlarning biri hisoblanadi. Pedagoglar uchun kompyuter zamonaviy o‘qitish usuli hisoblanibgina qolmay, ularning kasbiy mahoratini yanada oshirib, takomillashtirib borishga imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, ―Kompyuter texnologiyasi pedagog uchun o‘quv ma‘lumotlarini berish loyihalarini amalda kengaytirishga sharoit yaratadi, ya‘ni ranglardan foydalanish, grafiklar, multipilikatsiyalar holatini aniq tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Kompyuterdan foydalanish pedagogning ta‘lim berish jarayonini kengaytiradi. O‘qitish faqat kompyuterdan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, balki pedagog uchun talabalar oldiga masala va topshiriqlarni qo‘yilish darajasini turli variantlarda o‘zgartirish imkoniyatini yaratadi. Ta‘lim jarayonida madaniyatning sara qadriyatlari asosida o‘quv va tarbiya birligi shakllanadi. Ta‘lim jarayonida shaxs ijtimoiy xayotda bajarishi kerak bo‘lgan sotsial va professional rollarga tayyorlanadi. Fandagi, texnikadagi o‘zgarishlar ta‘lim tizimiga jiddiy ta‘sir etadi. Ta‘lim sifati va darajasini ko‘tarmasdan ishlab chiqarishga fan va tehnika yutuqlarini joriy qilish, uning samaradorligini oshirish mumkin emas. Ta‘lim texnologiyalarini qo‘llashda muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni tahsil oluvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish,ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida respublikamiz ta‘limiga mos bo‘lgan yangi pedagogik texnologiyalarni yaratish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirishda pedagoglar juda e‘tiborli, zukko, mahoratli bo‘lishlari zarur. Zero, -...o‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon-atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‗un holda ko‘radigan, har jihatdan barkamol insonni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1.U.Tolipov, J.Usmonboyev ―Pedagogik texnologiya: nazariyasi va amaliyoti‖ T.: -Fan va texnologiya‖ 2002 y. 2.Yo‘ldoshev J ―Ta‘lim yangilanish yo‘lida‖ T.: O‘qituvchi. 2000 y. Download 18.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling