Ta‘limni tashkil etish jarayonlari va uni o’qitish uslublari d. K. Abdieva katta o'qituvchi qmii, Qarshi shahri
Download 32.5 Kb.
|
Д. Абдиева 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
TA‘LIMNI TASHKIL ETISH JARAYONLARI VA UNI O’QITISH USLUBLARI D. K. Abdieva - katta o'qituvchi QMII, Qarshi shahri Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta'lim va tarbiya berishga alohida diqqat e'tibor qaratilmoqda. Yoshlar bizning kelajagimiz mevasi qanday bo'lishi esa hozirgi kundagi parvarishimizga bog'liq. Ta'lim-tarbiya jamiyat taraqqiyotining asosidir. Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. O’qitish uslublari deganda o’qituvchi bilan o’quvchi-talabalarning birgalikda ishlash usullari tushuniladi, shu usullar yordamida o’quvchi-talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini egallashga yordam beradi, ularning dunyoqarashi shakllanadi, hamda keyinchalik mustaqil bilim olish va uni ijodiy qo’llash qobiliyati rivojlanadi. O’qitish metodi o’qituvchi va o’quvchilar nazariy va amaliy bilish faoliyatining ta‘limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo’lidir. Ta'lim metodlari quyidagi muayyan talablarni bajarishga qaratilgan bo'lishi lozim: - O'quv materialini o'rganishning o'qituvchi tavsiya etgan yo'li fikrlashning dialektik-materialistik usuli mustaqil qarashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Shuning uchun esa talab nuqtai nazaridan metod tarbiyaviy tusda bo'lishi lozim. - O'qitish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo'lishi zarur. Shundagina o'qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo'yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo'lmasligini ko'ra oladi. - O'qitishning tizimliligi va samaradorligini belgilaydi. - O'qitish metodining tushunarliligi: o'qitishning yo'li o'quvchi uchun qabul qilinishi va qo'llanishi, o'quv materialini o'rganishning usuli esa bilimlarni o'zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo'lishi lozim. - O'qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir. - Bilimlarning puxtaligi va asosliligi. - O'qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi Har qanday ta'lim metodidan biror maqsadga erishish ko'zda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo'yishni, unga erishish bo'yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi. O'qitish metodlarini tanlash o'qitish qonuniyatlariga va ulardan kelib chiqadigan prinsiplarga bo'ysundirilishi kerak. Bu metodlar ta'lim, tarbiya va kamolotga etkazish vazifalarini kompleks hal qilishga; qo'llanilayotgan metodlarning ilmiyligini ta'minlashga; ularning o'quvchilar uchun qulayligi, o'qishda faollik va mustaqillikni rivojlantirishga, bilimlar mahorat va malakalarning mustahkamligini ta'minlashga qaratilishi zarur. O'qitish metodlarini tanlashda o'quvchilarning o'quv imkoniyatlari mezoni o'qituvchi o'quvchilarning izlanish faoliyatini, materialni deduktiv o'zlashtirishga va mustaqil amaliy ishga uning tayyorgarlik darajasini, o'qishga munosabatlarini, o'qishda o'z-o'zini nazorat qilishning rivojlanganlik darajasi va ish qobiliyatining holatini albatta o'rganishini nazarda tutadi. Metodlarni tanlashda o'qituvchida o'sha metodlarning u yoki bu birikmasini qo'llash uchun vaqtning bor-yo'qligi ham hisobga olinadi. Turli o'qitish metodlarini tanlashda o'qitish davomida hal qilinadigan asosiy o'qitish vazifalariga (og'zaki-mantiqiy tafakkur, ko'rgazmali-obrazli tafakkur, tafakkurning mustaqilligi, xotirani rivojlantirish, nutq rivojlanishi, bilimga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish, kasbiy mehnatga qiziqtirish, irodani kuchaytirish, his-xayojon uyg'otish) qarab tanlash zarur. Nazariy va aniq bilimlarni tarkib toptirishda, material asosan nazariy-axborot xarakterida bo'lganda, o'quvchilar axborotni og'zaki o'zlashtirishga tayyor bo'lishganda, o'qituvchi tegishli mavzuni og'zaki metodda yaxshi egallaganda asosan og'zaki metoddan foydalanish yaxshi natija beradi. O'quv materialining mazmuni ko'rgazmali tarzda berilganda, mavjud ko'rgazmali vositalar o'quvchilarga tushunarli bo'lsa, o'qituvchi materialni o'tishga zarur bo'ladigan uslubiy va ko'rsatmali qo'llanmalar mavjud bo'lganda o'qitishning ko'rsatmali metodidan foydalanish yaxshi natija beradi. Bu metodda o'quvchilarning kuzatuvchanligi rivojlanadi. O'quv mehnati malakalarini, kitob ustida ishlash, tajribalar o'tkazish, materialni to'g'ri eslab qolish, o'quv topshiriqlarini (referat) mustaqil hal qilish, asosiyni ajrata bilish, o'z ishini rejalashtira olish kabi mahoratlarni oshirishda asosan amaliy va mustaqil ishlash metodlaridan foydalanish lozim. Boshqa o'qitish metodlaridan ham o'quv materialining mazmuni, o'quvchilarning holatiga, o'qituvchining tayyorgarlik darajasiga qarab boshqa o'qitish metodlaridan ham foydalanib dars o'tish lozim. Тalabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish uchun mashg'ulotlarda zamonaviy ta'lim metodlari va texnologiyalaridan foydalanish davr talabi hisoblanadi. Shunday metodlardan biri reproduktiv metoddir. Reproduktiv metodda bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi, bilimlar ongli o'zlashtiriladi, ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi, bilimlarning mustahkamligi tez-tez takrorlash yo'li bilan ta'minlanadi. O'qitishning reproduktiv metodida o'quvchi-talabalarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy aktivliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv metodda hikoya usuli ishlatiladigan bo'lganda o'qituvchi faktlarni, dalillarni, tushunchalarning ta'rifini tayyor holda beradi, e'tiborni asosan mustahkam o'zlashtirib olinishi zarur bo'lgan asosiy tomonlarga qaratadi. Keyingi vaqtlarda o'quvchi-talabalar bilan shug'ullanishni yaxshilash maqsadida guruhlarni kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish yaxshi natija beradi. Bunday metodda o'qituvchi har bir o'quvchi bilan individual shug'ullanish imkoniga ega bo'ladi. Ba'zi hollarda o'quvchilarning qiziqishiga qarab ham guruhlarga bo'lib dars o'tish ham mumkin. Guruhlarni juftlik guruhchalarga bo'lib har bittasiga alohida o'qituvchi dars o'tadi. Bunda o'qituvchini tanlash o'quvchilarning o'z ixtiyoriga beriladi. Bunday o'qitish metodlarida o'qituvchiga katta ma'suliyat yuklanadi. O'quvchi o'ziga mos bo'lgan o'qituvchini tanlash imkoniga ega bo'ladi. O'quvchi-talabalarni o'qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda o'yinli texnologiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyatini tashkil etadi. Didaktik o'yinlar mehnat bilan o'qishni bog'lovchi faoliyat hisoblanadi. Didaktik o'yinlarda ishtirokchi shaxs sifatida o'zini namoyon qilish, hayotda o'z o'rnini barqaror qilish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish kabi ishlarga асос яратади. O'yin ishtirokchilarida o'z xulqini boshqarish shakllanadi va takomillashadi. O'yin paytida o'quvchida ijobiy ish faoliyati kuchayadi, ixtiyoriy diqqat, xotirasi takomillashadi. Hozirgi vaqtda dars o’zining an‘anaviy maqsadlari, mazmuni, tashkiliy-metodik jihatlari o’quvchilar ishlarini faollashtirish darajasi, strukturasi, sur‘ati, ta‘limning texnik vositalarga boyligi bilan farq qiladi. Har bir yangi o’tilgan mavzu o’quvchi-talabalar uchun muammoli bo’lishini ta‘minlash lozim. Agar darslar tizimida muammoli vaziyatlar ko’p o’rin olsa, bunday ta‘limni muammoli, kamol toptiruvchi ta‘lim deb hisoblanadi. Muammoli ta‘lim deganda o’quv materialini o’quvchilar ongida ilmiy izlanishga o’xshash bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yo’sinda o’rgatish tushuniladi. O’quvchining fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular o’quvchilarni ob‘ektiv ravishda izlanishga va mantiqan to’g’ri ilmiy xulosalar chiqarishni o’rganishga da‘vat etadi. ADABIYOTLAR: 1. Karimov I.A. «Barkamol avlod orzusi». T.: 1999 y. 2. Azizxo'jaev N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T.: 2003 y. 3. Gaybullaev N.R. va boshqalar «Pedagogika» T.: 1996 y. Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling