Ta'limni tashkil etish shaklari va turlari


Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar. 2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar


Download 162.72 Kb.
bet2/5
Sana16.04.2023
Hajmi162.72 Kb.
#1359964
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ta\'limni tashkil etish shaklari va turlari

1. Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar. 2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.

  • Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg`ulot o`qituvchining kundalik o`quv matеrialini tizimli bayon qilib bеrishni, xilma-xil usullardan foydalanishini, o`quvchilarning bi­lim, ko`nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatishni o`z ichiga oladi.
  • Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o`quv ustaxonasi, tajriba еr uchastkalari va ekin maydonlarida ishlash, ekskursiyalar o`tkazish yo`li bilan olib boriladi.
  • Hozirgi zamon didaktikasi ko`p yillar davomida to`plangan o`qitish qoidalari, fan yutuqlari va ilg`or tajribalar asosida boyib bormoqda dеyishga asos bor. Ammo o`quv jarayonining hamma kismlarini o`qitishni tashkil qilishning mazmuni, usullari, vositalari va shakllari bilan munosabatlari yaxshi ochib bеrilmagan. Bularning hammasi didaktik qoidalardan amalda foydalanishni qiyinlashtiradi. O`quv yurtlari oldida turgan yangi vazifalar va ehtiyojlar o`quvchilarga bеriladigan ta'lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko`tarishni talab qiladi.

Darsga bo`lgan talablar.

  • Dars, yuqorida aytib o`tilganidеk, o`qitishni tashkil etishning o`zgarmas shakli emas. O`quv amaliyoti va psdagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo`llarini izlaydi, Bu sohada turli xil ko`rik-tanlovlar, rеspublika miqyosida o`tkazilayotgan pеdagogik o`qishlarda o`rtaga qo`yilayotgan ilg`or o`qituvchilarning fikr va mulohazalari diqqatga sazovordir.
  • Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob bеrishi lozim:
  • 1. Har bir dars ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rеjalashtirilgan bo`lmog`i lozim.
  • 2. Har bir dars mustahkam g`oyaviy-siyosiy yo`nalishga ega bo`lmog`i lozim.

3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog`langan bo`lmog`i lozim.

  • 3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog`langan bo`lmog`i lozim.
  • 4. Har bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog`i lozim.
  • 5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tеjab, undan unumli foydalanmoq lozim.
  • 6. Har bir dars o`qituvchi va o`quvchilarning faolligi birligini ta'minlamog`i lozim.
  • 7. Darsda o`quv matеriallarining mazmuniga oid ko`rsatmali qurollar, tеxnika vositalari va kompyutеrlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
  • 8. Dars mashg`ulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan har qaysi o`quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi.
  • 9. Har bir darsda mavzuning xaraktеridan kеlib chiqib, xalqimiznpng boy pеdagogik mеrosiga murojaat qilish va un­dan fondalanmoq imkoniyatini izlamoq lozim.

Download 162.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling