Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarni tashxis etish


Download 132.26 Kb.
bet2/13
Sana16.06.2023
Hajmi132.26 Kb.
#1509969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI, TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI.

Tayanch o’quv reja umumiy o’rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Baholash tizimi - davlat ta’lim standarti bo’yicha umumiy o’rta ta’limning malaka talablarini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o’rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
Ta’lim mazmuni va o’quv dasturlari asosida o’quv materiallari o’quv-metodik majmuada o’z ifodasini topadi.
O’quv-metodik majmua - darslik, mashq daftari, o’qituvchi uchun metodik qo’llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.
4. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
Metod so'zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo'li” kabi ma'nolarni anglatadi. Filosofiya lug'atida ushbu tushuncha umumiy tarzda “maqsadga erishish usullari*1 deya sharhlangan.
Ayni vaqtda, pedagogik manbalarda “ta'lim metodi” tushunchasiga berilgan ta'riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo'lish mumkin. Mazkur o'rinda ularning ayrimlarini keltiramiz:



Ta’lim metodlari-zamonaviy darajada o’quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat usullaridir. (V.I.Zagvyazinskiy)



Ta’lim metodlari- o’quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) bo’lib, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining barcha yo’nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o’rtasida ko’p sonli aloqa va bog’lanishlarni yuzaga keltiradi. (G.I.Shukina)

Ta’lim metodlari deganda o’qituvchining o’rgatuvchanligi va o’quvchilarning o’quv materialini egallashga yo’naltirilgan turli didaktik masalalar yechimini topishga oid o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi. (I.F.Xarlamov)

Ta’lim metodi-belgilangan maqsadga erishishni ta’minlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir.
(P.I.Podlasiy)

1-rasm. “Ta’lim metodi” tushunchasining mohiyatini yorituvchi qarashlar

Download 132.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling