Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarni tashxis etish


Shuningdek, ta'lim metodlarining o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to'g'risidagi fikrlar ham mavjud


Download 132.26 Kb.
bet3/13
Sana16.06.2023
Hajmi132.26 Kb.
#1509969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI, TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI.

Shuningdek, ta'lim metodlarining o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to'g'risidagi fikrlar ham mavjud.
“Ta'lim metodlari dastlab pedagog ongida, muayyan yo'nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo'ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining o'zaro tutashuvi, o'qitish va o'qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo'lmaydi, buning boisi ta'lim metodi o'zida, umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”.
Ta'lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:



Ta’limiy

Rivojlantiruvchi

Tashkiliy

Motivatsiyali

Ta’lim metodlari



Tarbiyaviy


“Ta'lim metodi” atamasi bilan birga ko'p hollarda “metodik usul” (sinonimlari - pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham Qo'llaniladi. U ta'lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta'riflanadi. Har bir ta'lim metodi muayyan ta'lim usullarini chog'ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o'qituvchi faoliyatida tez-tez qo'llaniladigan usullarni ajratib ko'rsatish mumkin:



Metodik usullar





Masalani organish

Namoyish (ko’rgazmali, obektiv-tajriba, amaliy va aqliy harakatni namoyish etish hakozolar )





Yo’l-yo’riq ko’rsatish



Topshiriq berish

Har bir metod ma'lum ta'limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo'lishi mumnkin. Universal ta'lim metodiari mavjud emas, shu bois darsda turlita'lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin. Ta'lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:


-didaktik maqsad asosida;
-ta'lim mazmuni asosida;
-o'quvchilarning o'quv ko'nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
-o'qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O'qituvchi tomonidan qo'llanilayotgan ta'lim metodlari majmuasi boshlang'ich sinflardan yuqori sinflarga o'tish asosida o'zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo'llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo'llashga bo'lgan ehtiyoj kamayadi. Ta'lim metodlaridan foydalanish ko'Iami, holati o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog'liq holda o'zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo'layotgan yana bir muhim obyekt ta'lim metodlarining tasnifidir. “Ta'lim metodlari tasnifi ularning ma'lum belgilari bo'yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o'nlab ta'lim metodlari ma'lum”, ekanligini ta'kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, “Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g'oya yagona va o'zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi.



Download 132.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling