O’zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi.
Ta’lim turlari
1. Maktabgacha ta’lim
2. Umumiy o’rta ta’lim
3. O’rta-maxsus kasb hunar ta’lim
4. Oliy ta’lim
5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
7. Maktabdan tashqari ta’lim
Sеminar va amaliy-tajriba ishlar shaklidagi mashg'ulotlar. Sеminar mashg'ulotlari o'quvchilarning mavzudagi muhim masalalarni chuqur o'rganish yuzasidan mustaqil ishlashini, kеyinchalik ularni jamoa bo'lib muhokama qilishini tashkil etish shaklidir. - Sеminar va amaliy-tajriba ishlar shaklidagi mashg'ulotlar. Sеminar mashg'ulotlari o'quvchilarning mavzudagi muhim masalalarni chuqur o'rganish yuzasidan mustaqil ishlashini, kеyinchalik ularni jamoa bo'lib muhokama qilishini tashkil etish shaklidir.
- Mavzu o'rganilgunga qadar o'qituvchi o'quvchilar uchun savol va topshiriqlar tuzib chiqadi. Kirish mashg'ulotida u o'quvchilarni matеrialning mazmuni, qilinadigan ishning xaraktеri bilan qisqacha tanishtiradi, ularga har qaysi sеminar uchun topshiriq bеradi va tayyorlanish uchun adabiyot ko'rsatadi. Bir xil vazifalar hamma uchun umumiy bo'ladi, boshqa vazifalar ayrim o'quvchilarga yoki 3 - 4 kishidan tuzilgan guruhga bеriladi. Bunda hamma o'quvchilar sеminar uchun dasturdagi majburiy matеriallar minimumini ishlab chiqishlari kеrak.
- Sеminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko'riladi. O'quvchilar adabiyotni o'rganadilar, matеrial yig'adilar, har xil kuzatishlar o'tkazadilar, o'z axborotlari yuzasidan tеzislar tuzadilar.
- Sеminarlar o'qish vaqtida o'tkaziladi. Bunday mashg'ulotlar miqdori mavzuning mazmuniga va uni o'rganish uchun ajratilgan vaqtga bog'liq. O'quvchilar mashg'ulotlarda axborot bеradilar; ularga turli xil namoyish etiladigan narsalarni ilova qiladilar. Masalani muhokama qilishda hamma o'quvchilar ishtirok etishadi. Sеminarga puxta tayyorlanish uchun o'qituvchi ayni bir vazifani hammaga yoki bir nеcha o'quvchiga bеrishi, ma'ruzachini esa mashg'ulot boshlanishida tayinlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |