Ta'limni tashkil etish va uni boshqarishning me'yoriy-huquqiy asoslari Reja
Download 20.51 Kb.
|
1MAVZU REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shavkat Mirziyoev
- Maktabgacha talim .
- Umumiy o‘rta talim
- Mahkamasining 1995 yil 21 noyabrdagi “Talim muassasalari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqidagi” 440-son va 1998 yil 13 maydagi 203-son qarorlari).
2. Ta'limdagi islohotlar
“Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta'lim-tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu bois ta'lim jarayonining usluksizli-gini ta'minlash, o‘quv dasturlarini takomillash-tirish zarur” Shavkat Mirziyoev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida 2017 – 2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan. Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta'limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan to‘liq ta'minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta'lim sifatini tubdan oshirishda qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga alohida e'tibor qaratiladi. Xozirgi kunda maktabgacha ta'lim tizimi, umumiy o‘rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim,oliy ta'limdan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'limda davr talabiga mos o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Ta'lim-tarbiya jarayoniga xalqaro tajribalar asosida yangi dasturlar joriy etilib, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasi sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tariladi. MTMlarni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, ularning sifat tarkibini yaxshilash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtiriladi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017–2021 yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruh ochiladi. 3–6 yoshdagi maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olinmagan farzandlari bor 400 ming oila metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan alohida vazirlik Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi. Bu bilan Xalq ta'limi vazirligi vakolatlarining bir qismi yangi davlat tuzilmasiga o‘tkazib berildi. O‘zgarishlar natijasida bolalarni bog‘chalarga qabul qilish 3 yoshdan amalga oshirilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri "Barcha rivojlangan mamlakatlarda bog‘chalarga qabul qilish yoshi 3 yoshdan boshlanadi. 3 yoshgacha bolalar ko‘p kasal bo‘ladilar va jamoat joylariga qiyinchilik bilan ko‘nadilar. Shu yoshdagi bolalar bilan ta'lim va tarbiyasi ota-onalari bilan birgalikda uyda o‘tkazishsa maqsadga muvofiqdir. Bunday yondoshuv ijobiy natijalarni bermoqda", — deb ta'kidladi. Respublikadagi barcha bolalarni qamrab olish maqsadida bog‘chalar soni oshirish rejalashtirildi. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida: - “Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish; - eksperiment natijasiga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida maktabgacha ta'lim sohasida davlat xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. - 2018 yilda maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirish kabi vazifalar belgilab berildi. Bundan tashqari 2018 yilda O‘zbekistonda xususiy bog‘cha va maktablar tashkil etilishi vazifasi qo‘yilgan. Ushbu muassasalarda iqtidorli bolalar uchun grant tizimi ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Umumiy o‘rta ta'lim. Umumiy o‘rta ta'limga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o‘rta ta'limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi bilan uzviy aloqadorligini ta'minlash maqsadida 2017 yil 15 martda Vazirlar Mahkamasining 140-son qarori bilan “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Ilgari, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining huquqiy maqomi bir vaqtning o‘zida 2 ta qaror bilan tartibga solingan edi (Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 21 noyabrdagi “Ta'lim muassasalari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqidagi” 440-son va 1998 yil 13 maydagi 203-son qarorlari). Shu bilan birga ushbu qarorlarda ayrim normalarning boshqa qonun hujjatlariga zid, shuningdek unda o‘z kuchini yo‘qotgan Hukumat qarorlariga havolalar mavjud bo‘lgan. Mazkur Nizom tasdiqlangunga qadar ta'lim tizimida bir qator o‘z yechimini kutayotgan masalalar mavjud edi. Jumladan: Sinflarda o‘quvchilar sonini me'yordan ortib ketganligi; 6 yoshli bolalarning maktabga qabuli; umumiy o‘rta ta'limga to‘liq qamrab olinishi va o‘quvchilarning harakatini doimiy nazoratga olish uchun har bir umumta'lim muassasasiga ma'lum bir hudud (mikrohudud) biriktirilmaganligi; birinchi sinfga o‘quvchilarni qabul qilish uchun topshiriladigan hujjatlar ro‘yxatiga aniqlik kiritilmaganligi; 8-9-sinflarda jismoniy tarbiya fanidan guruhga bo‘linmay olib borilayotganligi, olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining filiallari, kam komplektli sinflar tashkil etish tartibi, logopediya shoxobchalari hamda kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatiga oid masalalar mavjud edi. Ushbu qaror kuchga kirgandan so‘ng yuqoridagi masalalar o‘z yechimini topdi. Download 20.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling