Ta`limning fanga yo‟naltirilgan texnologiyasi


  Didaktik  markazlashgan  texnologiya


Download 50.5 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi50.5 Kb.
#214432
1   2   3   4
Bog'liq
TA

2.  Didaktik  markazlashgan  texnologiya.  Bu  texnologiya  markazida  ta'lim  

jarayoni  turadi  va  ta'lim  jarayoni  tarbiyadan    ustun    qo‗yiladi.  Aynan  didaktik  

vosita yordamida shaxsni shakllantirish maqsad qilib qo‗yiladi. Bunda o‗qituvchi 

yetaklovchi sifatida maydonga chiqadi. Ikki tomon ham (o‗qituvchi va talaba) bir 

xil pozitsiyani egallaydi. Asosiy maqsad ta'lim olish  va tomonlar  hamkorlikda ish 

olib boradilar. 

      3.      Shaxsga    yo„naltirilgan  texnologiyalar.  Ta'lim  tizimining  markazida  

talaba  shaxsi  turadi.  Talabaning  rivojlanishiga  so\lom    psixologik  muhitni  tashkil 

qilish,  nizo  va  inqirozlardan  asrash,  tabiiy  imkoniyatlarini  rivojlantirish, 

qobiliyatini o‗stirishga qaratilgan. Bu yo‗nalishni to‗rt guruhga bo‗lish mumkin: 

     a)  Insoniy  texnologiyalar  (Gumanno-lichnostyu  texnologii).  Bu  texnologiya 

o‗zining  insoniyligi  bilan,  psixoterapevtik  yo‗nalishi  bilan    ajralib  turadi.  Ushbu 

texnologiyaning  mazmuni  talaba  shaxsini  har  tomonlama  qo‗llab-quvvatlash  va 

talabani ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan hurmat  va mehr 

bilan  qarash  va majburiylikdan voz kechishdan iboratdir.  

    b)  Hamkorlik  texnologiyasi.  Bu  texnologiya  demokratiya,  hamkorlik,  tenglik 

kabi \oyalar asosida qurilgan. O‗qituvchi v talaba orasidagi munosabatlar sub'ekt  -  

sub'ekt sifatida qaraladi. Birgalikda ta'lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod 

etiladi. 

    v) Erkin tarbiya texnologiyasi. Talabaga  tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi. 

Talaba o‗zi tanlagan  vosita  va mazmunni to‗liq qabul qiladi, hamda  bu faoliyatni 

xoxish bilan bajaradi. Ichki  extiyoj bilan  uy\unlik  hosil bo‗ladi. 

    g)    Ezoterik  texnologiya.  Ezoterik  bilimlar  (ongdan  tashqari)  qonuniyatlarni 

o‗rganish orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi. 

 

     Ilmiy  tajribani  o‗rganish  bo‗yicha:  Geshtalt  texnologiya,  Bixeivioristik 



rivojlantiruvchi  kabi texnologiyalarni ajratish mumkin. Bixeivioristik texnologiya 

– (E. Torondayk, D. Uotson, V.S. Dinner va boshqalar) bu nazariyaning umumiy 

ko‗rinishi  quyidagicha:  Stimul-reaksiya-mustahkamlash.  Stimul  –  qo‗z\atuvchi, 

reaksiya – faoliyat, mustahkamlash – baholash va ra\batlantirish. Ular o‗zlashtirish 

mexanizmi  mana  shu  ko‗rinishda  vujudga  keladi  degan  fikrni  oldinga  tashlaydi. 

Bunda  talabaning  munosabati  va  hissiyotlari  hisobga  olinmaydi  va  talabaning 

onglilik  masalasiga kam e'tibor qaratiladi.  

33 


 

     Geshtalt texnologiya – (M. Vetmeymer, G. Myuller, V.Keler) talabaning qabul 

qilishiga,  idrok  qilish  refleksini  o‗rganishga  asoslangan,    yangi  mavzuni 

o‗zlashtirish yorqin  fragmentlardan va yakuniy  fikrlardan tashkil topish nazarda 

tutiladi.  Idrok  va    diqqatga  qaratilgan  texnologiyalardir.  Talabaning  qabul  qilish 

xususiyatlarini  va  diqqatning  psixologik  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  

o‗zlashtirish  jarayonini  tashkil  etish  zarur  ekanligini  ta'kidlaydi  va  shu  asosda 

o‗zlashtirish texnologiyalarini yaratadi. 

  3. Rivojlantiruvchi  texnologiya. V.V. Davidov, D. B. Elkonin \oyasi. 

    Asosiy  mazmuni  -  nazariyaning  amaliyotdan  ustunligi  va  mazmuniy 

umumlashtirishlardan 

foydalanish, 

mantiqiy 

bo\liqliklar 

va 

guruhlash 



sistemalashtirishdir. Umumiydan yakkaga qarab harakatlanish. Mavjud bilimlardan 

yangi  bilimlarga  qarab  harakat  qilish,  ya'ni  bor  bo‗lgan  assotsiatsiyalar  asosida 

yangi  assotsiatsiyalarni  vujudga  keltirishni  nazarda  tutadi.  Talabaning  tushunishi 

oson  bo‗lgan  bilimlardan  uzoqroq  va  murakkabroq  bilimlarga  qarab 

xarakatlanishni  tavsiya  etadilar  (oblast  blijayshego  razvitiya).  Soddadan 

murakkabga qarab izchil rivojlanish o‗zaro bo\liqliklarga amal qilish talab etiladi.  

     4. Suggestiv texnologiya. Emotsional, yorqin taasurot, ishontirish, qiziqtirishga 

yunaltirilgan.  Talaffuz,  mimika,    gipnoz,  avtoritetdan  foydalanish  kabilarga 

asoslanadi.  His–tuy\ularni  uy\otishga  qaratilgan.    O‗zlashtirish  jarayonida 

insonning  nafaqat  ongi,  balki  his-tuy\ulari  ham  ishtirok  etishini    va  o‗zlashtirish 

jarayonida hissiyotlarni uy\otish bilimlarning faqat ong bilan emas, balki qalb bilan 

ham  anglab  yetishiga  yordam  berishini  ta'kidlaydilar.  Faqat  ong  bilan  qabul 

qilingan  bilimlar  quruq  va  yuzaki  bo‗ladi  degan  fikrlar  asosida  o‗zlarining 

o‗zlashtirish  texnologiyalarini  yaratadilar.  Ular  har  bir  yangi  mavzuni 

o‗zlashtirishda obrazlardan foydalanish, hissiyotlarni uy\otish va har bir talaba ana 

shu hislarni sezishini ta'minlashga e'tibor beradilar. 

  


Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling