Ta’limning mazmuni nimaga o‘qitish kerak?
Download 39.34 Kb.
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- S.L.Rubinshteynning
- N.A.Menchinskaya
- D.N.Bogoyavlenskiy, E.N.Kabanova - Meller, S.F.Juykov
L.S.Vigotskiy o‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga alohida e’tibor bergan, ta’lim bilan taraqqiyot o‘rtasida murakkab o‘zaro munosabat mavjudligini ta’kidlagan olimdir. “Biz bola taraqqiyotida ikki bosqichni aniqlashimiz zarur, bu bosqichlarni bilmasdan bola taraqqiyotining borishi va unga ta’lim berish imkoniyatlari o‘rtasidagi har bir holatda aniq echimni topa olmaymiz. Biz bu erda bola psixik funksiyalari taraqqiyotining - erishilgan darajasini nazarda tutyapmiz”2. Bu asnoda, qontekstda bola taraqqiyotining aktual zonasi nazarda tutilmoqda. L.S.Vigotskiy - taraqqiyotning yaqin zonasi tushunchasini ham kiritadi va uni quyidagicha ta’riflaydi: “o‘zi mustaqil echa olmaydigan masalalarni kattalar yordamida, rahbarligida bajarish - bola taraqqiyotining yaqin zonasini tashkil qiladi. Bola bugun kattalar yordamida bajargan ishini, ertaga o‘zi mustaqil bajaradi. SHunday qilib, u ta’limning muhim xususiyati - bu atrofdagilar bilan o‘zaro munosabat, hamkorlik”, deb hisoblagan.
S.L.Rubinshteyn va A.V.Brushlinskiylar Vigotskiyni muayyan darajada tanqid qildilar. Ularning ta’kidlashicha, L.S.Vigotskiy nazariyasida, taraqqiyotning “aktual” darajasi va “taraqqiyotning yaqin zonasi”, ya’ni bolaning nimanidir mustaqil bajarish ko‘nikmasi va uning “hamkorlikda bajarish” malakasi bir-biriga qarama-qarshidir. Demak, birinchi holda ikkinchisi umuman inkor etiladi. Tafakkurning ichki qonuniyatlarini tushunish uchun bir-biriga zid bo‘lgan ikki yo‘l etarli emas. S.L.Rubinshteynning nazariyasiga ko‘ra umumlashtirish va aqliy harakatlarning ko‘chish holati o‘quvchilarning aqliy taraqqiyotini belgilovchi mezon sifatida ishlatilishini nazarda tutadi. U ta’limda tafakkurning mantiqiy shakllari (tushuncha, hukmlar va xulosalar chiqarish)ning tarkib topishi va rivojla-nishi to‘g‘risida ham nazariy, ham amaliy xususiyatga ega bo‘lgan fikrlarni bildiradi. Ta’limda tafakkur operatsiyalarining ahamiyati muammosining yoritilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Muallif ta’limda umumlashtirishning uch xil turi mavjudligini ta’kidlaydi: empirik, nazariy va deduktiv umumlashtirishlardir. S.L. Rubinshteyn mulohazasiga ko‘ra, ushbu umumlashtirishlar yordamida ish tutilsa, topshiriq yo asta-sekin (empirik) yoki “birdaniga” (nazariy) hal qilinishi mumkin. Rus psixologlari ilmiy tadqiqotlarini to‘rt yo‘nalishga ajratish mumkin, chunki ularning har birida ta’lim va tafakkur tabiati mualliflarning dastlabki nazariy yondashuvlariga bog‘liqligi tufayli tafakkur mustaqilligiga turlicha ahamiyat berilgan. Birinchi yo‘nalishni N.A.Menchinskaya rahbarligida amalga oshirilgan tadqiqotlar tashkil qiladi. Ular tafakkur faoliyatini uch tomondan o‘rganadilar: birinchidan, tafakkur faoliyatining mahsulotlari, ya’ni o‘quvchilar egallaydigan bilimlar, tushunchalar tadqiq qilinadi. Ikkinchidan, o‘quvchining tafakkur jarayonlari, uchinchidan, o‘quvchida shakllangan va bilimlarni egallash jarayoniga ta’sir qiladigan tafakkur faoliyatining xususiyatlari kabilar. Ushbu muammoni ishlab chiqishda o‘quvchi shaxsiy fikrlash jarayonlarini boshqaruvchi va tartibga soluvchi ta’limning ob’ektigina emas, balki sub’ekti bo‘lib ham ko‘zga tashlanadi. Mualliflar voqelik bilan bog‘liq holda o‘quvchilarda tafakkur faoliyatining mahsuldor usullari yoki yo‘llarini shakllantirish muammosiga alohida e’tibor berdilar. Mualliflar tafakkur bilan amaliy harakatlarning o‘zaro munosabatlari turli shakllarga ega ekanligiga ahamiyat qaratadilar: N.A.Menchinskayaning ta’kidlashicha, ijodiy va oqilona fikr yuritish malakasini shakllantirishning mahsuldor usulini o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi. Ma’lumki, bu muammoni D.N.Bogoyavlenskiy, E.N.Kabanova - Meller, S.F.Juykov va boshqa mualliflar tadqiq etganlar. Ikkinchi yo‘nalish P.YA.Galperin va uning shogirdlarining aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasida ifodalangan. Bu guruh olimlarining fikricha, alohida olingan fikr psixik hodisa sifatida “...ichki aqliy rejaga o‘tkazilgan, keyinchalik ichki nutqqa aylangan predmetli harakatdir”3. P.YA. Galperinning ta’kidlashicha, harakatni dastlabki bajarish tafakkurning alohida aktini tashkil qiladi. Muallif orientirlashning 3 xil asosga ajratadi. I tip orientirovka harakati orientirlash asosining to‘liq emasligi bilan tavsiflanadi. II tip orientirovkada to‘liq orientirlash asosida harakatning tuzilishi yuzaga keladi. III tip - materialning asosiy birliklari va ularning birikuv qonunlariga orientirlash, asosan aniq ob’ektlar uchun harakatning orientirlash asosini mustaqil tuzish metodlari aniqlanadi. SHunday qilib, bu nazariyaga ko‘ra, tafakkurning haqiqiy mustaqilligi orientirlash asosining har 3 tipida namoyon bo‘lishi mumkin. Download 39.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling