Ta’limning zamonaviy mеtоdlari va vоsitalari
Download 1.45 Mb.
|
Adabiy ta\'lim metodlari
Og'zaki bayon qilish metodlari. O'quv informatsiyasini so'z orqali uzatish va axborotni eshitish orqali qabul qilish metodiga og'zaki bayon qilish metodi deb ataladi. Og'zaki bayon qilish metodlarida o'qituvchining nutqi – o'qitishning eng tushunarli va tarqalgan vositasidir. O'qituvchi nutqdan foydalanishni o'rganib olgach, xatto eng mavhum tushunchalarni, g'oyalarni bolalarga tushunarli qilib aytib beradi. Nutq yordamida u bolalar ongida o'tmishning yaqqol manzarasini, insoniyatning ajoyib istiqbolini, koinotning tuzilishini tasavvur qila oladi. Nutq o'quvchilarning tasavvuri xotirasi tuyg'ularini faollashtiradi.
Hikoya – o'quvchilar yashab turgan zamon va joydan uzoq bo'lgan, bevosita kuzatish mumkin bo'lmagan narsa, hodisa va voqealar to'g'risida bilim berishnng asosiy metodlaridan biridir. Hikoyaning bir necha turi mavjud: hikoya – muqaddima, hikoya-bayon, hikoya-xulosa. Hikoya – muqaddimaning maqsadi – o'quvchilarni suhbat orqali yangi bilimlarni qabul qilishga tayyorlash. Hikoyaning bu turi nisbatan qisqaligi, yorqinligi, qiziqarliligi va hissyotga boylgi bilan ajralib turadi, yangi bilim olishga qiziqish uni faol o'zlashtirishga ehtiyoj uyg'otadi, darsga befarqlik, loqaydlikni yo'qotib, bilim olish maqsadini hosil qiladi.
Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling