Ta’limning zamonaviy mеtоdlari va vоsitalari


Download 36.81 Kb.
bet9/13
Sana15.11.2023
Hajmi36.81 Kb.
#1776818
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ta’limning zamonaviy mеtоdlari va vоsitalari

Kuzatishlar metodini keng tatbiq etish zarurati bolalar tevarak-atrofdagi voqeilik hodisalarini bilish jarayonini hisobga olishdan kelib chiqadi. Kuzatishlar asosida o'quvchilarning tasavvurlari tarkib topadi hamda ularning bilimlari chuqurroq va ishonchliroq bo'lib qoladi. Kuzatish samaradorligining ana shu oxirgi sharti uni o'quvchilarning amaliy ish metodi bilan birlashtiradi, bu metod ham hozirgi vaqtda keng yoyilmoqda. Mavzuning mazmuniga bog'liq bo'lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bo'lavermaydi. Shuning uchun ham o'tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Ekskursiya metodi sinf sharoitida – dars jarayonida qo'llaniladigan o'qitish metodlaridan tubdan farq qiladi.

  • Kuzatishlar metodini keng tatbiq etish zarurati bolalar tevarak-atrofdagi voqeilik hodisalarini bilish jarayonini hisobga olishdan kelib chiqadi. Kuzatishlar asosida o'quvchilarning tasavvurlari tarkib topadi hamda ularning bilimlari chuqurroq va ishonchliroq bo'lib qoladi. Kuzatish samaradorligining ana shu oxirgi sharti uni o'quvchilarning amaliy ish metodi bilan birlashtiradi, bu metod ham hozirgi vaqtda keng yoyilmoqda. Mavzuning mazmuniga bog'liq bo'lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bo'lavermaydi. Shuning uchun ham o'tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Ekskursiya metodi sinf sharoitida – dars jarayonida qo'llaniladigan o'qitish metodlaridan tubdan farq qiladi.
  • Ekskursiya ta'lim va tarbiya ishlarining shunday formasiki, bu metod qo'llanilganda o'rganilayotgan narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, fermer xo'jaliklari, tabiatni o'rganish va shuning singari joylar) yoki maxsus muassasalarga (muzey, vistavka va hokazolarga) tashkiliy ravishda boriladi. Umuman ekskursiya – dars turidir. Ta'limning ko'rgazmali metodlarining o'ziga xos xususyati shundaki, ular yolg'iz o'zi qo'llanmay so'z bilan ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg'unlashib ketadi. So'z va ko'rgazmalilikning chambarchas bog'liqligi shundaki, ob'ektiv borliqni qonuniyat va xususiyatlar amaliyotda birgalikda qo'llanilishini taqozo etadi.

Download 36.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling