Ta'limot qisqacha bayoni
Buddizm yoki Buddaviy dini –
Download 86.48 Kb.
|
Falsafa Baxtiyorov Elyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Axloq normalari
- 2. Meditatsiya.
Buddizm yoki Buddaviy dini – (dharmik )₁ din hamda (falsafiy oqimdir)₂. U shuningdek Budda Dharma sanskrit tilida "Uygʻonganning ta’limoti") deb ham ataladi.
Buddaviy dini payg'ambari - mil. avv. V asrda Siddharta Gautama; keyinchalik Gautamani "Budda" - uni maqomi bilan atay boshlashgan. Buddizm asoschisining shaxsi Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʻgʻrisida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, (Budda)₃, Tadxagata, Jina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar maʼnolari quyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urugʻ nomi, Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand", Budda — "nurlangan", Tadxagata — "shunday qilib, shunday ketgan", Jina — "gʻolib", Bxagavan — "tantana qiluvchi". Ular ichida eng mashhuri "Budda" boʻlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan. Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik. 1. Axloq normalari — "Pancha shila" (Buddaning besh nasihati): qotillikdan saqlanish; oʻgʻrilikdan saqlanish; gumrohlikdan saqlanish; yolgʻon, qalbaki narsalardan saqlanish; mast qiluvchi narsalardan saqlanish. 2. Meditatsiya. toʻgʻri tushunish (toʻgʻri eʼtiqod qilish) — Buddaning birinchi daʼvatida soʻz yuritilgan toʻrt haqiqatni bilish va unga ishonish; toʻgʻri niyat qilish — dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos boʻlishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qoʻyishdan saqlanishga intilish; oʻzini toʻgʻri tutish — oʻziniki boʻlmagan narsaga koʻz olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik; toʻgʻri anglash — oʻz tanasi va ruhiga oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan darajada nazoratda boʻlish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qoʻyish; toʻgʻri harakat qilish — oʻzidagi yomon tuygʻularni jilovlash hamda ezgu tuygʻular va harakatlarni rivojlantirish; toʻgʻri hayot kechirish — noʼmaqul hayot tarzidan saqlanish; toʻgʻri fikr yuritish — kamolotning toʻrt bosqichini ketma-ket bosib oʻtish; toʻgʻri gapirish — yolgʻondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish. Download 86.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling